• Ishning moddiy ta’minoti
  • Mikroskopdan foydalanish qoidalari
  • 1 laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Mikroskopning tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari. Preparat tayyorlash va bo‘yash usullari Darsning maqsadi




    Download 0.74 Mb.
    bet1/19
    Sana14.03.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #45342
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    25-20
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

    1 - laboratoriya mashg‘uloti
    Mavzu: Mikroskopning tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari. Preparat tayyorlash va bo‘yash usullari
    Darsning maqsadi: talabalarni mikroskopning tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari bilan tanishtirish. Preparat tayyorlash va bo‘yash usullarini o‘rgatish.
    Ishning moddiy ta’minoti: Biologik mikroskoplarning turli modellari imersion ion, tayyor bo‘lgan mikrobiologik preparatlar.
    Ishga uslubi ko‘rsatma: Mikroskop (grekcha - kichik ko‘rish, ya’ni kichik narsalarni ko‘rish degan so‘zidan olingan/Optik asbob bo‘lib, 0.2- 0.3 mkm li kichik ob’ektlarni 56- 1800 va 3000 marta ko‘rsatish xusisiyatiga ega. Mikroorganizmlar turli xil morfologik xususiyatlariga ega ekanligini nazarda to‘tib, ularni o‘rganishda turli xil mikroskoplar uslublaridan ya’ni biologik, lyuminitsent elektron protonli va maxsus faza- kontratsli mikraskop asosan ikki qismdan tashkil topgan 1.optik. 2.mexanik. 1. Mexanik qism- mikroskopning asosi va trubasini tutib turishni yoysimon tutgich, predmet stolchasi va o‘tib turuvchi asosdan tuzilgan. Tubi tutgichi makro va mikro vintlar yordamida yuqoriga ko‘tarish yo‘li bilan ko‘rilayotgan ob’ektni tiniqligini ta’minlaydi.
    2. Mikraskopning optik qismi okulyar, ob’ektiv va yoritish qurilmasidan tashkil topgan. Okulyar tubisning yuqori qismida joylashgan, uning kattalashtirish imkoniyati sonlar bilan belgilangan (7x,10x,15x,20x).
    Akulyar yuqori optik va pastki yigiruvchi linzalardan iboratdir. Ob’ektiv mikraskopning asosiy va eng muxim qismi bo‘limi uning optik quvvatini belgilaydi. Ob’ektni kattalashtirishga va qo‘llanishiga qarab ko‘rik xolda va emirsimon moy yordamida qo‘llanish mumkin.
    Quruq ob’ektivlar nisbatan katta foks oralig‘iga ega bo‘lib, (8x,10x) asosan uncha kattalashtirishni talab qilmaydigan (400-600) marta yirik biologik xujayralarni ko‘rish uchun foydalaniladi. Bunda ob’ektiv va preparat oralig‘ida xavo qatlami bo‘ladi. Preparat oynasi va xavoning yorug‘lik nurlarini sindirish ko‘rsatmalari turlicha bo‘lganligi uchun, nurlarning bir qismi atrofga taralib kuzatuvchining ko‘ziga etib bormaydi. SHuning uchun mikroorganizmlar o‘rganishda asosan imirsimon ob’ektivlardan (85x) foydalaniladi. Ular suv yordamida 900-1500 martagacha ob’ektni kattalashtira oladi. Preparatni yorituvchi nurlardan to‘la foydalanish va uning qaytarilishni, preparat oynasi va qoplovchi oynasi orasida sinishini preparat va ob’ektiv frontal linza orasidagi sinishini oldini olish uchun ob’ektiv va preparat orasiga immersion moy tomiziladi. Uning yorig‘ini sindirish ko‘rsatkichi (Pq1,515) shishaning ko‘rsatkichiga (Pq1,52) yaqin. Havoning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi Pq1 ga teng. SHuning uchun yorug‘lik nurlari bir qismi quzatuvchining ko‘ziga etib bormaydi suyuqlik tomchisi preparatga tizilib, o‘nga ob’ektni tushiriladi.
    Kattalashtirish darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektni foks masofasi 1,9-2,1 mm uni tomchidan linza va preparat orasida bir xil optik muxit xosil imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida ob’ektivdan kelgan nurlarni kuchaytiradi. Bioolam tipidagi mikraskoplar 7,10,15, 20 marta kattalashtiradigan okulyar bilan jixozlangan bo‘lib, ob’ektni 1800 martagacha kattalashtira oladi.
