O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Buxgalteriya hisobi” fanidan
REFERAT
Mavzu: Materiallarni buxgalteriyadagi hisobini tashkil qilish
Tayyorladi: Abdiazizov Behruz
Qabul qildi: Ochilov I.K
TOSHKENT-2022
Materiallarni buxgalteriyadagi hisobini tashkil qilish
Reja:
1) Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari
2) Materiallarninq tasniflanish tartibi
3) Materiallarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi 4) Materiallarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi 5) Materiallarni xo’jalik ichidagi xhrakati 6) Materiallar hisobi qaysi jurnal-order va qaydnomalar 7) Materiallarni operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg’ilar xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga ilg’or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo’li bilan erishiladi.
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham berish zarur, xo’jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l - yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumki Asosiy xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xomashyo, material, yordamchi material, yoqilg‘i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy va qo‘shimcha ish haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlarga umumiy ahamiyatdagi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini ta’minlash yo’li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak.
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;
materiallar harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;
belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo’yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo’lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o’laroq ishlab chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to’liq o’tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib, ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo’shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo’llaniladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o’tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo’shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so’ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir bo’ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo’yicha hujjatlar o’z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo’lishiga qarab hisobga olinishi kerak. Shuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qo’llash zaruriyati tug’iladi. Hisob bahosi bo’lib reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi.
Reja narxlar qo’llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko’rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini yaratadi. Тransport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo’yicha emas, balki materiallar guruhlari bo’yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga qoldig’i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
- o’rtacha tannarx (to’g’ri chiziqli) bo’yicha yoki AVEKO usuli – materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo’lib, olingan o’rtacha narxlar asosida hisobdan chiqarish;
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi;
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo’yicha pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi. Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo‘linib hisobga olinishi belgilangan:
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
c) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
c) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy farqlar;
c) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash natijasidagi zararlar;
d) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Kalkulyatsiya obyekti bu, korxonalarda tayyorlangan ayrim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulyatsiya obyektining ro‘yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mutasaddi xodimlar tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilinishni tashkil qilishda kalkulyatsiya birligini to‘g‘ri tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Хo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 1400 m.so’mlik material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz.
O’rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Хo’jalik yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir qo’shimcha qabul qilingani bo’yicha hisoblab topiladi. «Ich xarakteridagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi», ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar kiradi. Umumishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisob 25 va «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotida yuritiladi. Bu schyotdan korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarida xizmat ko‘rsatish sarflari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi hisob-kitobning jurnal order shaklini qo‘llovchi korxonalarda xarajat moddalari bo‘yicha 12 vedomostda yuritilib, har bir sex uchun alohida ochiladi. Vedomostning oylik jami summasi 10-jurnal orderga ko‘chiriladi. Hisobot oyi davomida umumishlab chiqarish xarajatlari summasiga «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debeti quyidagi schyotlar krediti bilan korrespondensiyalanadi:
Umumishlab chiqarish xarakterlari deganda mahsulotning ayrim turlari o‘rtasida bir necha xil usulda taqsimlash tushuniladi. Shulardan eng ko‘p qo‘llanilayotgani bu ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqiga mutanosib ravishda taqsimlash usulidir.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa moliyaviy sarflar va sotish bo‘yicha xarajatlar, boshqaruv xarajatlari davr xarajatlari bo‘lib hisoblanadi. Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari». 9420-«Ma’muriy xarajatlar». 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar». 115 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari». Bu schyotning debetida jamlangan summalar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va schyot yopiladi. Qoldiq schyotda qolmaydi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo‘lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlarning haqiqiy soni, miqdori ko‘rsatilibgina qolmay, balki ularning tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo‘shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlarni to‘g‘ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo’llash ma’qul.
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir. Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish Oy davomida qilingan xarajatlar Jami xarajatlar Xomashyo va material chiqitlar qiymati Brak mahsulot qiymati Tugallanmagan mahsulot qiymati Boshqa chiqarib tashlashlar Oy oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish Tovar mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajatlar 118 Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tannarxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi» tarkibida tannarxga qo‘shiladi. Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1. Tuzatilishi mumkin bo‘lgan mahsulot. 2. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot. Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko‘rsatiladi. Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo‘yicha joyida dalolatnoma tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610- schyoti bo‘yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo‘yicha, mahsulot turlari bo‘yicha, xarajatlar moddalari bo‘yicha, yaroqsiz mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo‘yicha yuritiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘i o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bir tomondan tabiiy omillar, ikkinchi tomondan ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oziga xosligi, avvalo, ishlab chiqarish protsessi yoki jonli organizmlar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish sikli uzoq davom etadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vazifasi aholiga oziqovqat, sanoat tarmoqlari uchun xomashyo yetishtirib berishdan iborat. Qishloq xo‘jaligi uchta asosiy tarmoqqa bo‘linadi: dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun fermerda yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilinadi. Qurilish bo‘limi, suv bilan ta’minlash stantsiyasi, mashina-traktor parki va hokazolar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash uchun sanoat tipidagi korxonalar tashkil qilinadi. Bularga, sutni qayta ishlash, go‘shtni, unni qayta ishlash, paxta tozalash va hokazolar kiradi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iorat: 1. Qishloq xo‘jaligi korxonasiga mo‘ljallangan topshiriqning bajarilishini nazorat qilish. 2. Qishloq xo‘jaligi zaxiralari, texnikasi va mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish. 3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqimi va kirimini o‘z vaqtida hisobga olish. 4. Ishlab chiqarish xarajatlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini to‘g‘ri kalkulyatsiya qilish. 5. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash. 126 6. Buxgalteriya hisobi ishlarining ilg‘or usullarini qo‘llash. 7. Davriy va yillik hisobotlarini o‘z vaqtida aniq, to‘g‘ri tuzish va topshirish.
