|
Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish haqi darajasining differentsiatsiyasi mundarija: kirish I bob. Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi
|
bet | 1/14 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #133442 |
Bog'liq MALAKALI VA MALAKAGA EGA BO`LMAGAN ISHCHI KUCHI O`RTASIDA ISH HAQI DARAJASINING DIFFERENTSIATSIYASI
MALAKALI VA MALAKAGA EGA BO`LMAGAN ISHCHI KUCHI O`RTASIDA ISH HAQI DARAJASINING DIFFERENTSIATSIYASI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. MALAKALI VA MALAKAGA EGA BO`LMAGAN ISHCHI KUCHI 1.1. Ish haqi tushunchasi, ish haqining mohiyati va vazifalari……………......6
1.2. Ish haqi fondi va o'rtacha ish haqini tahlil qilishning maqsadlari, vazifalari, manbalari va usullari…………………………………………14 II BOB. ISH HAQI FONDINI SHAKILLANTIRISH VA UNDAN FOYDALANISH HISOBI HAMDA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Ish haqi fondini shakillantirish va uni hisobini takomillashtirish
2.2. Ish haqi fondidan foydalanish va uni hisobini takomillashtirish
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………….32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..………………………...37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar g’oyalarga tayangan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borishdir.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish davrida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos yoshlar tarkibiga ega bo’lgan bizning respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Aholi va uning eng faol qismi bo’lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo’lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste’molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o’sish sur’atlarini ta’minlash uchun respublika aholisining o’sish sur’atlarini tartibga solish lozim. Aholining o’sishi esa ish kuchining manbaidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish haqi darajasining differentsiatsiyasi mundarija: kirish I bob. Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi
|