Monopoliya tushunchasi




Download 74 Kb.
bet3/4
Sana24.11.2023
Hajmi74 Kb.
#104666
1   2   3   4
Bog'liq
1355630600 41121

Aksmonopoliya siyosati


- -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: bular ishlab chiqarish tarkibini boshqarish, aktsiyalarni sotib olish me`yorini belgilash, baholarning taklif va talab muvozanati darajasini ta`minlashga qaratilgan choralar kabilardir.
a) Ishlab chiqarish tarkibini belgilashga oid choralar korporatsiyalar uchun shu xil mahsulotlarning yarmidan ortig`ini ishlab chiqarish mumkinligi va nazorat qilishdan iborat.
b) Yirik korporatsiyalar ishtirokchilarining aktsiyalar sotib olish hajmi chegaralanadi. Bunda aktsiya bir korporatsiya ixtiyoriga o`tishi bilan monopollashuvga olib bormasligi e`tiborga olinadi. Chunki, ko`p miqdorda aktsiya sotib olish yo`li bilan tarmoq ustidan nazorat miqyosini kengaytirishga yo`l qo`yilmaydi. Agarda biron bir korporatsiya boshqalar aktsiyasining asosiy qismini sotib olsa, qo`shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu tarmoqda raqobat ta`sirining so`nishi yuz beradi.
v) Baho sohasida kelishib olishga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan choralar akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to`g`risida shartnomalar tuzib monopoliya yuzaga kelsa, buni kartel deyiladi. O`z vaqtida bu Germaniyada juda avj olib, hatgo Germaniya "Kartel mamlakati" deb atalgan edi. Al-batta bozorlarni taqsimlab olib, bir xil baholar ustida kelishib olish iste`molchilarning manfaatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va zarar keltiradi.
Aksmonopol qonunlar raqobat sharoitini yaratish va erkin iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning bo`lishida emas, balki ularning ijrosini ta`minlash, nazorat qiluvchi organlarning takomillashuvidadir. Shunday amaliy nazorat ostida samarali ishlab, xaqiqiy bozor raqobati ta`minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni tug`iladi. Bunday ahvolni ko`pchilik bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda ko`rish mumkin. Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa bir qancha mamlakatlarga taalluqlidir.
Monopoliyalar mavjud bo`lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash olib borilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda bozorning shakllanishi, raqobat sharoitini yaratish uchun harakat qilinadi. Bunday mamlakatlarda, ayniqsa totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo`q qilish asosiy maqsad bo`ladi. Shunga e`tibor berish kerakki, raqobat shakllangan mamlakatlarda davlatning faol harakati raqobatni takomillashtirishga qaratilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda raqobatni shakllantirishga qaratiladi. Davlatning raqobat sharoitini yaratishdagi faoliyati nodavlat xo`jaliklarini ko`paytirish, davlat xo`jaliklarini esa bozor munosabatlari tasiriga moslash mazmunida bo`ladi. Borgan sari davlat mulki hisobiga boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga ko`pchilikni jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini yaratish, tijorat kreditlarini kengaytirish, xo`jalik faoliyatlarini ma`muriy ta`sirlardan ozod etish, tadbirkorlikni ta`minlash kabi raqobat uchun zarur sharoitlarni shakllantirib borishda albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur.
Raqobat usullarini qo`llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga bog`liqdir. Masalan, tovarga to`yingan bozor va uning aksi bo`lgan to`yinmagan bozor bo`lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O`zbekiston va bunga o`xshash respublikalarda tovar (xizmatlar) mo`l-ko`lligi hali ta`minlanmagan. Bunda erkin tovar tanlash imkoni yo`q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda baho raqobati juda qo`l kelishi mumkin. Chunki, bahoning talab o`zgaruvchanligiga ta`siri kuchli bo`lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar ko`payib boradi. Bahoni pasaytirmaydigan, shuningdek, bahoning harakat xususiyatini o`z vaqtida payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi turgan gap.
Tovarlarga to`yingan bozorda esa tovar (xizmat) turlari serob, tanlab xarid qilish uchun imkoniyat juda keng bo`lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda daromadi puldorlar ko`pligi, bahoga e`tibor kuchli bo`lmaganligi umumiy bozor holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir qanday bo`lmasin sog`lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi bo`lib, aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak.
Aksmonopoliya siyosatining ta`siri haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash va monopol harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta`sirini kuchaytirishni talab etadi. Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy harakatlari bilan to`ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo`jalik ishtirokchilari bir xil tenglikka ega bo`lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab chiqarish yaratilib, mayda va o`rta korxonalar uchun soliq sohasida ma`lum imtiyozlar bo`lmog`i zarur.
Bozor munosabatlari ta`siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o`z mazmunini o`zgartirib boradi, ya`ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati, uning ta`sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq sho`ro bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta`sirda bo`lib, uni haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta`sir mazmuniga ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta`siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi "yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan. Lekin "yov-voyi raqobat" faqat o`tgan davr uchun xos, deb bo`lmaydi. Madaniylashgan raqobat aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo`lib, sekinlik bilan asosiy raqobatga aylanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 74 Kb.
1   2   3   4




Download 74 Kb.