LOGISTIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI




Download 1,77 Mb.
bet3/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

1.3.LOGISTIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

  • Hozirgi zamon sharoitida logistikaning tutgan o‘rnining oshishi.

  • Logistika faoliyatini takomillashtirish bosqichlari.

Hozirgi zamon sharoitida logistika tutgan o‘rnining oshishi. Hozirgi davrda logistika tutgan o‘rnining oshishi birinchi navbatda iqtisodiy sabablarga bog‘liq. Sanoat ishlab chiqarish hajmining oshishi va milliy, hamda jahon xo‘jaligi aloqalarining kengayishi bozor sohasidagi xarajatlaring kamaytirilishiga ko‘proq e’tibor qaratilishini talab etmoqda.
G‘arb mamlakatlarida xom ashyoning birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan mahsulot harakat vaqtining 93%i uning moddiy texnik ta’minotining turli kanallaridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Tovar ishlab chiqarilishi umumiy vaqtning atigi 2%ini oladi, uni tashish esa – 5%ini. Bu mamlakatlarda tovar harakatining mahsulotdagi ulushi milliy daromadning 20% dan ortig‘ini tashkil etadi. Tovar harakatining tuzilmasida xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotalarni saqlashga ketadigan xarajatlar 44% ni, omborga joylashtirish va disrecherlash – 16% ni, magistral va texnologik tashish – 23 va 9% ni tashkil etadi. Qolgan 8% ni tayyor mahsulotni sotishga ketadigan xarajatlar tashkil etadi.
Logistikaning rivojlanishi birinchi navbatda tovar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik va pul xarajatlarini kamaytirishga intilish bilan bog‘liq.
Shu bilan birga logistikaga bo‘lgan qiziqishning ortishi quyidagi omillarga bog‘liq:
- savdo bozoridan iste’molchi bozoriga o‘tish, bunda iste’molchilar ehtiyoji ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqishda asos bo‘ladi va tovar harakati tizimining yaratilish zaruriyatini asoslab beradi;
- ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etishni logistik asoslarini qo‘llayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
- logistika tizimida texnik rivjlanish yutuqlarini ishlatish uchun ob’ektiv imkoniyatlar yaratish;
- amallarni o‘rganishning yangi uslub va nazariyalarini ishlab chiqish, masalan, logistika jarayonlarini optimallashtirish uchun asos bo‘lgan tizimlar nazariyasi va kompromisslar nazariyasi.
Logistika faoliyatini takomillashtirish bosqichlari. Logistika takomillashuvining 3 bosqichi ajratiladi.
Birinchi bosqich – XX asrning 60 - yillari – ombor xo‘jaligining transport bilan integratsiyalashuvi hamda ularni ishlatishda bir - biriga moslashtirish bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda faqat yuklash -tushirish amallari bilan bog‘liq bo‘lgan transport bilan ombor yaqin o‘zaro aloqalarga ega bo‘la boshlaydi. Ular bir grafik va solishtirilgan texnologiya bo‘yicha bir iqtisodiy natijaga ishlashni boshlaydi.
Ikkinchi bosqich – XX asrning 80 - yillari boshiga to‘g‘ri keladi. Omborga joylashtirish va transport ishlarining o‘zaro hamjihatligiga ishlab chiqarishni rejalashtirish qo‘shila boshlaydi. Ishlab chiqarishssexi, transport va omborlar bir butun mexanizm sifatida ishlashni boshlaydi. SHu yo‘l bilan xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish, moslamalarning ishlash samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Uchinchi bosqich XX asrning 80 - yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi va material o‘tkazuvchi tarmoqni hamma bo‘g‘inlarining integratsiyalashuvi bilan xarakterlanadi. Logistika konsepsiyasining asosi bo‘lgan integratsiyalashuv zaruriyatini, ta’minot, ishlab chiqarish va taqsimot bo‘g‘inlarining ko‘pchilik qatnashchilari tan ola boshlaydi. Moddiy va axborot oqimlarining tez o‘tishini ta’minlash va mahsulotning xom - ashyoni birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha harakatining hamma bosqichlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari vujudga keladi.



Download 1,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LOGISTIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Download 1,77 Mb.