Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish




Download 15.48 Kb.
Sana17.03.2022
Hajmi15.48 Kb.
#18760
Bog'liq
6-amaliyot
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

 Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish
Umumta’lim maktablarning moddiy–texnika resurslari ortib borishi bilan matematika darsida o’qituvchi an’anaviy ko’rsatmali vositalarni kompyuter slaydlari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bunday imkoniyatlar ayniqsa masala yechishni o’rgatish jarayonida qo’l keladi. Masala syujetining dinamikasi slaydlarda yoki multiplikatsiya orqali ko’rsatib berilishi mumkin. Bunday vositalar ayniqsa, murakkab masala ustida ishlashda, o’zaro proportsional bog’langan miqdorlarga oid masalalarni tushuntirishda va ayniqsa harakatga doir masalalarni yechishda qo’l keladi. O’qituvchi eng oddiy slaydlarni o’zi yaratish imkoniga ega. Keyinchalik esa, bunday ko’rsatmali elektron vositalar mutaxasislar yordamida tayyorlanib, maktablarga tarqatilishi ham mumkin bo’ladi. Biz quyida ba’zi bir masalalar uchun slaydlar namunalarini keltirishga harakat qildik. Masala. Do’konda birinchi kun 160 kg olma sotildi, bu barcha olmaning 1/3 qismi, ikkinchi kun qolgan olmaning 4/5 qismi sotildi. Uchinchi kun sotish uchun necha kg olma qolgan? Bu butun va kasr qismi orasidagi munosabatni topishga oid masala. Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, rasmlar paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib, birinchi kun barcha olmalarning 3/1 qismiga teng ekanligi ko’rsatilib, hamma olmalar massasi topiladi va yechimi yoziladi.
Keyin qolgan olmalar hisoblanadi. Uning uchun hamma olmalar massasidan birinchi kungi olmalar massasi ayriladi.
Masalani yechishda ekranda ― 1/3-160 ‖ –birinchi kunda sotilgan olmalar massasi,
― 4/5-? ‖ – ikkinchi kunda sotilgan olmalar massasi ekanligi yozilib, uchinchi kun qancha olma sotilganligini topish kerakligi ko’rsatiladi.
So’ngra ekranda yechimi va javobi beriladi. Uchinchi kun 64 kg olma sotilganligi ko’rsatiladi.
Demak, slayddan foydalanish o’quvchiga amaliy ishlab (ko’z oldiga keltirib) masalaning yechimini topishga yordam beradi. Ma’lumki, ko’z bilan ko’rish eshitishdan ko’ra o’quvchi xotirasida yaxshi saqlanadi. SHuningdek, kompyuter orqali bir marta ko’rsatilib, o’tilgan taqdimot va slaydlarni qayta ko’rib chiqish mumkin. Bu esa masalalarning yechish jarayonini va shunga o’xshash tushunchalarning ta’riflanish holatini takroran ko’rish imkoniyatini beradi. O’quvchilarga kompyuter vositalari asosida amaliy mashqlar bajarishga shart-sharoit yaratish o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini oshirishga olib keldi.
Download 15.48 Kb.




Download 15.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

Download 15.48 Kb.