|
Fanlar universiteti
|
bet | 1/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #244396 |
Bog'liq monopol raqobatlashgan bozor
TOSHKENT AMALIY
FANLAR UNIVERSITETI
Mavzu: MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI.
Ilmiy rahbar:
Bajardi: SATTOROV BUNYOD TOSHQO‘RG‘ONOVICH
TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
Sirtqi ta`lim fakulteti
KURS ISHI
REJA:
KIRISH.
- Monopoliya atamasi
- Raqobatlashmagan bozor turlari
- Sof monopoliya va bozor hokimiyati
- Monopol sharoitda narx belgilash va monopol hokimiyat ko‘rsatkichi
XULOSA.
KIRISH:
Bugungi kunda jahonda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning sohalari rivojlanishini ta`minlash va uning istiqbolini ilmiy asosda oldindan bilish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda jahonda inson kapitali rivojlanishi jamiyat rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyotning muhim muammolarini hal etishda asosiy о‘rin egallaydi. Taraqqiyot darajasini uning muayyan mezonlari, indikatori yordamida baholashni talab etuvchi kо‘p qirrali jarayonga aylandi. asta-sekin, lekin tubdan о‘zgara boshladi. Jamiyatda inson taraqqiyotining muhim mezoni, uning umr kо‘rish davomiyligi, savodxonligi va resurslardan foydalanish imkonini ifodalaydigan - Insonni taraqqiyoti indeksidir. Har qanday mamlakatning farovonlik darajasi faqatgina daromadlar miqdoriga emas, balki ushbu daromadlardan qay darajada foydalanishga ham bog‘liq. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning real sektori jadal surhatlarda rivojlanib bormoqda. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Iqtisodiyotning tadbirkorlik sektorlari mutanosibligini ta`minlashda davlat monetar siyosatining amal qilishi va uning samaradorligini oshirishning nazariy jihatlarini yoritish hamda O‘zbekistonda iqtisodiyotning tadbirkorlik sektorlari davlat ko`magini berish siyosatining axamiyatini yanada oshirish borasida ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqilgan.
“Monopoliya” atamasiga ko`plab oilmlar turlicha yondoshishgan. Monopoliya to’g’risida qaysi bir olimlar ijobiy, qaysi birlari salbiy. R. Pozner fikricha, “Monopoliya (grekcha “μονο” - “bir” va “πωλέω” - “sotaman” ) - bozor tizimida yirik korxonalarning bir va bir necha mahsulot turlarini ishlab chiqarish hamda sotilishini nazorat qilishidir, bu yerda raqobat bo’lmaydi. Monopol korxonalar daromad olishlari aniq, chunki xoridorlar tanlash huquqiga ega emas”.
|
| |