Dehqonchilik xarajatlari «Xarajatlar to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan quyidagi xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi: 1. Materiallar – urug‘, ko‘chat, o‘g‘itlar, yoqilg‘i. 2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari. 3. Ijtimoiy sug‘urta. 4. Asosiy vositalarning amortizatsiyasi. 5. Boshqa xarajatlar. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: o‘simchilik, sabzavotchilik, bug‘doychilik, polizchilik, uzumchilik, gulchilik, o‘rmonchilik, o‘tloqchilik, urug‘chilik. O‘simchilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning analitik hisobi fermerning shaxsiy schyoti 83-ASK shaklida yuritiladi. Bu shaxsiy schyotdan ma’lumotlar bo‘limlar bo‘yicha, xarajat moddalari va olingan mahsulotlarning yil davomida reja tannarxida yilning oxirida haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. 83-ASKda jamlangan ma’lumotlar 10-jurnal orderga ko‘chiriladi. O‘simchilik xarajatlari va yetishtirilgan mahsulotning sintetik hisobi 2010-«Asosiy ishlab chiqarishning «Dehqonchilik» subschyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida mahsulotni yetishtirish uchun qilingan xarajatlar, kreditida esa yetishtirilgan mahsulotning yil davomida reja tannarxidagi qiymati va yilning oxirida reja tannarxi bilan haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq summasi aks ettiriladi. Schyotning debetidagi qoldiq yil boshidagi va oxiridagi to‘lanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiradi.
O‘simchilikda mahsulot tannarxini aniqlash obyekti bo‘lib, asosiy mahsulotlar (don, paxta, meva-sabzavot) va qo‘shimcha mahsulotlar (g‘o‘zapoya, somon, ko‘kpoya) hisoblanadi. Mahsulot tanarxini hisoblashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar sinchiklab tekshiriladi. O‘simchilikda olingan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini hisoblash va kalkulyatsiya qilish nizomiga asosan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarni tenglashtirish koeffitsienti, 1 s chori – 0,08 koeffitsient birligiga teng. 1 s bug‘doyning tannarxini topish uchun chorini shartli bug‘doyga aylantirish, umumiy olingan mahsulotdan ularning salmog‘i aniqlanadi. Qilingan xarajatlar shu salmoqqa ko‘paytirilib 100 ga bo‘linadi va chori hamda bug‘doy bo‘yicha qilingan xarajatlar aniqlanadi. Aniqlangan xarajatlar olingan mahsulotlarning miqdoriga bo‘linsa, 1 s mahsulotning tannarxi topiladi. Masalan: «Ochil Qodirov» nomli fermer xo‘jaligida kirimga olingan bug‘doyning bunker vazni 8500 s. Tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha: t/r Muomalalar mazmuni 128 a) xas-cho‘p va g‘allaning qurishi tufayli kamayish vazni 300 s ni tashkil qiladi; b) yem uchun foydalaniladigan chori 1800 s; d) somonning miqdori 5400 s. Demak, sof bug‘doy 8500–300=8200. 1800 s chorining va 5400 s somonning tannarxini aniqlaymiz. «Ochil Qodirov» fermer xo‘jaligida mahsulotni yetishtirish uchun 384800000 so‘m xarajat qilingan g‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xarajatlardan somonning normativ qiymati ayirib tashlanadi. Masalan: somonning normativ qiymati 2590000 so‘m. 1 s somon 2590000:5400–s=479,6. G‘alla bilan choriga tegishli xarajatlarni aniqlash. 38480000–259000=38221000 so‘m. Bug‘doyning tarkibida 40% choridon bo‘lganligi uchun uni shartli g‘allaga aylantiriladi. 1800x40:100=720 s shartli bug‘doy. Jami bug‘doy miqdorini toping. 8200+720=8920 s. Demak, bug‘doy va chorining jami bug‘doy miqdoriga nisbatan salmog‘ini aniqlaymiz. a) 8200x100:8920=92% bug‘doyning salmog‘i. Jami xarajatlarning bug‘doy va choriga tegishli salmog‘ini aniqlaymiz. a) bug‘doy bo‘yicha 38221000x92%:100=35163320 so‘m. b) chori bo‘yicha 38221000x8%:100=3057680 so‘m. 1 s bug‘doy va chorining tannarxini aniqlaymiz. a) bug‘doy 35163320:8200=4288,20. b) chori 3057680:1800=1698,71.
Хalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.Sanoat va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jaliklarning ish faoliyati dehqonchilik va chorvachilikda yetishtirilgan mahsulotlarni, xomashyoni qayta ishlashdan iboratdir. Bu xo‘jaliklar konserva ishlab chiqarish, sutni qayta ishlash, terini, vino mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa sanoat tarmoqlaridan iboratdir. Sanoat ishlab chiqarish tarmog‘ining xarajatlari aktiv kalkulyatsion 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining alohida «Sanoat ishlab chiqarish» subschyotida hisobga olinadi. Xarajatlar mahsulotlarning tannarxiga bevosita qo‘shiladigan quyidagi moddalarda hisobga olinadi: 1. Moddiy xarajatlar. 2. Mehnat haqi xarajatlari. 3. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari uchun xarajatlar. 4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi. 5. Boshqa xarajatlar. Bu xarajatlar 2010-schyotining debetida oy davomida hisobga olinadi. Schyotning kreditida oy oxirida aniqlangan tayyor mahsulotlarning tannarxini omborga qabul qilinishi yoki sotilishi hisobga olinadi. 2010- schyotining «Sanoat ishlab chiqarish» subschyoti quyidagi schyotlar bilan aloqada bo‘ladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to‘g‘risidagi andoza O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qarori bilan tasdiqlangan kichik korxonalarni soliqqa tortishning soddalashgan tizimini qo‘llash tartibining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqarilgan qonunga binoan kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi: 1. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar o‘rtacha yillik ishlovchi xodimlar soni ishlab chiqarish jarayonlarida 10 kishigacha, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida va noishlab chiqarish sohalarining boshqa tarmoqlarida 5 kishigacha bo‘lgan mikro firmalar. 2. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar o‘rtacha yillik ishlovchilar soni: a) sanoat sohasida 40 kishigacha; b) qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishigacha; d) ilmiy-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdoda va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida 10 kishigacha bo‘lgan bunday korxonalar kichik korxonalar deyiladi.
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada ta’minot bo’limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o’lchov xo’jaligining holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo’yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda ko’rsatiladi. Хo’jalikda bir necha omborda ma’lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-36-shakl) yopishtirib qo’yiladi. Omborlar to’g’ri torozi o’lchov buyumlari va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli ro’yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar hisobini yuritish tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirishni nazarda tutadi.
Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ – buxgalteriya (saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin.
Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo’yidagilardan iborat:
ombordagi son hisobini operativligi va to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi;
buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni ombordagi hisobi bo’yicha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi;
materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi;
nomenklatura raqamlari bo’yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul o’lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi;
ombor hisobi (son) ma’lumotlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan uzluksiz tekshirib boriladi.
Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.
Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo’yicha ochilib, ombor mudiriga olganligi to’g’risida imzo qo’ydirib beriladi. Materiallarning omborga tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o’rnini bosadigan hujjat yozadi va uni materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro’yxatga oladi. Хarajat hujjatlari limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada materiallarni chiqimi ro’yxatga olinadi.
Materiallarni sarfi to’g’risidagi limit-zabor kartalarining ma’lumotlari kartalarning yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirilmay registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor kartalari tegishli materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. Kartochkadagi qoldiq har bir yozuvdan so’ng chiqariladi. Materiallarning kirim va chiqim hujjatlariga ularning hisob baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv raqamini yozib qo’yish omborchining vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning raqamlari va materiallar guruhini ko’rsatib grafik bilan belgilangan muddatda omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi hujjatlarni topshirish reestrini (M-13-shakl) tuzadi.
Material bo’limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks ettirilishini sinchiklab tekshirib, qabul qiladi va M-12 - shaklning 19 – grafasiga imzo qo’yadi. Shundan so’ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo’ladi.
Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o’tkazib turishi kerak. Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar maxsus jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi.
Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi mumkin:
hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;
moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda;
buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda;
o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud bo’lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol;
tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda;
korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda.
Pul mablag’lari, pul hujjatlari, qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari – har chorakda qimmatbaho metallar -tarmoq yo’riqnomalariga binoan.
Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-material qiymatliklarning butligi; ularning to’g’ri saqlanishi, jo’natilishi, tarozi va o’lchov instrumentlarini holati; material qiymatliklar harakati va qoldig’ini hisobga olish tartibi.
Тekshirish hajmi bo’yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti bo’yicha esa – rejali va to’satdan tekshirishga bo’linadi. Inventarizatsiyani korxona rahbari tashkil qiladi va boshqaradi. Inventarizatsiya o’tkazish ishini korxona rahbarining buyrug’i bilan tayinlanadigan komissiya bajaradi.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo’yicha buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko’rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya ro’yxati (inv. 3- shakli) tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi. Ombor mudiri mazkur ro’yxatda barcha hujjatlarni materiallarni ombor hisobi kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi to’g’risida tilxat beradi.
Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftaridan foydalanish mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro’yxatiga binoan materiallarni haqiqiy qoldiqlarini yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Ortiqcha chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko’paytirish yo’li bilan kirimga olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Inventarizatsiya o’tkazish natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning har qanday kamomadi (asosiy vositalardan tashqari) 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti orqali rasmiylashtiriladi. Deylik, korxonada balans qiymati 1800000 so’mlik xom ashyo va materiallar yetishmasligi aniqlandi. Ushbu kamomad summasi quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 9220 Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi - 1800000 so’m, K-t 1010 Хom ashyo va materiallar schyoti - 1800000 so’m.
Ushbu kamomadning tabiiy kamayish me’yori 15 foiz bo’lib, 270000 so’mni tashkil etgan bo’lsa, material resurslarining tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadi va nobudgarchiligi material xarajatlari tarkibiga kiritilib mahsulot tannarxiga quyidagi yozuvlar bilan o’tkaziladi: D-t 2010, 2310, 2510 va boshqa schyotlar - 270000 so’m, K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 270000 so’m.
Тabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad, navlar orasidagi kam, ko’p chiqishlarni aks ettirgandan so’ng, bozor bahosida kamomadga o’tkaziladi.
Bizning misolimizda tabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad 1530000 so’mni (1800000 - 270000) tashkil etadi. Faraz qilaylik ushbu kamomadni bozor bahosida, ya’ni 2250000 so’m qilib undirib olishga qaror qilindi. Bu vaqtda quyidagicha yozuv beriladi:
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 2250000 so’m,
K-t 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» - 2250000 so’m.
Bozor bahosida undirib olinadigan kamomad summasi tegishli aybdor shaxs zimmasiga o’tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» -2250000 so’m,
K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 2250000 so’m.
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan qiymati orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq Qo’mitasining 2001-38-sonli 2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga o’tkaziladi. Bizning misolimizda bu foyda 450000 so’mni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»- 450000 so’m,
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 450000 so’m.
Korxonalarda material qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo’yicha aniq aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga o’tkaziladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 1800000 so’m, Kt 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 1800000 so’m.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan me’yorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to’g’ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog’liqdir.
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bog’liq bo’lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta’minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo’lgan baholash usullarini qo’llash natijasida mahsulot tannarxini obyektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda - metall, mebel ishlab chiqarishda yog'och, gazlama ishlab chiqarishda -paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to'g'ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.
Tovar moddiy zahiralar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda TMZlarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o'z navbatida bir necha schyotlarga bo'linadi.
- 1010 - Xom ashyo va TMZlar;
- 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar;
- 1030 - yoqilg'i;
- 1040 - Ehtiyot qismlar.
- 1050 - Qurilish TMZlari.
- 1060 - Idish va idishbop TMZlar.
- 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar.
- 1080 - Inventar va xo'jalik jihozlari.
- 1090 - Boshqa TMZlar.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko'ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo'yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish xarajatlari
Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo'ladi:
- materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab;
- materiallar ishlab chiqarish jarayonida o'rniga qarab;
- ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash;
- 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan.
-materiallartning ombordagi hisobiga qarab;
-hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo'yicha;
- mahsulot tan narxida aks etishiga qarab;
- materiallarning inventarizatsiyasi bo'yicha;
-hujjatlarda aks etishiga qarab;
Tovar moddiy zaxiralar korxona buxgalteriya balansiga sotib olingan va sotish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar barcha xarajatlarni o'z ichiga olgan tannarx bo'yicha olinishi kerak.
Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
A) Bojxona bojlari va yeg'imlari;
B) Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan soliqlar va yig'imlar summasi
C) Vositachilarga to'lanadigan vosita haqi;
D) Tovar moddiy zaxiralarnisotib olish bilan bog'liq bo'lgan sertifikatlash xarajatlari;
E) Transport xarajatlari;
F) Tovar moddiy zaxiralarni sug'urta qilish xarajatlari;
G) Tovar moddiy zaxiralarni yuklash xarajatlari;
Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish dalolatnomalaridagi ma'lumotlar asosida yozib boriladi.
