• Respublikasi
  • Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent sh.
  • Mustahkam oila yili




    Download 29,5 Kb.
    Sana10.04.2017
    Hajmi29,5 Kb.
    #3910

    MUSTAHKAM OILA YILI” DAVLAT DASTURI TO'G'RISIDA”

    Jamiyatimizning asosi bo'lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, jismonan sog'lom, ma'naviy etuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog'lom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2012 yil O'zbvkiston Respublikasida “Mustahkam oila yili” deb elon qilinganligi munosabati bilan:

    1.

    Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 13 dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.

    “Oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” degan  insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yo'nalishlari etib belgilansin:

    bugungi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-hukuqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o'zgartirish va ko'shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz e'tiborini yanada kuchaytirish;

    yosh oilalarga e'tibor va g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash, moddiy va ma'naviy jihatdan keng ko'llab-kuvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta'minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish;

    jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda maxalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari axamiyatini, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta'sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko'mak va yordam berish;

    oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g'amxo'rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko'rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o'z elkasiga olgan ayollarga alohida e'tibor qaratish;

    “Sog'lom ona — sog'lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;

    jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma'naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo'lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta'sirlarga qarshi turishda oilaning o'rni va ahamiyatini oshirish;

    jismonan sog'lom, ma'naviy etuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini  kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta'lim hamda tarbiya  muassasalari bilan  o'zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta'minlash;

    2.     Respublika     komissiyasi (Sh.M.Mirziyoev) zimmasiga “Mustahkam oila  yili” Davlat  dasturining amalga oshirilishini tashkillashtirish va monitoring qilish vazifalari yuklatilsin.

    Respublika komissiyasi:

    ikki hafta muddatda, “Mustahkam oila yili” Davlat  dasturining ustuvor yo'nalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda, respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir idora, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti bo'yicha “Mustahkam oila yili”ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta'minlasin;

    “Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni to'liq, sifatli va o'z vaqtida bajarish bo'yicha respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat  notijorat tashkilotlari darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o'rnatsin;

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

    Dasturning amalga oshirilishi to'g'risidagi materiallarni yilning har choragida O'zbvkiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko'rib chiqsin;

    har chorak yakunlari bo'yicha “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.

    3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  (Sh.M.Mirziyoev) Qorakalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarda (shaharlarda) “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat,  shahar, tumanlar hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar


    tuzilishini ta'minlasin, ularning zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar tegishli hududlarda og'ishmay va to'liq hajmlarda
    amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin.
    Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.

    4. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari:

    aholi, ayniqsa, yosh oilalar o'rtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalarini, davlat tomonidan oilalarni ko'llab-quvatlash, rivojlantirish hamda mustahkamlash bo'yicha unda belgilangan chora-tadbirlarni muntazam va keng ko'lamda tushuntirib borilishini;

    davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo'shgan aniq hissasini aks ettirgan holda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi to'g'risida keng jamoatchilik doimo xabardor qilib turilishini ta'minlasinlar.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.

    5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

     

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti


    I.Karimov

     

    Toshkent sh.
    Download 29,5 Kb.




    Download 29,5 Kb.