• E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
  • SOF MONOPOLIYA VA BOZOR HOKIMIYATI




    Download 1,12 Mb.
    bet4/4
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #244396
    1   2   3   4
    Bog'liq
    monopol raqobatlashgan bozor

    SOF MONOPOLIYA VA BOZOR HOKIMIYATI

    • Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi, qachonki u o‘zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qilaolsa, ya’ni o‘zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab chiziqi raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi kifoyadir. Agar talab chiziqi pastga yotiq bo‘lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o‘zgartirishi mumkin.
    • Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori).
    • Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko‘paytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko‘proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. SHuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi.

    Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash keraki, Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo- nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobatmuhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 apr; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi
    qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda har qanday qonun yoki islohot “raqobatchilarni emas, raqobat muhitini qo’llab-quvvatlashi lozim. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotganda, yuqoridagi faktorlarni hisobga olish lozim. Shuningdek, xorijiy davlatlarda raqobat muhitini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni kuzatib borish, tahlil qilish va uni iqtisodiyotimizga moslashtirish orqali ham yurtimizdagi iqtisodiy muhitni yanada yaxshilash mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joiz, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida yurtimizning yuksak taraqqiyoti va xalqimizning farovon hayoti kabi ustuvor vazifalar o’rin olgan.
    XULOSA

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SOF MONOPOLIYA VA BOZOR HOKIMIYATI

    Download 1,12 Mb.