• 1.1. MA’RUZALAR
  • Tayanch s o‘ z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet1/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza


    «O‘zbekiston TEMIR YO‘LLARI»
    aksiYADorlik Jamiyati


    TOSHKENT TEMIR YO‘L MUHANDISLARI INSTITUTI

    «Transport logistikasi va servis» kafedrasi




    «TRANSPORT LOGISTIKASI VA EKSPЕDITORLIK OPЕRATsIYaLAR»


    FANIDAN
    O’ Q U V–U S L U B I Y M A J M U A


    1.1. MA’RUZALAR






    Toshkent – 2017


    1-MA’RUZA
    KIRISH. LOGISTIKA KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI


    REJA

      1. Kirish.

      2. Logistika tushunchasi.

      3. Logistikaning rivojlanish bosqichlari.

      4. Yetkazib berish menejmenti logistikaga qaraganda kengroq tushuncha.

      5. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi davrida logistikaning tutgan o‘rni.



    Tayanch so‘z va iboralar
    Logistika, transport, ombor xo‘jaligi, zaxiralar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati, moddiy oqimlar, raqobat, ishlab chiqarish, xom ashyo.

    1.1.KIRISH


    Yangi ilmiy va o‘quv “logistika” fanini o‘rganish ob’ekti moddiy va ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborot oqimlari hisoblanadi. Fanning dolzarbligi va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning keskin ortishi logistik yondashuvdan foydalanish orqali moddiy tizimlar faoliyati samaradorligini oshirishning potensial imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Logistika xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar olib kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi. Yuklarni saqlash va tashish xarajatlarini keskin qisqartirishga imkoniyat yaratadi. Logistikaning qo‘llanishi ma’lumot olish jarayonini tezlashtiradi, servis xizmati darajasini oshiradi.
    Logistika sohasidagi faoliyat ko‘p qirralidir. U transport, ombor xo‘jaligi, zaxiralar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati va ko‘plab boshqalarni tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan vazifalarning har biri tegishli soha fanida chuqur o‘rganilgan va bayon etilgan. Logistik yondashuvning prinsirial yangiligi yuqorida sanalgan faoliyat sohalarining maromli tashkil etilgan yyengil boshqaruluvini va yuqori samarali material o‘tkazuvchi tizimlarini yaratish maqsadidagi uzviy bog‘liqligini ta’minlash hisoblanadi.
    Logistik tarzda tashkil etilgan tizimlar an’anaviy material o‘tkazuvchi tizimlardan xuddi zamonaviy avtomobil’ XX asr boshlaridagi avtomobildan farq qilgani kabi farq qiladi. Logistikaning nazariy fan sifatidagi maqsadi xuddi shunday tizimlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi qonuniyatlarini o‘rganishdir. Logistikaning amaliy faoliyat tarzidagi maqsadi esa ushbu tizimlarni yaratish va ularning amal qilishini ta’minlash hisoblanadi.
    Moddiy oqimlarni boshqarish har doim xo‘jalik faoliyatining muhim tomoni hisoblanib kelingan, biroq nisbatan yaqin vaqtlarda u iqtisodiy faoliyatning eng muhim vazifalaridan biri tarzidagi mavqega ega bo‘ldi. Asosiy sabab iste’molchining tez o‘zgaruvchi xohish - istaklariga tez moslashuvchan bo‘lgan ishlab chiqarish va savdo tizimlari zaruriyatini tug‘dirgan sotuvchi bozoridan iste’mol bozoriga o‘tishidir.
    Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda raqobat bozorida kimki logistika sohasida layoqatli bo‘lsa, yetakchilik mavqeiga ega bo‘ladi.



    Download 1,77 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 1,77 Mb.