|
Oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tutashuv rejimida ishlab turishini tadqiqBog'liq 14-yanvar royhat.docx
1.1.3 Sinov ma’lumotlarini qayta ishlash
Sinov ma‟lumotlarini qayta ishlash quyidagi bosqichlarni o„z ichiga oladi:
– ikkinchi transformatorning birlamchi chulg„am shinalarida uch fazali qisqa
tutashuv paytida ossillograf yordamida olingan tok va kuchlanishning o„zgarish
grafigini tahlil qilish. Qisqa tutashuv ro„y bergan paytda birinchi
transformatorning chiqishida kuchlanishning o„zgarishiga e‟tibor berish. Ishlash
rejimi buzilgandan keyin tarmoq toki va kuchlanish kuchini aniqlash. Olingan
ko„rsatkichlarni dastlabki hisob-kitob natijalari bilan solishtirish. Xulosa chiqarish.
– kuchlanish shinasida uch fazali qisqa tutashuv paytida ossillograf yordamida
olingan tok va kuchlanishning o„zgarish grafigini tahlil qilish. Qisqa tutashuv ro„y
bergan paytda tarmoqning kirish va chiqishida kuchlanishning o„zgarishiga e‟tibor
berish. Ishlash rejimi buzilgandan keyin tarmoq toki va kuchlanish kuchini
aniqlash. Natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish.
– tarmoq uzunligining o„zgarish paytida uch fazali qisqa tutashuv toklarning
bog„liqlik grafigini tuzish va hosil bo„lgan bog„liqlikni tushuntirish.
– ikkinchi transformator o„lchamlarining o„zgarishi paytida uch fazali qisqa
tutashuv tokining bog„liqlik grafigini tuzish va hosil bo„lgan bog„liqlikni
tushuntirish.
1.1.4 Hisobotni tayyorlash
Laboratoriya ishi bo„yicha hisobot quyidagilardan tarkib topishi lozim:
a) standart shakldagi titul varag„i;
b) ishning maqsadi;
v) elektr energiyani uzatish tizimining chizmasi va o„lchamlari;
g) ishchi topshiriqning qisqacha mazmuni;
d) tegishli chizma va izohlarni keltirgan holda elektr energiyani uzatishning
oddiy tizimining dastlabki hisob-kitoblarining to„liq mazmuni;
e) elektr zanjiri modelini tuzish tamoyilining izohi;
j) grafik va jadval ko„rsatkichlari keltirilgan holda dastlabki hisob-kitoblar
natijalarining to„liq mazmuni;
z) dastlabki hisob-kitob natijalarini va sinov natijalarini tahlil qilish;
i) bajarilgan laboratoriya ishi bo„yicha xulosa.
|
| |