Keyingi savolni tushuntirishda ishchi organlarning dvigateldan harakat olishi tushuntiriladi. So‘ngra uzatma turlari haqida tushuncha beriladi va ularni chizmada aks ettirish qoidasi ko‘rsatiladi. Quyida ayrim uzatmalar keltiriladi.
Tishli g‘ildirak
Z1, Z2 – tishli g‘ildirak
Tasmali uzatma
d1, d2 - shkiv
CHervyakli uzatma
Bu uzatma harakat tezligini keskin kamaytirish uchun ishlatiladi.
Konussimon tishli uzatma
Z1, Z2 - konussimon tishli g‘ildirak
Harakat yo‘nalishini 900 burishda ishlatiladi.
Uzatmalar haqida tushuncha berilgach, BO-C mashinasining kinematik sxemasi chiziladi. Kinematik sxemani chizish uchun mashinaning tepadan ko‘rinishi sxemasi chiziladi, so‘ngra ularga harakat uzatish tartibi o‘rgatiladi.
Uzatuvchi transportyor
Ta’minlovchi transportyor
Ignali panjara
Tituvchi baraban
Ajratuvchi baraban
2.3-rasm. BO-S ta’minlovchi-aralashtiruvchi mashinaning kinematik sxemasi
z2=25 – mashina ish unumdorligi 250 kg dan yuqori bo‘lsa
z2=50 – mashina ish unumdorligi 250 kg soat bo‘lganda
Ta’minlovchi transportyor tarangligini rostlash moslamasi o‘rganib chiqiladi va sxemasi chiziladi. So‘ngra ignali panjaraning tarangligini rostlash moslamasi o‘rganilib va sxemasi chiziladi. Ignali panjara bilan tituvchi valik orasidagi masofani rostlash moslamasi o‘rganilib va sxemasi chiziladi. Oraliq masofani titilganlik darajasiga va mashina ish unumdorligiga ta’siri o‘rganiladi.
2.4-rasm. Ignali panjara bilan tituvchi baraban orasidagi masofani rostlash mexanizmi
|
2.5-rasm. Ignali panjarani
tarangligini rostlash
|
1-ignali panjara, 2-tituvchi baraban, 3-o‘q, 4-chervyakli g‘ildirak, 5-birlashtiruvchi tortqich, 6-podshipnik, 7-maxovik,
|
1-vint, 2-sozlovchi gaykalar,
3-podshipnik
|
2.6-rasm. Ta’minlovchi transportyor
tarangligini rostlash
|
2.7-rasm. Uzatuvchi transportyor
tarangligini rostlash
|
1-podshipnik, 2-sozlovchi gaykalar,
3-vint
|
1-sozlovchi gaykalar, 2-vint,
3-podshipnik
|
Ta’minlovchi-aralashtiruvchi mashina
Turli to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan tolalarni titib-ta’minlovchi mashinalarning konstruksiyalari ishlab chiqarilgan.
Titib - ta’minlovchi mashinalarining texnik tavsifi
№
|
Mashina markasi
Tavsif
ko‘rsatkichlari
|
(Truetzschler)
|
(Marzoli)
|
(Rieter)
|
BO-C
|
BO-R
|
BO-U
|
V 14
|
V 15
|
V 18
|
V 33
|
V 34
|
V 25
|
|
Ishlatiladigan tolaning uzunligi, mm gacha
|
60
|
60
|
60
|
65
|
65
|
65
|
65
|
65
|
65
|
|
Unumdorligi, kg/soat
|
300
|
100
|
1700
|
1000
|
300
|
300
|
600
|
600
|
60
|
|
O‘rnatilgan quvvat, kvt/soat
|
2,9/
2,0*
|
2,9/
2,0*
|
6,7/
4,7*
|
4,43
|
2,75
|
4,99
|
2,4
|
2,4
|
3,5
|
|
Mashina o‘lchamlari, mm
Eni
Uzunligi
|
1464
5265
|
1464
5265
|
2464
7010
|
1693
5723
|
1493
4900
|
1493
4900
|
1600
3250
|
1600
3250
|
1150
5000
|
* - ishchi quvvat
2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Mavzu:UNIfloc A-11 va A-12 markali mashinaning tuzilishi va ishlashi
Laboratoriya ishining maqsadi: Yigiruv korxonalarida toylarni dastlabki titishda qo’llaniladigan zamonaviy avtotoytitkich mashinalarining tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: O’quv laboratoriyasida o‘rnatilgan avtotoytitkich mashinasi. Avtomatik toy titkichni texnologik sxemasi.
Ishni bajarish tartibi
Avtotoytitkich mashinasining vazifasi va turlari to’g’risida ma’lumot bering.
Avtotoytitkich mashinasining ishlashi bilan tanishing, texnologik chizmasini chizing.
”Reter” firmasi UNIfloc A-11 va A-12 avtotitkich mashinalarining asosiy ishchi organlari tuzilishini va ishlashini taqqoslang, ularning rasmini chizing.
Avtotoytitkich mashinalarini boshqarish va ishchi parametrlarini o’zgartirish usulini o’rganing va ma’lumotlar bering.
Asosiy ma’lumot
Avtotitgichlarning tuzilishi va ishlashida umumiylik mavjud, «Uniflok», «Blendomat», V12SB (Marsoli) avtotitgichlar tituvchi organlari bilan, kompyuter boshqaruv dasturining parametrlari bilan bir-biridan farq qiladi. «Uniflok»da arra disklar, «Blendomat»da esa shakldor disklar ishlatiladi.Avtotitgichlar tituvchi valiklarining sirtlari turli qoziqchalar,pichoqlar,shtiftlar yoki shakldor tishli plastinkalar bilan qoplangan bo’ladi.Ular tolalarga ishlov berish harakati bo‘yicha ham farqlanadi:
- to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ilgarilanma - qaytma harakat qiluvchi (A-11, B12SB);
- to‘g‘ri va qiya chiziq bo‘yicha ilgarilanma - qaytma harakat qiluvchi (BO-A);
- aylana bo‘ylab «karusel» tarzida harakat qiluvchi (Jingwei).
Ularning unumdorligi 600-1200 kg/soatgacha, titilgan paxta bo‘lakchasining o‘rtacha og‘irligi 20-50 mg.
Avtotoytitgichlar minora, toy titgich, karetka, pnevmosistema, ustunlar va boshqaruv qismlaridan tashkil topgan. Minorada toytitgichning ko‘tarilish, pasayish, burilish, harakat uzatmasi va tola so‘ruvchi-uzatuvchi potrubkalar joylashgan. Stavkadagi toylar ustida pichoqli baraban ilgarilanma-qaytma harakatlanib, har safar stavka chetiga etgach, belgilangan masofa 4-8 mm ga pasayadi. Stavkadagi toylar kamida 36 ta, ko‘pi bilan 180 tagacha bo‘lishi mumkin. Birinchi tomondagi toylar ishlatilib bo‘lingach, operator minorani vertikal o‘q bo‘ylab 1800 ga buradi va ikkinchi tomondagi toylarini titish boshlanadi.
|