|
Oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tutashuv rejimida ishlab turishini tadqiqBog'liq 14-yanvar royhat.docx
,
141 18
1-LABORATORIYA ISHI
ODDIY ELEKTR ENERGIYANI UZATISH TIZIMINING UCH
FAZALI QISQA TUTASHUV REJIMIDA ISHLAB TURISHINI TADQIQ
ETISH
Ishning maqsadi: MatLAB muhitda modellashtirish yo„li bilan elektr
energetik tizimlarida qisqa tutashuv toklarini aniqlash uslubiyotini o„zlashtirish.
1.1 Ishchi topshiriq
1.1.1 Laboratoriya ishiga tayyorgarlik ko‘rish
Laboratoriya ishiga tayyorgarlik ko„rish quyidagilarni nazarda tutadi:
– fan uchun tavsiya etilgan darsliklar, matn materiallari va qo„shimcha
adabiyotlardan foydalangan holda elektr energiyani uzatish tizimlarida qisqa
tutashuv toklarni hisoblashning nazariy asoslarini o„rganish.
– 1.1-jadvalda belgilangan manba, tarmoq kuchlanishining, yuklanishning
kuchlanishi, uning quvvatining nominal ko„rsatkichlari bo„yicha transformator va
oddiy elektr uzatish tizimining tarmoq turini (uning chizmasi 1.1.-rasmda
keltirilgan) tanlash.
I z o h . Chizma tizim uchun elektr energiya manbasi cheksiz katta quvvatga
ega bo„lgan generator hisoblanadi degan farazdan kelib chiqqan holda uni tuzish.
Keltirilgan modelda generator Net tarmoq bilan almashtirilgan.
– oddiy zanjirni almashtirish chizmasini tuzish. Tizimning elementlari
o„lchamlarini elektr uzatish tarmog„iga keltirish tavsiya etiladi.
1.1-rasm. Oddiy elektr tizimining prinsipial chizmasi
– elektr zanjirni hisoblash bo„yicha an‟anaviy usullardan foydalangan holda
ikkinchi transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg„amlarida uch fazali
qisqa tutashuvda birinchi transformatorning kirish va chiqish chulg„amlarining
qisqa tutashuv tokini hisoblash.
– tizim elementlarining pasport ko„rsatkichlari va oldingi hisoblari asosida
modellashtirish paytida foydalanish uchun elementlar o„lchamini hisoblab chiqish.
Shunga e‟tibor berish kerakki, modelda elementlar o„lchamlari mutlaq va nisbiy
birliklarda foydalaniladi. O„lchamlarni hisoblash uslubiyoti darsliklarda va
“MatLAB muhitning energiya tizimi elementlarining ma‟lumotnomasi” nomli
uslubiy qo„llanmada keltirilgan. 1.2-rasmda elektr energiyani uzatishning oddiy
tizimi modeli keltirilgan.
1.2-rasm. Elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modeli
|
| |