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olish aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to'langanligi haqida axtaruv summasi bilan bog'liq so'rovnomalar to'g'risida belgi qo'yiladi.
"Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog'ida xo'jalik yurituvchi sub'ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi.
"Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo'yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilish oldindan nomerlangan va tikib qo'yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro'yxatdan o'tkaziladi (M-3 shakl).
"Berilgan ishonchnomalarni ro'yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani to'g'risidagi tilxatlar ro'yxatdan o'tkaziladi.
M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to'g'risidagi ma'lumotlar ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilga ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi. "Kirim-orderi" M-4 shaklida xo'jalik yurituvchi sub'ekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki qayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi. TMZlaromborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi.
Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan holda topshiriladi.
"Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma'lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi ma'lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo'ladi, shuningdek, hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
Qabul hay'ati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xo'jalik yurituvchi sub'ekt rahbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning bittasi xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun, boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi.
TMZlarning xo'jalik yurituvchi sub'ektga o'z vaqtida keltirilishining ta'minot bo'limi nazorat qiladi. Bu bo'lim xodimlari mol etkazib beruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini
Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun ta'minotchiga buxgalteriya tomonidan 10-15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi.
Ishonchnoma olish huquqiga ega bo'lgan xodimlar ro'yxati xo'jalik yurituvchi sub'ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo'lib shartnomalar, naryad, to'lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi.
Beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro'yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bu daftar varaqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so'rg'uch bilan muhrlanadi. Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi: «Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so'z) bilan yozilishi kerak.
Ishonchnoma olgan xodim TMZlar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdanunga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan TMZlarni omborga topshirishi shart. Muddati o'tib ketgan ishonchnomalar bo'yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man etiladi. TMZlarni ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi.
Omborga qabul qilish vaqtida omborchi keltirgan TMZlar soni, turi, sifatini mol etkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlar(hisobvaraq-faktura, to'lov talabnomasi, spitsifikatsiya, tovar transporti, yuk xatlari) bilan solishtirib to'g'ri kelish kelmasligini tekshirib ko'radi. Keltirilgan TMZlar mol etkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo'lsa, omborchi kirim-orderi tuzadi.
Kirim operatsiyalari soni kam bo'lganda mol etkazib beruvchi hujjatiga muh r qo'yishga ruxsat etiladi.
Hisobvaraq-faktura — O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega bo'lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat'iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda jo'natilganligini yoki xizmatlar ko'rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasini xaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos bo'ladigan birlamchi hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha soliq solish aylanmasi va realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi.
Haqiqatda kirim qilingan TMZlar va yuborilgan hujjatlar orasidagi tafovut aniqlansa,TMZlarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.(jadvalga qaralsin) Bu dalolatnomamol etkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdorlarni xo'jalik yurituvchi sub'ekt vakillari,ombor mudiri va ta'minot bo'limi vaqilining albatta ishtirokida komissiya tomomnidantuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtiriladi.
Mavjud tovar hujjatlariga muvofiq kelmaganda tuziladigan dalolatnoma Materiallarning ichki bir ombordan boshqa omborga, bir tsexdan boshqa tsexga siljishi ishlab chiqarishda foydalanilmagan TMZlarni chiqindilarini omborga qabul qilish yuk xatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Qaytarilgan chiqindilarni topshirish ishlab chiqarishda foydalanmagan TMZlarni qaytarish, ombordan omborga TMZlarni o'tkazish TMZlarni boshqa tashkilotlarga yoki shaxslarga sotish yuk xatlari nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi. Ombordan TMZlarni boshqa hujjatlar bo'yicha hamda turli xatlar yoki ( egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar), mansabdor shaxslarning og'zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan TMZlarni berishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Kamomadning umumiy summasini aniqlash uchun: 1. Temir yo'l tartibi summasining (8000 so'm) qo'shilgan qiymat solig'isiz (QQS) sotuv narxlari bo'yicha TMZlar qiymatiga foizli nisbatini aniqlash lozim. U 13,3%ni tashkil etadi.(8000 so'm: 60000 so'm x 100%). 2. QQS ni hisobga olgan xolda kamomad summasini aniqlash lozim. U 12236 so'mga teng (9000so'm + 1197 so'm x
Yuk schyoti to'langandan sung kelib tushgan bo'lsa quyidagi yoziladi:
1010 schyot debeti - 57803 so'm.
6410 schyot debeti - 11561 so'm.
6210 schyot debeti - 12236 so'm.
6010 schyot krediti - 91600 so'm.
Agar yuk kelib tushgan paytda xo'jalik yurituvchi sub'ekt etkazib beruvchining schyotini to'lamagan bo'lsa, bu yuk haqiqiy etkazib berilishi bo'yicha kirim qilnadi.
1010 schyot debeti - 57803 so'm.
