|
Mavzu: Ta’minlagich-aralashtirgich. Bo-c markali mashinaning tuzilishi va ishlashi. Ishchi organlariga harakat uzatilishi
|
bet | 1/3 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #153872 |
Bog'liq 1,2-labor YIGIRISH
1-LABORATORIYA VAZIFASI
MAVZU: Ta’minlagich-aralashtirgich. BO-C markali mashinaning tuzilishi va ishlashi. Ishchi organlariga harakat uzatilishi.
Laboratoriya ishining maqsadi: Paxta zavodlaridan toylarda keltirilgan paxta tolasini titish, aralashtirish jarayonlari bilan tanishtirish va ularni amalga oshiriladigan mashinalarning tuzilishi, ishlashini o‘rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: O‘L da o‘rnatilgan BO-S mashinasi. Avtomatik toy titkichni texnologik sxemasi.
Topshiriq
Titish tozalash agregati tarkibi va mashinalar ketma-ketligini o‘rganing. Titish - tozalash agregatini O‘L da o‘rnatish rejasini chizing.
BO-S markali ta’minlovchi aralashtiruvchi mashinaning vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishing, texnologik chizmasini chizing.
BO-S mashinasining asosiy ishchi organlarini xarakatga keltirishni o‘rganing va kinematik sxemasini chizing.
Ishchi qismlar orasidagi tirqishlarni rostlash moslamasini bilan tanishing, sxemasini chizing.
BO-S mashinasini texnologik va kinematik xisobi.
Uyga vazifa: Truchler firmasini BLENDOMAT avtomatik toytitkichni vazifasi va tuzilishi bilan tanishib, tituvchi valiklar sxemasini chizing.
Asosiy ma’lumot
Bu vazifani bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi savolni tushuntirish vaqtda O‘L dagi titish - tozalash va tarash mashinalarining joylashishi tushuntiriladi va joylashish sxemasi chiziladi.
Titish - tozalash agregati mashinalarining tarkibi va ularning joylashishi sxemasi.
2.1-rasm
1. BO-C - “Tyuchler” firmasining ta’minlagich aralashtirgich mashinasi
2,4-. LVSA - kondensor
3. CL-3 - “Klinomat” rusumli uch barabanli tozalagich
5. SP-DX - “Dusteks” rusumli aerodinamik tozalash mashinasi
6. Tola tarqatgich
7. DK-903 - rusumli paxta tolasini tarash mashinasi
Mashinani tushuntirish uchun avval mashina yurgiziladi va talabalar mashina ishlashini 2-3 minut kuzatadi.
So‘ngra mashinaning eshiklari ochilib, asosiy texnologik jarayonlar tushuntiriladi. Bu jarayonni bajarish uchun qaysi ishchi organlar ishtirok etishi gapirilib, nomma-nom tushintiriladi. Talaba mashina ishchi organlari nomini va ularning vazifasini tushuntirgach, mashinaning texnologik chizmasi chiziladi va ishchi organlarning harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi.
2.2-rasm. BO-S ta’minlovchi-aralashtiruvchi mashinaning
texnologik sxemasi
1. CHang havoni so‘rish moslamasi
2. Tituvchi baraban
3. Ajratuvchi baraban
4. Titilgan paxtani keyingi mashinaga uzatish shaxtasi
5. Ignali panjara
|
|
6. Uzatuvchi lenta (transporter)
7. Perfolist
8,9. Fotoelement
10. Ta’minlovchi lenta
11. Ignali panjara tagligi (karыto)
|
Texnologik sxemani chizish uchun mashina fikran o‘rtasidan kesilib, yon tarafidan qarab ishchi organlarning mashinada joylashishi bo‘yicha chiziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Ta’minlagich-aralashtirgich. Bo-c markali mashinaning tuzilishi va ishlashi. Ishchi organlariga harakat uzatilishi
|