• Kerakli jihozlar
  • Yorug’lik mikroskopining umumiy ko’rinishi
  • 1-laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Mikroskop tuzilishi va xillari, mikroskop ishlatish qoidalari va texnikasi bilan tanishish. Ishdan maqsad




    Download 0.76 Mb.
    bet1/5
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.76 Mb.
    #170834
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-laboratoriya
    umumiy-o-rta-ta-limda-matematika-fanining-o-qitilishining-maqsadi, Matematika o\'qitish texnologiyalari va loyihalash. Barakayev M. Tojiyev M. 2, 14-mavzu, PIYOZDOSHLARI, NIKOH HOLATI IFODALOVCHI KO’RSATKICHLARI. JUMABOYEV ABDUMUROD, shahnoza, rizayevaa chinora

    1-laboratoriya mashg`uloti
    Mavzu: Mikroskop tuzilishi va xillari, mikroskop ishlatish qoidalari va texnikasi bilan tanishish.


    Ishdan maqsad: -MBS-1, MBR-3, M-10 markali mikroskop, BM-51-2 markali binokulyarning qismlarini tuzilishi laboratoriya va mikroskoplarda ishlash tartibi bilan tanishib, rasmlarini chizib olish.
    Kerakli jihozlar: MBS-1, MBR-3, M-10 markali mikroskoplar, tablitsa, Okulyar va ob’ektivlar to’plami. BM-51-2 markali binokulyar.
    1-Topshiriq: MBS-1, MBR-3,M-10 markali mikroskoplar,okulyar va ob’ektivlar to’plami. BM-51-2 markali binokulyarning tuzilishi bilan tanishing, ulardan foydalanishni o’rganing, bir-biridan farqlanishiga e’tibor qiling.
    Hujayrani har tomonlama o’rganish mikroskopning kashf etilishi bilan bog’liqdir. Mikroskop - murakkab optik asbob bo’lib, uning yordamida juda mayda manba’lar ularning qismlarini, jumladan, hujayralarni o’rganish mumkin.
    Xujayra biologiyasining eng asosiy uslubi yorug’lik mikroskopiyasidir. Hozirgi zamon yorug’lik mikroskoplari obektni 3000 martagacha kattalashtirish imkonini beradi. Yorug’lik mikroskoplari yordamida nafaqat o’ldirilgan, fiksasiyalangan hujayralarni, balki tirik hujayralarni ham o’rganish mumkin.
    Hozirgi vaqtda yorug’lik va elektron mikroskoplarning turli modellari yaratilgan.

    Yorug’lik mikroskopining umumiy ko’rinishi:
    1-asosi (shtativ); 2-tubus tutqich; 3-tubus; 4-buyum stolchasi; 5-buyum stolchasining teshigi; 6-stolchani siljituvchi vintlar; 7-okulyar; 8-obektiv; 9-makrometrik vint; 10-mikrometrik vint; 11-kondensor; 12-kondensor vinti; 13-diafragma; 14-ko’zgu; 15-revolver.

    Yorug’lik mikroskoplari orasida biologik mikroskoplar aloxida o’rin egallaydi. Biologik mikroskoplar turli-tuman bo’lib, ularni shartli ravishda ishchi, ilmiy tekshirishlarda qo’llaniladigan va universal xillarga ajratishadi.


    O’quv jarayonida, laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun ishchi biologik mikroskoplaridan foydalanish qulay. Buning uchun ishchi mikroskoplardan MBR-3, «Biolam R», «Biolam – S» kabi modellar qo’llaniladi.


    Download 0.76 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Mikroskop tuzilishi va xillari, mikroskop ishlatish qoidalari va texnikasi bilan tanishish. Ishdan maqsad

    Download 0.76 Mb.