Uch fazali qisqa tutashuv rejimida elektr tarmoqlarning ishlab turishini tahlil
qilish uchun elektr energiyaning uch fazali manbasi, oshib boruvchi transformator,
elektr uzatish tarmog„i, pasaytiruvchi transformator va elektr energiya iste‟molchidan
tashkil topgan elektr energiyani uzatishning oddiy tizimini sinovdan o„tkazish tavsiya
etiladi .
Model elektr uzatish chizmasiga to„liq mos keladi va ikkinchi transformator
kirish qisqichida uch fazali qisqa tutashuv va huddi shu transformatorning ikkilamchi
chulg„am shinalarida qisqa tutashuv shaklidagi ikkita mumkin bo„lgan rejim
buzilishlarni ko„zda tutadi. Qisqa tutashuv toki tegishli ossillograf yoki raqamli
indikatsiyaga ega bo„lgan ampermetr yordamida o„lchanadi. Barcha o„lchov bloklari
tok ko„rsatkich yoki kuchlanishdan, tegishli miqdordagi bir zumdagi ko„rsatkichni
amaldagi ko„rsatkichga o„zgartirgich, ossillograf va raqamli indikatordan iborat.
Tahlil qilish maqsadiga ko„ra ossillograf tokning bir zumdagi ko„rsatkichning
o„zgarishini kuzatish uchun tok ko„rsatkichining chiqishiga yoki sinusoidli miqdorini
amaldagi ko„rsatkichga o„zgartirgich chiqishiga ulanishi mumkin.
Uch fazali qisqa tutashuv kutilayotgan qisqa tutashuv joyiga ulangan uch fazali
uchirgich yordamida amalga oshiriladi. O‟chirgich o„lchamning darchasida berk
tutashishlarga o„tish qarshilik kuchini berishi lozim. Ushbu qarshilik kuchi eng kichik
miqdorga ega bo„lishi lozim. Agar modellashtirishda tez harakatlanish darajasi past
shakldagi muammolar mavjud bo„lsa, qarshilik kuchini ma‟lum chegara doirasida
oshirib borish mumkin.
Qisqa tutashuv tokining hisob-kitobi tizimda magnit aloqalarni bartarf etish
yo„li bilan oddiy usul bo„yicha amalga oshiriladi. Zanjirni elektr uzatish
tarmog„iga ulash tavsiya etiladi. Elektr energiya manbasining va ikkinchi
transformatorning ikkilamchi chulg„amning qisqa tutashuv tokining haqiqiy
ko„rsatkichlarini
transformatorlarning
transformatsiya
koeffitsientidan
foydalangan holda hisoblash lozim.
Toklar ossillogrammalarini tahlil qilishda bevosita qisqa tutashuv paytidan keyin
ro„y bergan o„zgarishlarga e‟tibor berish. Tokning bir zumdagi ko„rsatkichining
o„zgarishi bo„yicha uning erkin tashkil etuvchisini va doimiy o„tish jarayon vaqtini
aniqlash mumkin. Buni uch fazali qisqa tutashuv paytida oddiy tizimdagi O„tkinchi
jarayonlarni tahlil qilishda qo„llash tavsiya etiladi.