Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish bo’yicha




Download 24.77 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi24.77 Kb.
#92738
Bog'liq
Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish bo
Farmatsiya fakulteti 106 B guruh Farmonova Malohat, Abdivoxidov.Og\'abek.. - копия, Tabiiy o\'simlik xom ashyosi, Dilafruz 05, Sarvinoz ATJMM 6, 1. DVSTB moduliga kirish., Qudratov Sh, Berdibayeva Kamola, Dorivor o’simliklar, kamolova, 111bRustamova asal, Zarpillayev Orzubek, New Scientist - 19 November 2022., Abdulhoshim Mutaxirov 17 mavzu

Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish bo’yicha

MUSTAQIL
ISH


Mavzu: Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish

Bajardi:Oripov Og’abek


Tekshirdi:Tursunonov.A.T

REJA:
1.Dorixona tarmog’ini rivojlantirish to’g’risida Prezident farmoni


2.Sohada amalga oshirilayotgan qo’shimcha chora tadbirlar
3. Farmasevtika sohasining bugungi holati : muammolar va yechimlar
Xulosa.
1.So’nggi yillarda farmasevtikadagi o’zgarishlar.
2.Farmasevtika sohasidagi qonuniy o’zgarishlar
3.Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar,yordamchi
o’rash materiallarini ishlab chiqarish bo’yicha soha loyihalari

Dorixona tarmog’ini rivojlantirish to’g’risida Prezident farmoni


Oxirgi bir yarim yil davomida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ularning hududida 41,7 million AQSh dollari miqdoridagi beshta loyiha amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida 75 ta ijtimoiy dorixonalarni qurish va joylashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan.
Shu bilan birga, o‘rganishlar qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayotganligini, mas’ul organlar rahbarlarida yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik yo‘qligini ko‘rsatdi. Xususan:
birinchidan, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini shakllantirish ta’minlanmagan, ular faoliyatini moliyalashtirishning aniq manbalari va mexanizmlari belgilanmagan, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish masalalari hal etilmagan;
ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan erkin iqtisodiy zonalarning ishini samarali tashkil qilish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti;
uchinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning rivojlangan transport, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud emasligi ularning hududida yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish imkonini bermayapti, zonalarning bosh rejalarini ishlab chiqish joylardagi haqiqiy holatni va investorlarda yuzaga kelayotgan muammolarni e’tiborga olmagan holda amalga oshirilmoqda;
to‘rtinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishining huquqiy tartibi belgilanmagan, ularning joylashuvi tasdiqlanmagan, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga shunday dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga olib kelgan;
beshinchidan, dorixonalarda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning harakatini hisobga olish, shuningdek, dorixonalarning joylashuvi, dori vositalarining assortimenti va narxi haqida aholini xabardor qilish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish jarayoni past sur’atlarda bormoqda;
oltinchidan, farmatsevtika tarmog‘i muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy talablarga javob bermaydi, malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga yetarli e’tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, mavjud ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazishning samarali tizimi mavjud emas, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish sohasida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.
Mazkur holatlar farmatsevtika tarmog‘ini tubdan isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning sustlashishiga olib kelmoqda, aholi va tibbiyot muassasalarini arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish sohasidagi ishlarni tashkil etish borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
Ishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va lozim darajadagi tashabbuskorlik yo‘qligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmavsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Z.A. Dusanov va mazkur agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari M.M. Dusmuratov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalaridagi haqiqiy vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ishchi guruhlar 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ishchi guruhlar tomonidan ikki oy muddatda:
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkalarining belgilangan talablarga muvofiqligi, transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan o‘rganilishini;
erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining joylardagi haqiqiy vaziyatni va ularni amalda ijro etish imkoniyatini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish choralarini ko‘rishni ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Q.V. Akmalov) ikki oy muddatda ishchi guruhlar faoliyatining yakunlari bo‘yicha quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar dasturi;
Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar, yordamchi va o‘rash-joylash materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari ro‘yxati.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalarning transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
6. Har bir erkin iqtisodiy zonaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlari biriktirilib, ularning mazkur sohadagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
loyihalar tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish;
yangi tashkil etilayotgan quvvatlarni transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash hamda ularning suv, gaz va elektr ta’minotiga ulanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
loyihalar tashabbuskorlariga ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni olishda, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal etishda har tomonlama ko‘maklashish;
loyihalar tashabbuskorlariga loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishda to‘sqinlik qilayotgan, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni yaratayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish.
Belgilansinki, viloyat miqyosidagi mas’ul davlat organlari va tashkilotlar har oyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlariga erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida hisobot taqdim etadi.

Sohada amalga oshirilayotgan qo’shimcha chora tadbirlar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, zaruratga ko‘ra, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorga 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanayotgan yangi tashkil etilayotgan Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari soni, shu jumladan, xodimlar soni tegishlicha qisqartirilishi (jami — 32 birlik) hisobiga shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika muomalasini tartibga solish Bosh boshqarmasi shtatlaridan — 2 birlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi shartlari va litsenziya talablariga rioya etish ustidan nazorat qilish bo‘linmalarining har biridan — 2 birlikdan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasidan — 4 birlik.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Agentlikning markaziy apparati uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Avtobazasi uchun nazarda tutilgan avtotransport vositalarining limitlari doirasida 4 ta yengil avtotransport vositasi, shu jumladan, 3 ta — shaxsiy, 1 ta — navbatchi avtotransport vositasi ajratsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Agentlikni zarur ixtisoslikka ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin.


TOSHKENT-2023

Download 24.77 Kb.




Download 24.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar yordamida soha masalalarini yechish bo’yicha

Download 24.77 Kb.