|
Metall materiallarning fizikaviy va kimyoviy xossalariBog'liq Engineering materials - lecture 3Metall materiallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Fizik xossalari. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligi, suyuqlanish
harorati, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig’imi,
elektr o’tkazuvchanligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi.
Metall rangi
deb, ma’lum to’lqin uzunligidagi yorug’lik nurini qaytarish
xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis pushti-qizil rangli, alyuminiy esa kumushsimon
oq rangli bo’ladi.
Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan xarakterlanadi.
Zichligiga ko’ra barcha metallar yengil (4500 kg/m
3
dan kam) va og’ir xillarga
bo’linadi. Turli buyumlar yaratishda metall zichligi muhim rol o‘ynaydi. Masalan,
samolyot va raketasozlikda juda yengil metall va qotishmalardan (alyuminiyli,
magniyli, titanli) foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish
imkoniyatini beradi. Suyuqlanish harorati deb, metall qattiq xolatdan suyuq
holatga o‘tadigan haroratiga aytiladi. Suyuqlanish haroratiga qarab qiyin
suyuqlanadigan (volfram 3416°C, tantal 2950°C, titan 1725°C va boshqalar) va oson
suyuqlanadigan (qalay 232°C, qurg‘oshin 372°C, rux 419°C, alyuminiy 660°C)
metallar bo‘ladi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan
birikmalar termoeleketrik priborlar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun metall
tanlashda suyuqlanish harorati katta ahamiyatga ega. SI birliklar sistemasida
suyuqlanish harorati Kelvin (K) shkalasida ifodalanadi.
Metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi deb, uning ko‘p qizigan uchastkasidan kam
qizigan qismiga issiqlik o‘tkazish, xususiyatiga aytiladi. Kumush, mis, alyuminiy
ko‘p issiqlik o‘tkazuvchanligi alyuminiyga nisbatan besh marta kichikdir. Detallar
uchun materiallar tanlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik katta ahamiyatga ega. Masalan,
metall issiqlikni yomon o‘tkazsa, u qizdirilganda yoki tez sovitilganda (termik ishlov
berishda, payvandlashda) unda darzlar paydo bo‘ladi. Mashinalarning ayrim
detallari (dvigatellarning porshenlari, turbinalarining kurakchalari) issiqlikni yaxshi
o‘tkazadigan materiallardan tayyorlanishi kerak. SI birliklar sistemasida issiqlik
o‘tkazuvchanlik Vt (m K) bilan o‘lchanadi.
|
| |