• Mavzuning ahamiyati
  • Dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari
  • 1-Laboratoriya mashg`uloti. Mavzu:"Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish" moduliga kirish. Sifat sohasidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar




    Download 25.98 Kb.
    bet1/3
    Sana24.10.2023
    Hajmi25.98 Kb.
    #90259
      1   2   3
    Bog'liq
    1. DVSTB moduliga kirish.
    Farmatsiya fakulteti 106 B guruh Farmonova Malohat, Abdivoxidov.Og\'abek.. - копия, Tabiiy o\'simlik xom ashyosi, Dilafruz 05, Sarvinoz ATJMM 6, Qudratov Sh, Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish bo, Berdibayeva Kamola, Dorivor o’simliklar, kamolova, 111bRustamova asal, Zarpillayev Orzubek, New Scientist - 19 November 2022., Abdulhoshim Mutaxirov 17 mavzu

    1-Laboratoriya mashg`uloti.
    Mavzu:"Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish" moduliga kirish. Sifat sohasidagi
    asosiy tushunchalar va ta'riflar

    Mashg‘ulotning maqsadi: Dori vositalari sifatini ta’minlash va boshqarish fanining maqsad va vazifalari, fandagi atama va tushunchalar bilan talabalarni tanishtirish. Dori vositalari sifatini ta’minlash va boshqarish fanining farmasevtika sohasidagi ahamiyati va dolzarb muammolari haqida talabalarga tushuncha berish.
    Mavzuning ahamiyati: Dori vositalarini yaratishdan boshlab chakana savdogacha bo’lgan davrida sifatini ta’minlash va boshqarish chora tadbirlari bilan talabalarni tanishtirish.
    Maqsadga yo‘naltiruvchi vazifalar: talabalar Sifat sohasidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar. Sifat masalalari bo'yicha me'yoriy-huquqiy baza. Sifat boshqaruv ob'ekti sifatida. Sifat, ishonchlilik, xavfsizlik va raqobatbardoshlik tushunchalarini aniqlash. Umumiy sifat boshqaruv muammolari. Umumiy sifat boshqaruv (TQM). Sifat sohasida siyosat asosida sifatni boshqarish. Sifatni boshqarish raqobatchilikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida. Sifatni oshirishning ahamiyatini bilish.
    Dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari: Fanni o‘rganishda kompyuter vositalari, standart dasturlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va internet materiallari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ya’ni interaktiv usullari qo‘llaniladi.
    MAVZU HAQIDA TUSHUNCHA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-4310 “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori darajada ma’naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
    Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish fani yuqori malakali farmatsevt texnolog mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi fanlardan biri bo‘lib, bunga sabab dori vositalarining sifatiga qo‘yilayotgan talabning ortib borishidir. Ya’ni sifat olingan oxirgi maxsulotda emas balki uning xom ashyodan boshlab to bemorga yetib borgunigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Fanni o‘rganish davomida – sifatni boshqarish vositalari, usullari, GMP, GLP, GCP, ISO, ICH standartlari va PIC/S ko‘rsatmalariga e’tibor qaratiladi.
    Dori vositalari sifatini ta’minlash fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarda zamonaviy qonunchilik talab qiladigan zamonaviy farmatsevtika tashkilotining sifat menejmenti tizimini qurish va boshqarish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sohasi uchun xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida davlat ta’lim standartlarida bakalavrga qo‘yilgan talablarga muvofiq mehnat bozori talablariga javob beruvchi, shu sohada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Talabalar o'rtasida dori moddalar aylanmasi sohasidagi qonunchilik va huquqiy hujjatlar tizimi va aniq tushunchasini hamda farmatsevtika tashkilotida tartibga solish jarayoni to'g'risida universal va ixtisoslashtirilgan bilimlarni shakllantirish.
    Ushbu tadbirlarni ketma-ketlikda amalga oshirish va o‘quv jarayonini muntazam yangi ma’lumotlar bilan yangilab borish fanning fundamental asoslarini takomillashtiradi. Sifat menejmenti tizimi asoslari fanining asosiy maqsadi mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish va sifatni boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan menejerlar bilan iqtisodiyotni ta’minlashdan iborat.
    Ushbu maqsaddan kelib chiqib, fan quyidagi vazifalarni bajaradi:

    1. Sifatni boshqarish kursiga kirish;

    2. Sifatni boshqarish tizimini rivojlanish bosqichlari;

    3. Maxsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish;

    4. Mahsulot (xizmat) sifatini boshqarish mezonlari;

    5. Maxsulot sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari;

    6. Maxsulot sifatini boshqarish jarayonlari va uning tuzilishi;

    7. Sifatni boshqarish mexanizmi;

    8. Sifatni boshqarish tizimlari;

    Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish faoliyati iqtisodiyotning bir qancha sohalar va sanoatning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan turli mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy hujjatlarning belgilangan talablariga mos bo'lishini, iste’mol mahsulotlarini aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan.

    Download 25.98 Kb.
      1   2   3




    Download 25.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Laboratoriya mashg`uloti. Mavzu:"Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish" moduliga kirish. Sifat sohasidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar

    Download 25.98 Kb.