• 1-mustaqil ish Mavzu: HTML va teglar haqida tushunchalar.HTML teglarida uch hil turdagi tugmalar. Surat, video teglari bilan ishlash. Nazariy qism
  • Kompyuter viruslari bu …




    Download 16,1 Kb.
    bet1/4
    Sana02.06.2024
    Hajmi16,1 Kb.
    #259202
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mustaqil ish Mavzu html va teglar haqida tushunchalar. Html t-fayllar.org


    kompyuter viruslari bu ….

    4-rasm. (htmlda meta tegining ishlatilishi)
    Brauzerlar foydalanuvchi tomonidan ochib ko’rilgan Web sahifalarini kesh xotirada saqlab qoladi. Agar foydalanuvchi yana shu sahifalarga murojat qilsa, Web brauzer oldindan kesh xotirada mavjud bo’lgan (yana yangi sahifani internetdan olmasdan) nusxasini olib ko’rsatadi. Bu jarayon foydalanuvchining vaqtini va iqtisodini tejaydi. Endi Web sahifa qachon yangilanadi degan savol paydo bo’ladi. Bu savolga metama’lumotlardagi expres o’zgaruchilardan javob olish mumkin. Bu o’zgaruvchida Web sahifaning yaroqlilik muddati ko’rsatiladi. Agar kesh xotiradagi web sahifa yaroqlilik muddati o’tgan bo’lsa, brauzer tarmoqdan Web sahifani qaytadan o’qib oladi.
    1-mustaqil ish Mavzu: html va teglar haqida tushunchalar. Html teglarida uch hil turdagi tugmalar. Surat, video teglari bilan ishlash. Nazariy qism

    1-mustaqil ish

    Mavzu: HTML va teglar haqida tushunchalar.HTML teglarida uch hil turdagi tugmalar. Surat, video teglari bilan ishlash.
    Nazariy qism:
    Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin.
    Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojat bo’ladi. Gipermurojat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.
    Gipermurojat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operasion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operasion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki yetarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.
    Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Marko’p Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi.
    Web sahifa uchun bu yaxshi yo’l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt ketgan bulardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Marko’p Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko’rib bo’lmaydi chunki uning o’rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi.
    HTML ning konstruksiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orsiga yoziladi.
    Masalan:
    <-- Bu izox -->
    Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va
    Asosiy qism
    va
    Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom
    tegi bir qancha qo’shimcha parametrlarga ega. Bu parametrlar tegning ochiluvchi qismida joylashadi. Parametrlar ikki qismdan iborat bo’ladi: parametr nomi va parametr qiymati. Masalan bgcolor parametri tasvirlanayotgan Web sahifa fonining rangini belgilaydi.
    Masalan:
    Parametrlarning satrli qiymatlari qo’shtirnoq ichida yoziladi. Biz quyida <body> tegining parametrlari bilan tanishamiz.


    • Background - fon sifatida biror bir grafik tasvirdan foydalanish. Parametr qiymati sifatida grafik tasvir joylashgan manzil (URL) beriladi.


    • Text - tasvirlanayotgan matn rangi.


    • Link - Web sahifadagi matnli gipermurojat rangi.


    • Vlink-foydalanuvchi tomonidan oldin murojat qilingan gipermurojat rangi.


    • Alink - foydalanuvchi tomonidan tanlangan gipermurojat rangi.


    • Lang – Web sahifa matni yozilgan tilni aniqlash.



    Download 16,1 Kb.
      1   2   3   4




    Download 16,1 Kb.