Monopoliya tushunchasi




Download 74 Kb.
bet1/4
Sana24.11.2023
Hajmi74 Kb.
#104666
  1   2   3   4
Bog'liq
1355630600 41121


www.arxiv.uz

Reja:



1. Monopoliya tushunchasi
2. Bozorning asosiy modellari
3. Aksmonopoliya siyosati


Monopoliya tushunchasi
Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida paydo bo`ladi va u raqobat ta`siri sharoitini o`zgartiradi.
Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo`lib, unda yirik sotuvchi yoki xaridorlar o`z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa bozor ishtirokchilariga hukmlarini o`tkazadilar. Bunda monopolchilarning shaxsiy manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko`zlagan shartlar qolgan barcha uchun majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga ta`sir o`tkazish kuchiga ega bo`lmay, o`z manfaatlarini ko`zlash imkonidan mahrum bo`ladilar. Taklif hajmi va bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi.
Monopoliya holati firmalarga juda qo`l keladi. Chunki xaridorlarga qaram bo`lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo`linib, ularning talabiga zid ish ko`rish imkoni tug`iladi. Agarda xaridorlar majburiy qo`yilgan baholardan norozi bo`lsalar, monopolchi ishlab chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan tovar (xizmat)larni kamaytirishi mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori bahoni tan olishdan boshqa iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday ta`sir etishi, kam xarajatli oilalarning ahvoli og`irlashuvi bilan monopoliyaning ishi bo`lmaydi. Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad qiziqtiradi.
Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari mavjud bo`lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy zarar keltirishini insoniyat o`z tarixida ko`rib o`tdi. Bu haqida keyinroq so`z yuritamiz. Hozir tabiiy monopoliya haqida so`z yuritaylik. Jamiyatning normal talabiga mos keladigan monopoliyalar ham bo`ladi. Bularni, albatta, iqtisodiyot siqib chiqarmaydi va jamiyat ta`qiqlashni istamaydi. Masalan, firma noyob tovarlar ishlab chiqarsa, bunda eng yangi texnologiyani qo`llab, foydadan xoli bo`lmagan holda past narxlarda sotish usulini qo`llab bozorni egallasa, buning yomon tomoni yo`q. Tabiiy usulda yuzaga kelgan monopoliya qonuniy bo`lib, uni yo`q qilish maqsadga muvofiq emas yoki iqtisodiy foy-dadan xoli emas.
Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport, aloqa yoki kommunal xo`jalik tarmoqlarida bo`lishi mumkin. Masalan, juda noyob foydali qazilma uchun bitta shaxta etarli bo`lib, ikkinchi raqibning keragi yo`q. Shuningdek, aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni ko`rsatish mumkin.
Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob`ektiv kuchlar (tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish bir firma qo`lida bo`lib, lekin bu jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Buning oldini olib bo`lmaydi, hatto zaruriyati ham yo`q. Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati tug`iladi.



Download 74 Kb.
  1   2   3   4




Download 74 Kb.