|
Neft va gaz konlarini ishlash tizimlari
|
bet | 1/3 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #111045 |
Bog'liq Neft konlarini ishlatish tizimlari Neft va gaz konlarini ishlash tizimlari. Uralov Suxrob 124-20 guruh Reja: - Kirish
- 1. Ishlash tizimlari haqida tushuncha.
- 2. Ishlash tizimlarining tasnifi va xususiyatlari.
- 3. Chegara tashqarisiga suv haydaladigan tizimlar.
- 4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Kirish Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka tektonik strukturasida mujassamlashgan neft va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod uyumlari, odatda yer ostida turli tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p hollarda turli geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi o‘tkazuvchanmas jinslar bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi. Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi qatlamlar turli ishlatish quduqlari guruhi bilan ishlatiladi, ayrim hollarda turli texnologiyalardan foydalaniladi. Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi kon chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, qatlamlar majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni yer ostidan olish muayyan burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt “o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri” bilan ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning o‘zi ishlash obyektini yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash obyektiga bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin. Ishlash tizimlari haqida tushuncha Ishlash tizimlari haqida tushuncha Neft (gaz) konini ishlash tizimi deb, ishlash obektini aniqlovchi, o‘zaro bog’liq muhandislik yechimlari yig’indisiga aytiladi. Masalan: konni burg’ilash, jixozlash ketmaketligi va sur’ati; qatlamlardan neft, gaz va kondensat olish maqsadida ularga ta’sir qilish usullarini borligi; haydovchi va oluvchi quduqlarning soni, nisbati, joylashishi; ehtiyoj quduqlari soni; konni ishlatishni boshqarish; yer bag’rini va atrof muhitni himoyalash. Ishlash tizimining muhim qismi – ishlash obyektlarini ajratish. Ishlatish obyekti – bu ishlanayotgan kon hududida uglevodorodlarning sanoat ahamiyatidagi zahirasi bo‘lgan, ularni yer bag’ridan chiqarib olish aniqlangan quduqlar guruhi yoki boshqa tog’-kon texnik inshootlari yordamida amalga oshiriladigan qatlam yoki qatlamlar majmui. Qancha ko‘p qatlamlar bir obyektga birlashtirilsa, shunchalik foydaliga o‘xshaydi, chunki bu holatda quduqlar soni kamayadi. Biroq bu neft beraolishlik koeffitsientining pasayishiga va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
|
| |