|
Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
|
bet | 1/9 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #133471 |
Bog'liq Chervyakli va reykali uzatmalarni chizish sevinch
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
Musiqa va tasviriy san‘at kafedrasi
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi ta‘lim yo ‘nalishi
2 TSMG-22 guruh talabasi Qurbonova Sevinchning
chizmachilik
fanidan bajargan
KURS ISHI
Mavzu: Chervyakli va reykali uzatmalarni chizish
Ilmiy rahbar: M.,M.Badiyev.
Buxoro-2023
Mavzu: Chervyakli va reykali uzatmalarni chizish
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
Uzatma turlari
Chervyakli tishli uzatmalar. Chervyakli tishli uzatmalar turlari.
Chervyakli tishli uzatmalarga qo`yiladigan texnik talablar.
Chervyak chizmasini chizish.
XULOSA
Adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Chizma bu - maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la m a’lumot beradigan hujjatdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o ‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uyro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ulami esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig'iladi. Chizma o ‘ziga xos grafik, baynalminal (intematsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir. Chizma, asosan, axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi bo‘lib, u texnik g'oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi. Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosli mutaxassis ulami tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Biroq chizmalar faqat texnikadagina zamr bo‘lib qolmay, balki ko‘plab kasblardagi mutaxassislar uchun ham doimiy yo‘ldoshdir. Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g'onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari quriladi, kiyim-bosh, poyafzallar tikiladi, mebel yasaladi, shahar va qishloqlar ko‘kalamzorlashtiriladi. Texnikani o‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, konstmktor va musavvir dizaynni ham, chizmani ham bajarishi va uni o‘qiy olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi, mavjud olamdagi narsalami o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har qanday inson chizmachilikni yaxshi bilishi lozim. Mashhur aviakonstmktorlardan biri O.K.Antonov «Aqlli» qo‘l mehnati kelajakda ham zamr. Har qanday avtomat robotlar va mantiqiy mashinalar insonda vujudga keladigan ilmiy tafakkumi almashtira olmaydi. Aksincha, texnika qanchalik rivojlanib borgan sari insonda shakllanib boradigan, uning o‘ziga xos nozik «zargarlik» ishi bo‘lgan chizmani bajarish bilimi, shuningdek, buyuk mehnatsevarlik, sabr-qanoat, ixtirochilik shunchalik zarur» degan edi. Loyihalangan har qanday detalni, masalan, klapanni ishlab chiqarishga tayyorlash uchun uning chizmasi bajariladi. Chizmasi asosida u detal ko‘rinishida tayyorlanadi. Detal ish joyida yaxshi va davomli xizmat qilishi uchun unga turli ko‘rinishdagi texnologik ishlovlar beriladi va nihoyat detal nazoratdan o‘tkaziladi. Nazorat paytida kamchiliklari topilsa, ya’ni standartga mos kelmasa, u brak deb topiladi. Demak, detal ishlatishga yaroqsiz. Har qanday detaining, ya’ni mahsulotning aniq ishlab chiqarishdagi har bir texnologik jarayonlari uchun alohida standartlar mavjud bo‘ladi.
|
| |