6410 schyot debeti - 11561 so'm.
6010 schyot krediti - 79364 so'm.
Buxgalteriya hisobi schyotlarda faktura qilinmagan va yo'lda kelayotgan TMZlar bo'yicha muomalalarni aks ettirish paytida, ayniksa kip xatolar uchraydi. Mol etkazib beruvchidan TMZlar ularni tilash uchun schyoti kursatilmasdan oldin mol etkazib berilsa, ular faktura qilinmagan hisoblanadi.
Bu holda TMZlar QQS siz xarid narxlari bo'yicha kirim qilinadi. Mol etkazib beruvchining schyoti kelib tushganda xarid narxlari bo'yicha TMZlar qiymatining avvalgi yozuvi stornirovka qilin adi va to'lov uchun kursatilgan
schyot summasiga natijali yozuvqilin adi.
Yanvarda: 1010 schyot Debeti - 66000 so'm
6010 schyot Krediti (QQS hisobga olinmaydi.)
Fevralda: a) stornirovka yozuvi: 1010 schyot Debeti - 66000 so'm
6010 schyot Krediti - 66000 so'm
b) natijali yozuv: 1010 schyot Debeti - 66000 so'm
6410 schyot Debeti - 17400 so'm.
6010 schyot Krediti - 83400 so'm.
Faktura qilinmagan yuklar oy oxirida moddiy boyliklar va to'lash uchun taqdim etiladigan schyotlarning amaldagi kelib tushishi xaqidagi ma'lumotlar asosida aniqlanadi. Mol etkazib beruvchi o'z vaqtida ogohlantirildi: unga TMZlar qabuli hakida dalolatnoma ilova qilingan xat yuboriladi (M-7 shakl).
Agar haqi to'langan bo'lsayu (6010 schyot Dt, 5110 schyot KT) oy oxirigacha kelib tushmasa TMZlarni xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriyasi hisobot oyida shartli ravishda (1010,1210 schyot Dt, 6010 schyot Kt) kirim qiladi.Bu TMZlarni xo'jalik yurituvchi sub'ekt balansida ishlab chiqarish zahiralari tartibida aks ettirish uchun shunday qilinadi. Keyingi oyda TMZlar o'sha korrepondentsiyada stonirovka yozuvi bilan qayd etiladi; bk amalda kelib tushganligiga qarab yana kirim qilinadi.
Materiallar harakatini hisobga olish bo'yicha hujjatlar.
Materiallarning korxonaga o'z vaqtida keltirilishini ta'minot bo'limi nazorat qiladi. Bu bo'lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo'yicha shikoyat va da'volar qo'yish, korxonaga o'z vaqtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta'minot bo'limi ekspeditori yetkazib beradi.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta'minotchi birinchi navbatda idish va tamg'a holati sharoitlarining buzilmaganligiga amin bo'ladi, materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da'vo qo'yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun ta'minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo'lgan hodimlar ro'yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan
Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo'yicha beriladigan Tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Berilgan ishonchnomalar "Ishonchnomalar jurnalida "ro'yxatga olish bilan asmiylashtiradi.
Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning so'ngi varag'ida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin "Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi" degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko'rsatiladi. Ishonchnomalar korxona buxgalteriyasi tomonidan ishonchnomalarni hisobga oladigan,raqamlangan va ip bilan tikilgan "Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali" da ro'yxatdan o'tkaziladi. Jurnalning so'nggi varag'ida korxona rahbari rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin "Mazkur daftarda . varaq raqamlandi" degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko'rsatiladi. Ishonchnomalar daftari va berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali ishonchnomalarni ro'yxatdan o'tkazish uchun mas'ul bo'lgan shaxsda saqlanishi mumkin Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar bo'yicha tegishli boyliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bog'liq ravishda belgilanadi, biroq u qonun hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. Ishonchli shaxsni unga berilgan, amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar bo'yicha boyliklarni olish huquqidan mahrum qilish chog'ida Tovar-moddiy boyliklarni oluvchi tegishli ishonchnomalarning darhol bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma bo'yicha boyliklarni berish to'xtatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan shartnomalar bo'yicha boyliklarni berganlik uchun yetkazib beruvchi javobgar bo'ladi. Ishonchli shaxs boyliklarni olgandan so'ng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan Tovar-moddiy boyliklar omborga topshirilganligi to'g'risida hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak. Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi to'g'risida ishonchnomalar daftarining tubida va berilgan ishonchnomalarni hisobga olish
Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar "foydalanilmagan" yozuvi bilan tasdiqlanadi va ularni ro'yxatdan o'tkazish uchun javobgar bo'lgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolotnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo'q qilinadi. Korxona ishonchnomalari bo'yicha tovar-moddiy boyliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
-to'ldirish tartibini buzgan holda yoki to'ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan
ishonchnomalar taqdim etilganda;
-tuzatilgan va bo'yalgan joylari mavjud bo'lgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
-ishonchnomada ko'rsatilgan passport taqdim etilmaganda;
-ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
-qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to'g'risida xabar olinganligida;
-uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridek shaxsning faoliyati to'xtatilganda;
-ishonchli shaxs layoqtsiz, cheklangan layoqatli deb tan olinganda.
Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar (schyot-faktura, to'lov talabnomasi, spesifikasiya, tovar-transport yukxatlari)ga muvofiqligini tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to'la muvofiq bo'lsa, omorchi kirim orderi tuzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo'yishga ruhsat etiladi.
Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki xolis korxona vakili, ombor mudiri va ta'minot bo'limi vakilining majburiy ishtirokida komissiya tomonidan tuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Materiallarning bir ombordan boshqa omborga ichki harakati yoki ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar, shuningdek chiqindilar topshirilishida yukxat tuziladi, rasmiylashtiriladi. Hisobdor shaxslar tomonidan materiallarni jismoniy shaxslardan xarid qilganlarida ular materiallar naqd pulga xususiy shaxslardan xarid qilishda tuziladigan
dalolatnoma yoki ma'lumotnoma bo'yicha boyliklarni topshiradilar.Chiqim hujjatlari materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga (mahsulot tayyorlash), xo'jalik ehtiyojlariga (binolarni ushlab turish, tamirlash ishlari) nolikvid materiallarni sotishga jo'natishni aks ettiradi. Bularga talobnoma cheklab olish xaritalari, yukxatlar kiradi.Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan jo'natilishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar iste'molchilar, yani sex, bo'lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi.Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo'yicha hamda turli xatlar yoki mansabidan qat'iy nazar mansabdor shaxslarning og'zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan materiallarni berishga ham yo'l qo'yilmaydi. Kirim va chiqim hujjatlari operasiya sodir bo'lgan kunida rasmiylashtiriladi.
Ombordagi materiallar hisobi: Omborlarda materiallar hisobi omborchi tomonidan miqdor , turkum va sort bo'yicha ombor hisobi varaqlari bilan olib boriladi.Ombor hisobi varaqlari materiallarning har biri turi, navi, xili bo'yicha buxgalteriya tomonidan alohida ochiladi.Olingan ombor hisobi varaqasida omborchi ushbu materiallar saqlanadigan joyni ( tokcha, yacheyka va x.k.) yozib qo'yadi. Saqlanadigan joyga materiallarning yorlig'I biriktiladi. Har kuni yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatidan materiallarning qoldig'ini hisoblab chiqaradi. Jadvalda belgilangan muddatlarda omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro'yxatini ikki nusxada yozadi.
Ro'yxatning birinchi nusxasiga birlamchi hujjatlarni tikib, uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalter bu ro'yxat va unga biriktirilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqadi, keyin tekshirilganligini ro'yxatning ikkinchi nusxasida imzo bilan tasdiqlaydi, tasdiqlangan nusxa omborchida qoladi.Buxgalter ombordagi eng avvalo kamyob, qimmatbaho materiallarning haqiqiy qoldiqlarini tanlab nazoratdan o'tkazib, bu to'g'rida varaqlarga Moddiy javobgar shaxslarning ishida aniqlangan kamchiliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni belgilagan holda tekshirish sanasini va imzo qo'yib tasdiqlaydi. Tanlab tekshirish natijalari bo'yicha maxsus ombor daftariga bildirishlar yozilib bosh buxgalterga xabar qilinadi. Har oyning birinchi kuni holati bo'yicha moddiy javobgar shaxs varaqalardagi miqdor qoldiqlarni materiallar qoldig'ini hisobga oluvchi saldo daftariga ko'chiradi. Bu daftar har bir ombor uchun alohida bir yilga ochiladi.
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada ta’minot bo’limini tashkil etish, ombor va torozi o’lchov xo’jaligining holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo’yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda ko’rsatiladi. Хo’jalikda bir necha omborda ma’lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-36-shakl) yopishtirib qo’yiladi. Omborlar to’g’ri torozi o’lchov buyumlari va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli ro’yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar hisobini yuritish tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirishni nazarda tutadi.
Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ – buxgalteriya (saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin.
Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo’yidagilardan iborat:
ombordagi son hisobini operativligi va to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi;
buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni ombordagi hisobi bo’yicha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi;
materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi;
nomenklatura raqamlari bo’yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul o’lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi;
ombor hisobi (son) ma’lumotlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan uzluksiz tekshirib boriladi.
Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.
Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo’yicha ochilib, ombor mudiriga olganligi to’g’risida imzo qo’ydirib beriladi. Materiallarning omborga tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o’rnini bosadigan hujjat yozadi va uni materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro’yxatga oladi. Хarajat hujjatlari limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada materiallarni chiqimi ro’yxatga olinadi.
