|
-jadval Ish haqi to'lashni schyotlarda aks ettirish
|
bet | 8/14 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #133442 |
Bog'liq MALAKALI VA MALAKAGA EGA BO`LMAGAN ISHCHI KUCHI O`RTASIDA ISH HAQI DARAJASINING DIFFERENTSIATSIYASI
Ushbu jadvalda keltirilgan hisob-kitob schyotlariga asosan korxonalarda hodimlarga ish haqi to’lash bo’yicha operatsiyalarni ko’rishimiz mumkin.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki bugungi kunda mehnat resurslarining katta qismi 4/3 qismi kichik biznesd faoliyat yuritmoqda. Lekin ular tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi yalpi ichki mahsulotda endigina 50 foizdan ortganini hisobga oladigan bo'lsak istemolga yo'naltirilgan qiymat ularning jonboshiga nisbatan o'z-o'zidan kam bo'lishini ko'rish mumkin.
Demak, iqtisodiy jihatdan kichik biznesda daromadlarni mehnat haqiga bog’lagan holda ko'paytirishning imkoniyati cheklangan. Sababki ularda yaratilgan qiymat yalpi ichki mahsulotning yarmini tashkil etgan holda bandlikka kelganda 75 foizga yetadi. Bundan, kichik biznes va tadbirkorlikda band bo'lgan mehnat resurslarining daromadlarini oshirishni faqat korxona va tashkilotlarga cheksiz imkoniyatlar berish orqaligina hal etish mumkinligi kelib chiqadi. Shu jihatdan, kichik biznes sub'ektlarida mehnat haqini oshirishni qo'shimcha harajatlarga imkon bermaydigan ajratmalar, ushlanmlar, yig’imlar ob'ekti bo'lmagan shaklini amaliyotga joriy etish orqaligina urinlatish mumkinligi kelib chiaqadi. Korxonalarda hodimlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
|
| |