• Suyuq komponentlarning me’yorlagichlari
  • Nazorat uchun savollari
  • Massali me’yorlagichlar




    Download 0.75 Mb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.75 Mb.
    #91641
    Bog'liq
    24.10 2023 y
    2 5319065040429530626, Mustaqil ih mavzulari (1), Документ Microsoft Word (2)

    Massali me’yorlagichlar

    Massali me’yorlagichlar yuqori aniqlikda zarur ozuqani to‘xtovsiz va porsiyali qilib yetkazib beradi (17.6-a,b rasm).


    Tasmali avtomatik me’yorlagichda, ozuqa bunker (1) dan to‘xtovsiz ravishda tasmali transportyor (3) ga tushib turadi. Tasmali transportyor ostida og‘irlikni o‘lchab borish uchun balansir bilan tortqi orqali bog‘langan tarozi datchigi (4) o‘rna- tilgan. Transportyor tasmasiga tushayotgan yuk massasi me’yo- ridagidan o‘zgarsa, datchik bunkerdan tushish qopqog‘ining ochish-yopish mexanizmiga ta’sir ko‘rsatadi va me’yoriy ozuqa tushish zarur tirqish kattaligini ta’minlab beradi.

    17.6-rasm. To‘xtovsiz yoki porsiya bilan ishlovchi massali me’yorlagich shakli

    Porsiya bilan ishlovchi massali me’yorlagich (17.6-b, rasm) bunkerining tubi konussimon yasalib, platformada harakatlar tarozi ustiga o‘rnatiladi. Me’yorlagich qo‘l bilan harakatga keltirilib aralashtirgichni yuklagich bo‘g‘izi oldida to‘xtatilib ishlatiladi.


    Suyuq komponentlarning me’yorlagichlari

    Suyuq komponentlar me’yorlagichlari - davriy yoki to‘x- tovsiz harakatli bo‘ladi.






    17.7-rasm. Suyuq ozuqa komponentlari me’yorlagichlari shakli

    Bir po‘kakli sozlagichli me’yorlagich (17.7-a, rasm) quyidagi tartibda ishlaydi. Suyuq ozuqa komponenti bosim idishi (2) dan quvur (1) orqali oqib me’yorlash bakiga kelib tushadi. Suyuq ozuqa sarfi quvur (1)da o‘rnatilgan kran (4) va me’yorlash baki- dagi po‘kak (poplavok) (5) yordamida amalga oshiriladi.


    Smagin tizimidagi bir po‘kakli sozlagich-me’yorlagich (17.7-b, rasm) rezervlar (1), doimiy suyuqlik darajasini ushlab turuvchi po‘kak (2), quvur (3), quvurchalar (4,7) va teshiklar (5,6)dan iborat. Me’yorlanayotgan aralashma rezervlarga quvur- cha (4) va teshik (5) orqali tushadi. Teshik kesim yuzasi po‘kak

    1. yordamida o‘zgartiriladi. Aralashma teshik (6) orqali (7) quvurcha yordamida chiqariladi.

    Ikki po‘kak sozlagichli me’yorlagich (17.7-e, rasm) me’yor- lash baki (2) da suyuq aralashma sathini sozlovchi sektor qop-qoq (1) bilan ta’minlangan. Me’yorlagich korpusi ikki seksiyali rezervlarga o‘xshab, ustkisi bosim va pastkisi chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ta’minlagich quvurchasida
    (3) bosim baki po‘kagi (5) bilan bog‘langan to‘siqcha (4) o‘rnatilgan. Suyuqligi oqish miqdorini sozlash quvurcha (6) da o‘rnatilgan sektorli qop qoqcha (1) bilan amalga oshiriladi. Ustki bakdan tushgan suyuqlikni chiqarish uchun po‘kak (9), quvurcha (7) va qopqoq (8) xizmat qiladi.
    Bosim bakisiz suyuq aralashmalar quyidagicha me’yorla- nadi (17.7-g, rasm). Aralashma me’yorlagich bakiga quvur (1) va sharli klapan (2) orqali tushadi. Sharli klapan aralashma sathini doimiyligini saqlab turadi. Bakning oldi tomoniga shakldor chiqarish quvuri (3) biriktirilgan. Aralashmaning oqish teshigi bosimi har xil burchak ostida, quvur (3)ning holatini o‘zgartirish bilan sozlanadi.
    To‘xtovsiz ravishda qayishqoq suyuqliklarni me’yorlash uchun xizmat qiluvchi kovshli me’yorlagich (17.7-f, rasm) to‘g‘ri burchakli rezervlar (1), rezervlar ichida disk (3) ga o‘rna- tilgan olti kovsh g‘ildirak (2)dan tashkil topgan. Disk doimiy burchak tezlikda aylanuvchi valning konsol qismiga qotirilgan. Me’yorlanuvchi suyuqlik quvur (4) orqali tagida yuqoriga ko‘ta- ruvchi quvur (5) o‘rnatilgan rezervlarni to‘ldiradi. Suyuqlikning kerakli bosimi vintli mexanizm (6) va tortqi (7) yordamida quvurcha (5) ni ko‘tarish va tushirish bilan amalga oshiriladi. Kovsh pastki holatida suyuqlik bilan to‘ladi va yuqoriga chiq- qan suyuqlikni chiqarish quvurchasi (8) ga to‘kadi.
    Elektromagnit klapanli davriy ishlovchi me’yorlagich (17.7-h, rasm) quyidagicha ishlaydi: suyuqlik bak (1) ga elek- tromagnitli klapan (2) va uch yo‘lli kran (3) orqali tushadi. Bak to‘lishi bilan po‘kak (4) yuk (5) bilan ko‘tariladi. Belgilangan porsiyadagi suyuqlik to‘lgach (6, 7) kontakt birlashib elektro- magnit klapan (2) ni ishlatadi hamda suyuqlik kelishi to‘xtaydi.
    Suyuqlikning me’yoriy miqdori kontaktning o‘qi bo‘ylab siljitib sozlanadi.
    Mikrome’yorlagich suyuq mikroelementlarni davriy tarzda me’yorlab berish uchun xizmat qiladi (17.7-h, rasm). Mikro- elementlarni aralashtirish va me’yorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avval komponentlar me’yorlanib to‘ldirgichga quyib aralashtiriladi. Mikroelementlar yaxshilab maydalanib issiq suvda eritiladi va sarf baki to‘ldiriladi. Sarf bakidan shtutser
    (1) orqali aralashma mikrome’yorlagich (2) kamerasiga tushadi. Kameradagi suyuq aralashma sathi po‘kak (3) ignasi bilan ushlab turiladi. Suyuq aralashma bog‘lovchi quvur (4) orqali mikrome’yorlagich korpusiga o‘tadi. Suyuqlik sarfi igna (5) ning holatini o‘zgartirish bilan sozlanadi.
    Nazorat uchun savollari



      1. Me’yorlash deb qanday jarayonga aytiladi?

      2. Me’yorlagichlar qanday turlarga bo‘linadi?

      3. Konsentrat ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘lla- niladi?

      4. Pichoqli ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘llaniladi?

      5. Suyuq ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘llaniladi?





    155



    Download 0.75 Mb.




    Download 0.75 Mb.