    Yig‘uvchi linza yoki kondensor bir necha linzalardan iborat bo‘lib preparatni yaxshilab yoritish imkonini beradi. U oynasidan tushadigan nurni predmet stolchasining tirqishi orqali predmet yuzasiga o‘tkazadi. Kondensorni vint yordamida yuqoriga va pastga xarakatlantirish mumkin. Bo‘yalgan mikroorganizmlarni kondensorni yuqoriga ko‘tarilgan xolda kuzatiladi. Bunda nazorat maydoni kengayadi va muxit bilan mikroorganizmlarni yoruglikni turlicha sindirish xisobiga mikroblarning kurinishi tiniqlashadi. Iris-kondensor tagiga joylashtirilgan diofragma bo‘lib u kondensatorga tushayotgan yoruglikni kerakli miqdorda o‘kazishni ta’minlaydi. Iris bir necha po‘lat katakchalardan ibora va bu katakchalar yordamida u yoki bu tarafga surilishi mumkin. Natijada tirqishni toraytirib yoki kengaytirish imkoni tug‘iladi. Binokulyar- 2 akulyarli va ob’ektivli mikraskop bo‘lib ikki ko‘z bilan ob’ektni kuzatish va uni aniq ko‘rish imkonini beradi. Faza kontrast mikroskop- preparatlarning kontrastirni suniy ravishda kuchaytirish imkonini beradi. Bu esa bo‘yalmagan mikroorganizmlarni xujayralarni yaxshiroq o‘rganish imkonini beradi.
    Lyuminisent mikroskop-to‘lqin uzunligi 300-400 mm ultrabinafsha yoki qisqa to‘lqinli xavo rang nurlar (460 mm) mikroorganizmlarga tushirilganda ulardan chiqadigan yorug‘liklar (flyurensesiya) xodisasi foydalanishga asoslangan.
    Elektron mikroskop-biologik ob’ektlarni 500000 marta va undan xam kattaroq ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Bu usul bilan mikrobiologiyada viruslarni va mikroblar xujayralarini eng noziq strukturalarini o‘rganiladi. Elektron mikraskoplarda oq yorug‘lik o‘rniga elektronlar oqimidanfoydalaniladi.
    Mikroskopdan foydalanish qoidalari: Mikroskop bilan ishlashning asosiy qoidalaridan biri uni tug‘ri o‘rnatish, nazorat maydonchasini va preparatni tug‘ri yoritishdan iboratdir. YOritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki OI-19,7,32 kabi maxsus yoritgichlardan foydalanish mumkin. Maksimal yoritish uchun revolverni eng kichik ob’ektivga etkazib uning kuzatilayotgan ob’ekt bilan oralig‘ini bir 1,5-2 sm quyiladi. Okulyarga qarab turib oynacha orqali yorug‘lik nurlari tutilgach diofragma kondensor org‘ali ob’ektivga yo‘naltiriladi va kuzatish maydonchasini bir xilda yoritilishiga erishiladi. Mikroskop ish oxirigacha joyidan jildirilmasligi kerak. Bo‘yalmagan ob’ektlarni ko‘rishda nazorat maydonini diofragmani toraytirish yoki kondensatorni pasga tushirish yo‘li bilan qoraytirib preparat yuzasiga foks tug‘rilanadi. Mikroskopga inversion ob’ektlar bilan ishlash quydagicha amalga oshiriladi.
    Tayyor preparatga yoki ob’ektga bir tomchi inversion moy tomizib preparat predmet stoliga o‘rnatiladi. Revolverni aylantirib ob’ektni (90X) extiyotkorlik bilan o‘rnatib, tubs asta syokin ob’ektiv immersion moyga tekkunchatushiriladi.
    Ehtiyotkorlik bilan qoplagich oynani sindirmay mikrometrik vint bilan taxminiy foks o‘rnatiladi. -Oxirgi aniq foksni mikrovint orqali bir martadan ortiq buramasdan tug‘rilanadi. Tuzatish ishlari tugamas, predmet oynasini mikroskopdan olib tubus tagiga kichik ob’ektni qo‘yib ob’ektivdagi immersion moyni benzin yoki spirt bilan xo‘langan yumshoq lata bilan artib mikraskopni qobiq ostiga joylashtiriladi.

    Download 0.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Mikroskopning tuzilishi va mikroskop bilan ishlash qoidalari. Preparat tayyorlash va bo‘yash usullari Darsning maqsadi

    Download 0.74 Mb.