Kristallarning shakliga o‘ta sovush darajasi ta’sir qiladi. O‘ta sovush darajasi juda
kichkina bo‘lsa, muntazam geometrik shakldagi kristallar hosil bo‘ladi. O‘ta sovish
darajasi bir qadar katta bo‘lsa, kristallar
dendrit shaklini oladi, ya’ni kristallar,
asosan fazaviy kristall panjaraning asosiy o‘qlariga mos yo‘nalishida o‘sadi.
O‘ta sovish darajasi ancha katta bo‘lsa,
sferoid shaklidagi kristallar hosil bo‘ladi.
Metall quymalarda kristallar, umuman aytganda
dendrit shaklida bo‘ladi. Buni
birinchi bo‘lib D.K.Chernov chizib bergan.
Qotishma
sekin
sovitilganda
diffuziya
jarayoni
kristallar
tarkibini
barobarlashtirishga ulguradi, tez sovitilganda esa diffuziya jarayoni tugallanmay
qoladi, ya’ni ayrim kristallarning tarkibi barobarlashmaydi. Dendritlarning
markaziy qismida qiyin suyuqlanuvchi «Komponent (a’zo) chetlarida-
pereferiya»sida esa oson suyuqlanuvchan komponent ko‘p bo‘ladi. Dendritlarning
har xil joylarida uchraydigan bunday kimyoviy turli jinslilik
kristall ichra