Cherviyakli tishli uzatmalar.Cherviyakli tishli uzatmalar turlari.
Chervyakli uzatmalar bu kinematik juft bo`lib, chervyak va chervyakli g`ildiraklardan iborat, o`qlari esa o`zaro ayqash holda joylashgan bo`ladi. Ayqash burchakning qiymati har xil bo`lishi mumkin, biroq amalda, u asosan 90 . Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftni ishlashiga o`xshash bo`ladi.
Afzalliklari: bir pog`onali uzatmada uzatish sonidan kam uzatmalar uchun u=500 gacha, quvvat uzatadigan uzatmalarda; u=8-80 gacha bo`lib eng katta qiymati 120 gacha bo`lishi mumkin; rovon va shovkinsiz ishlaydi; o`z-o`zidan to`xtaydigan qilib tayyorlash mumkin (bunday uzatmalarda f.i.k 50% dank am).
Kamchiliklari: f.i.k. nisbatan kichik (=0.70.92); uzatiladigan quvvatning qiymati chegaralangan -5060 kVt; uzatma to`xtovsiz ishlaganda qizib ketish; rangli materiallarni ishlatilishi. Lekin shu yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklardan qat’iy nazar bu uzatmalar xalq xo`jaligida ko`p ishlatiladi. Xalq xo`jaligida asosan silindrsimon chervyakli uzatmalar ishlatiladi. Bu uzatmalarda o`qlararo masofa α uzatmaning moduli m hamda uzatish soni u ning qiymatlari GOST standartlashgan.
Chervyakli tishli uzatmalarga qo`yiladigan texnik talablar.
Chervyak va chervyakli g`ildirak geo`letrik o`lchamlari
Chervyakli uzatmalarda ham silindrsimon uzatmalardek boshlang`ich va tish bo`luvchi aylanasining diametrlari bo`ladi,bunda dω1, dω2 –chervyak va chervyakli g`ildiraklarning boshlang`ich diametrlari; d ,d -tish bo`luvchisining diametri. Korreksiya ishlatilmaganda dω1=d1, dω2=d2.
Chervyak. Chervyak bu rezbali vint bo`lib silindrik (arximed), konvolyuta, evaolventa, globoid shaklda bo`lishi mumkin. Agar chervyak o`z o`qiga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo`lgan iz trapesiyaga o`xshash bo`lsa (yon to`loni qaralganda o`ramlar arximed o`ramiga o`xshaydi), arximed chervyak deb ataladi. Xosil bo`lgan shaklning izi qisqartirilgan yoki cho`zilgan evolventaga o`xshash bo`lsa, bunday chervyak bu vint bo`lib, tora (globoid) yuzaga kesilgan o`ramadan iborat bo`ladi. Globoid chervyakli uzatmalarning tashqi o`lchamlari silindrsimon chervyakli uzatmaga o`xshash bo`lsa ham, bu uzatmalar nisbatan katta yuklanishga chidamli bo`ladi, lekin issiqlik chiqarish nisbatan katta, hamda globoidli chervyak bilan chervyakli g`ildirakni nisbatan yig`ish qiyin bo`lganligi tufayli bu uzatmalar kam ishlatiladi.
Chervyaklarni bir-biridan ajratish uchun quyidagi shartli belgilar qabul qilingan: ZA-arximed chervyak: ZN-konvolyutali chervyak; ZX-evolventali chervyak.
Chervyakning asosiy xarakteristikalardan biri, bu uning qadami, ya’ni yonma-yon joylashgan o`rramlarda bir xil nuqtalar orasidagi masofa.
ρt=π·m
bunda: m=ρt/π-ilashish moduli qiymati standart bo`yicha olinadi. Chervyak xam vintga uxshash, bir va ko`p kirimli qilib tayyorlanishi mumkin. Kirim soni z1 bilan belgilanadi, qiymatlari z1=1,2,4. z1 qiymati oshishi bmlan tayyorlash texnologiyasi qiynlashadi, chervyakli g`ildirak tishlar soni ortadi, shuningdek gabarit o`lchamlari xam kattalashadi. Uzatmada chervyakning kirim soni uzatmaning uzatish soniga bog`liq bo`lib qo`yidagicha olish tavsiya etiladi;
Z1=4 u=8-12.5
Z1=2 u=16-25
Z1=1 u=31.5-63
z1 ni qiymati shu yuqoridagi tovsiya bo`yicha olinganda z2≥z2min shart bajariladi. O`z-o`zidan to`xtaydigan uzatmalar uchun z =1 olish tavsiya etiladi.
Chervyak bir aylangandagi o`tgan masofa bu o`ram qadamining chervyak kirim soniga ko`paytmasiga teng, ya’ni l=Ptz
Chervyak o`ramining bo`lishi aylanasini diametrini modul bilan ifodasi d =mq. q–chervyakning diametr koeffisiyenti bo`lib, bo`lish diametridagi modullar sonini bildiradi, qiymatini 1-jadvaldan modullar soniga nisbatan tanlanadi. Bunda q/z2=0,22-0,4 tanlash tavsiya etiladi, chunki q ning qiymati oshishi bilan uzatmaning f.i.k qiymati pasayadi, aks holda esa chervyakning egilish dagi bikrligi kamayadi. Shuning uchun q 0.212 z shart bajarilishi kerak.
|