MASHINASOZLIK MATERIALLARI
3-Mavzu:
Metall materiallar strukturalarini o’rganish usullari. Metall
materiallarni mexanik xossalari va
ularni aniqlash usullari
Maruzachi: Jamshidbek Khasanov
Metall materiallar strukturalarini o’rganish usullari
.
Materiallarning
yuqori darajada
mustaxkamligi ularning plastiklik va qovushqoqlik xossalari
bilan bir qatorda mashinalar, mexanizmlar
va barcha turdagi metall
konstruksiyalar detallarining ishonchliligi va uzoq muddati ishlashi asosi
hisoblanadi.
Materiallarning konstruktiv mustahkamligi ularning ishonchliligi va uzoq muddat
ishlashi kabi xususiyatlari bilan baholanadi. Konstruktiv mustaxkamlik deganda
materiallarning qo‘llanilish sharoitlariga bog‘liq bo‘lmagan barcha umumiy
xossalarini o‘z ichiga oluvchi kompleks fizik - mexanik tavsifnomalari
tushuniladi. Bunday fizik-mexanik tavsifnomalarga materialning o‘zining
mustaxkamligi, mustaxkamlik chegarasi (ϭ
v
), oquvchanlik chegarasi (ϭ
oq
),
plastikligi (5%, ψ%), qattiqligi (HRA, HRC), hamda
ishonchliligini va uzoq
muddat chidamliligi kabi xossalari kiradi.
Har qanday konstruksiyaning ishonchliligi uni tashkil etuvchi detallar
materiallarning to‘satdan ishdan chiqishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati bilan
aniqlanadi.
Materiallarning to‘satdan ishdan chiqishga qarshilik ko‘rsatishi uning ichki
qismida
darzlarning rivojlanishi, ya’ni o‘sib borishi ishi bilan tavsiflanadi.
Darzlarning o‘sib borishi ishi qiymati kichik bo‘lganda mo‘rt yemirilish sodir
bo‘lib, uning natijasida detallarning to‘satdan ishdan chiqishi yuzaga keladi.
Bunday hollarda materialning
mo’rt holatga o‘tish harorati eng muhim
tavsifnomasi hisoblanadi.
Materialning uzoq vaqt chidamliligi buyumning yeyilish, toliqish va yemirilish
(korroziya) sharoitlarida ishlash ish qobiliyati bilan aniqlanadi. Bunday
sharoitlarda ishlaydigan detallarning materiallaridagi
shikastlanishlar ulardan
foydalanish davrida detallarda sekin-asta nuqsonlar hosil bodishiga sabab bodadi.
Detallarning sirtini puxtalash samaradorligi material oquvchanlik chegarasi
(mustaxkamlik)ni oshirish, hamda turli haroratlarda plastik deformatsiyaga
qarshilik kodsatish,
plastiklik, qovushqoqlik va darzlar bodgan hollarda ham
ularga bardoshli bodib uzoq ishlashni ta’minlash kabilarni o‘z ichiga olgan
kompleks xossalari bilan aniqlanadi.
Bir
vaqtning o‘zida materialning mustaxkamligini, plastikligini va
qovushqoqligini
oshirish murakkab masala bodib, ko‘pgina hollarda keltirilgan
xossalarni oshirish natijasida materialning mo‘rtlashuvi sodir bodishi mumkin.
Konstruktiv mustaxkamlikni oshirish uchun turli texnologik metodlar: legirlash,
termik va kimyoviy-termik ishlov berish,
plastik deformatsiya, turli xildagi sirt
qoplamalarini qodlash va boshqa shu kabilar foydalaniladi.
Mashina detallari va turli konstruktsiya elementlari konstruktsion materiallardan
turli texnologik usullar bilan olinadi. Ayrim texnologik sabablarga ko’ra ularning
ishlatilish ko’rsatkichlariga putur yetkazuvchi nuqsonlar bo’lishi mumkin. Shu
sababli ularning sifatini kuzatish maqsadida oddiy makroanaliz deb ataluvchi
usuldan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Talabalar laboratoriya ishida o’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalalarni:
1) Siniq