|
Mashina detallari kursining vazifasi nimalardan iborat?
|
bet | 1/22 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #159319 |
Bog'liq yakuniy javoblari
Mashina detallari kursining vazifasi nimalardan iborat? Barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo‘lgan detal va uzellarni hisoblash va loyihalash asoslarini talabalarga o‘rgatishdan iborat
Dеtal deb nimaga aytiladi? mashinaning bir xil matеrialdan tayyorlangan va ayrim bo‘laklarga ajralmaydigan qismidiga bo’laklarga bo’linib o’zaro kinematik juft hosil qiluvchi qismiga
Qism (uzel) deb nimaga aytiladi? ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan va bir nеchta dеtallar yig’indisidan iborat konstruktsiya
Insonning aqliy va jismoniy mexnatini yengillashtirish, ish unimdorligini oshirishga mo‟ljallangan qurilmaga …………… deyiladi. Mashina
Har qanday mashina nechta asosiy qismdan tashkil topgan bo‟ladi? 3 ta
Har qanday mashina qanday asosiy qismdan tashkil topgan bo‟ladi? energiya manbaii, harakat uzatuvchi va ijro etuvchi
Ishlash qobiliyati bu –mashina, mexanizm va qismlar asosiy belgilovchi parametrlarining xolati texnik xujjatlarda ko‘rsatilganga mosligidir
Umrboqiylik bu –belgilangan vaqt ichida mashina va mexanizmlar ishlash qobiliyatini yo‘qotmaslik, texnik imkoniyati (resurs) etarli darajada bo‘lishi
Ishonchlilik bu –texnik vositalarining to‘xtab qolmasdan ishlash extimolligi
Buzilish (otkaz) bu –ishlash qobiliyatini yo‘qotish
Uzilish (sboy) bu –buzilishni engil usulda tuzatish
Ta‟mirlashga yaroqlilik bu –texnik vositalar yordamida buzilishlarni aniqlash va tuzatish, ya’ni tuzilmalar ajratish va yig‘ishga nisbatan oddiy bo‘lishi kerak
Texnologik qulaylik bu –detal qismlarining ishlab chiqarish va foydalanishga qo‘yilgan talablarga mosligi
Tejamlilik bu –ishlab chiqarish, foydalanish, ishlatish va materialning tannarxi bilan belgilanadi
Mustaxkamlik bu –detalning qo‘yilgan yuklanishga bardosh berib ish jarayonida sinmay va benuqson ishlay olish xususiyati
|
| |