3.
Namunalarni eritmadan
qisqichda olib avvaliga suv, keyin nitrat
kislotasining suvdagi 10—15% li eritmasi bilan yuvib, quritamiz;
4.
Namunalar sirtini ko’z bilan, zarur bo’lsa
lupa bilan kuzatib, sirt yuzada
ko’ringan g’ovaklar va darzlar kabi nuqsonlarni kuzatamiz.
Metallarni sifatiga
putur yetkazuvchi oltingugurt, fosfor va uglerod elementlari
birikmalarining taqsimlanishini
Bauman usulida kuzatish mumkin.
Oltingugurtning taqsimlanishini aniqlash. Oltingugurt po’latda
FeS va
MnS
birikmalar tarzida bo’ladi. Masalan,
MnS ning suyuqlanish xarorati 1193°C
bo’lganligi uchun u metallning kristallanish jarayonida donalararo joylashadi. Bu
xol metall qizdirilganda donalar bog’lanishini zaiflantiradi, ya’ni
qizdirilganda
sinuvchan bo’lib qoladi. Metallardagi oltingugurtning taqsimlanishini aniqlash
uchun quyidagi ishlar qilinadi:
1.
Namunalar tayyorlanadi;
2.
Namunalar sirt yuzasi spirtda namlangan paxta bilan artilib, shu tomonini
yuqoriga qaratib stolga qo’yiladi;
3.
Brom-kumushli foto qog’ozni sulfat kislotasini suvdagi 5
% li eritmasiga
tushirib, 5-10 minut saqlagach, uni olib, ortiqcha shimilgan eritmadan holi etish
uchun ikkita filtr qog’oz orasiga olib, qog’ozlarni unga oxista bosamiz;
4.
Foto qog’ozni emulsiya tomoni bilan namunalar yuziga qo’yib, ular
oralig’idagi gaz pufakchalarini chiqarish uchun
ustidan rezina valikni
yurgizamiz- da, bu vaziyatdan uni 2-3 minut saqlaymiz.
FeS + H
2
SO
4
→FeSO + H
2
S
2
AgBr + HS →Ag
2
S + 2HBr
Keyin qog’ozni suvda yuvib, 10%
giposulfitda ishlab, so’ngra suvda yuvib
quritiladi.
Ag
2
S fotoqog’ozga qoramtir-jigarrang tus beradi.