|
Ishlash tizimlarining tasnifi va xususiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #111045 |
Bog'liq Neft konlarini ishlatish tizimlari Ishlash tizimlarining tasnifi va xususiyatlari Yuqorida keltirilgan neft konining ishlash tizimiga berilgan ta’rif umumiy bo‘lib, yer ostidan foydali qazilmalarni samarali olishni ta’minlash uchun uni tuzishni, muhandislik qarorlari majmuini to‘liq qamrab olgan. Tizimning bu ta’rifiga muvofiq konlarni turli ishlash tizimlarini ta’riflash uchun ko‘p sonli ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak. Ammo, amaliyotda neft konlarini ishlash tizimlari ikkita eng yaqqol ajralib turuvchi alomatlari orqali farqlanadi: 1) yer ostidan neft olish jarayonida qatlamga ta’sir etish borligi yoki yo‘qligi; 2) konda ishlatish quduqlarini joylashishi. Ushbu alomatlar asosida neft konlarini ishlash tizimlari tasniflashtiriladi. Turli ishlash tizimini ta’riflovchi to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni ko‘rsatish mumkin. Quduqlar to‘rining zichligi Squd, oluvchi yoki haydovchi quduqlari bo‘lishidan qat’iy nazar, bitta quduqqa to‘g‘ri keluvchi neftlik maydoniga teng. Agar neftlilik maydoni Sn ga teng, kondagi ishlatish quduqlari soni n bo‘lsa. Ishlatish quduqlari to‘rining zichligi birligi Ayrim hollarda bitta olish qudug‘iga to‘g‘ri keluvchi neftlilik maydoniga teng Solko‘rsatkichdan ham foydalaniladi. Chegara tashqarisiga suv haydaladigan tizimlar Chegara tashqarisidan ta’sir etish (suv bostirish) sistemalari III. planda va kesimda oluvchi va haydovchi quduqlarni neft koniga chegara tashqarisidan suv bostirish qo‘llab ishlashdagi joylashtirilishi keltirilgan. Bunda ichki neftlilik chegarasi bo‘ylab ikki qator olish quduqlari burg‘ilangan. Bundan tashqari oluvchi quduqlarning o‘rta qatori bor. Chegara tashqarisidan suv bostirish sistemalarini ta’riflash uchun quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin: neftlilik chegarasi bilan oluvchi quduqlarning birinchi qatori orasidagi masofa birinchi va ikkinchi oluvchi quduqlar qatori orasidagi masofa va boshqalar, hamda oluvchi quduqlar orasidagi masofa 2
|
| |