Materiallarni sarfi to’g’risidagi limit-zabor kartalarining ma’lumotlari kartalarning yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirilmay registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor kartalari tegishli materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. Kartochkadagi qoldiq har bir yozuvdan so’ng chiqariladi. Materiallarning kirim va chiqim hujjatlariga ularning hisob baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv raqamini yozib qo’yish omborchining vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning raqamlari va materiallar guruhini ko’rsatib grafik bilan belgilangan muddatda omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi hujjatlarni topshirish reestrini (M-13-shakl) tuzadi.
Material bo’limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks ettirilishini sinchiklab tekshirib, qabul qiladi va M-12 - shaklning 19 – grafasiga imzo qo’yadi. Shundan so’ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo’ladi.
Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o’tkazib turishi kerak. Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar maxsus jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi.
Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi mumkin:
hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;
moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda;
buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda;
o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud bo’lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol;
tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda;
korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda.
Pul mablag’lari, pul hujjatlari, qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari – har chorakda qimmatbaho metallar -tarmoq yo’riqnomalariga binoan.
Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-material qiymatliklarning butligi; ularning to’g’ri saqlanishi, jo’natilishi, tarozi va o’lchov instrumentlarini holati; material qiymatliklar harakati va qoldig’ini hisobga olish tartibi.
Тekshirish hajmi bo’yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti bo’yicha esa – rejali va to’satdan tekshirishga bo’linadi. Inventarizatsiyani korxona rahbari tashkil qiladi va boshqaradi. Inventarizatsiya o’tkazish ishini korxona rahbarining buyrug’i bilan tayinlanadigan komissiya bajaradi.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo’yicha buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko’rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya ro’yxati (inv. 3- shakli) tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi. Ombor mudiri mazkur ro’yxatda barcha hujjatlarni materiallarni ombor hisobi kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi to’g’risida tilxat beradi.
Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftaridan foydalanish mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro’yxatiga binoan materiallarni haqiqiy qoldiqlarini yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Ortiqcha chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko’paytirish yo’li bilan kirimga olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Inventarizatsiya o’tkazish natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning har qanday kamomadi (asosiy vositalardan tashqari) 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti orqali rasmiylashtiriladi. Deylik, korxonada balans qiymati 1800000 so’mlik xom ashyo va materiallar yetishmasligi aniqlandi. Ushbu kamomad summasi quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 9220 Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi - 1800000 so’m, K-t 1010 Хom ashyo va materiallar schyoti - 1800000 so’m.
Ushbu kamomadning tabiiy kamayish me’yori 15 foiz bo’lib, 270000 so’mni tashkil etgan bo’lsa, material resurslarining tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadi va nobudgarchiligi material xarajatlari tarkibiga kiritilib mahsulot tannarxiga quyidagi yozuvlar bilan o’tkaziladi: D-t 2010, 2310, 2510 va boshqa schyotlar - 270000 so’m, K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 270000 so’m.
Тabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad, navlar orasidagi kam, ko’p chiqishlarni aks ettirgandan so’ng, bozor bahosida kamomadga o’tkaziladi.
Bizning misolimizda tabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad 1530000 so’mni (1800000 - 270000) tashkil etadi. Faraz qilaylik ushbu kamomadni bozor bahosida, ya’ni 2250000 so’m qilib undirib olishga qaror qilindi. Bu vaqtda quyidagicha yozuv beriladi:
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 2250000 so’m,
K-t 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» - 2250000 so’m.
Bozor bahosida undirib olinadigan kamomad summasi tegishli aybdor shaxs zimmasiga o’tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» -2250000 so’m,
K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 2250000 so’m.
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan qiymati orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq Qo’mitasining 2001-38-sonli 2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga o’tkaziladi. Bizning misolimizda bu foyda 450000 so’mni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»- 450000 so’m,
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 450000 so’m.
Korxonalarda material qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo’yicha aniq aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga o’tkaziladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 1800000 so’m, Kt 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 1800000 so’m.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan me’yorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to’g’ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog’liqdir.
XULOSA
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bog’liq bo’lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta’minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo’lgan baholash usullarini qo’llash natijasida mahsulot tannarxini obyektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob'ektlarini aniq belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob'ektlarida xam ko'zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi: Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o'rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o'rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil - bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Materiallarning korxonaga o'z vaqtida keltirilishini ta'minot bo'limi nazorat qiladi. Bu bo'lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo'yicha shikoyat va da'volar qo'yish, korxonaga o'z vaqtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta'minot bo'limi ekspeditori yetkazib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Дарслик.-Т.: 2004.- 279 бет.
Каримов А ва бошқалар. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. Т. 2004, 591бет.
Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004
Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. Учёта: теория, практика,тесты. Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004
|