|
Mustaqil ish mavzu: Mol-mulk solig’i
|
Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7 Kb. | | #117962 |
Bog'liq Mustaqil ish mavzu Mol-mulk solig’i-fayllar.org
Mustaqil ish mavzu: Mol-mulk solig’i
MUSTAQIL ISH Mavzu: Mol-mulk solig’i Reja:
Mol- mulk solig’I bo’yicha soliqqa tortiladigan obyekt
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’I stavkalari va imtiyozlari
Jismoniy shaxslardan mol-mulk solig’I undirish tartibi
Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi.
Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar. Ularga qarashli boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala va bogʻ hovlilardagi uy-joylari, inshootlar va boshqa qiymatining, agar ularning 1998-yil 1-yanvargacha qayta inventarlashtirish qiymati hisoblab chiqilgan boʻlsa 0,5%, qayta hisoblab chiqilmagan boʻlsa, 7% miqdorida Mol-mulk solig’i toʻlaydilar (2003). Oʻzbekiston Respublikasi Soliqkodeksi, Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan Mol-mulk solig’ini kamaytirish, bu soliq boʻyicha imtiyozlar berish yoki ozod etish tartibi mavjud.
Mol-mulk solig’I obyektlari
Asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;
Tugullanmagan qurilish obyektlari. Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga muayyan qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normative muddatda, agar qurilishning normative muddati belgilanmagan bo’lsa, qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi
Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.
Soliq solish obyektining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida olib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Har hisobat davri so’nggida to’lovchilar hisobot davri uchun mulkning haqiqiy o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqqan holda yil boshidan boshlab o’suvchi natija bilan mol-mulk soligini hisoblaydilar va moliyaviy hisobotlar taqdim qilinadigan muddatlarda soliq xizmati organlariga hisob-kitobni taqdim qiladilar.
Korxonalar mol-mulki 2019-yildan boshlab 2% stavka bo’yicha soliqqa tortiladi. Stavka mol-mulkni qayta baholash hisobi bilan uning qoldiq qiymatiga nisbatan belgilanadi. Qayta baholash tashkilot asosiy fondlarining qiymati amaldagi baholarga muvofiq kelishi uchun o’tkaziladi. Bunda “1-yanvar (2019) holatiga asosiy fondlarni yillik qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq qayta baholash maqsadlarida tashkilotlarning asosiy fondlari deganda:
Xususiy asosiy fondlar;
O’rnatish uchun jihozlar;
Tugatilmagan qurilish obyektlari;
Uzoq muddatga arendalangan asosiy vositalar, shu jumladan, uzoq muddatli lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliqc to’lovchi – O’zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha joriy to’lovlar to’laydilar.
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlar esa – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Ushbu moddaning 4-qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar quyidagicha to’lanadi:
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yuridik shaxslar mol-mulikga solinadigan soliq yillik summasiniing to’rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan – yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar
Yuridik shaxs tashkil etgan va etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari
Soliq solinadigan mol-mulk bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqorolari
Aytish joizki, respublikamizda soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan chet el fuqorolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda nazarda tutilmaagn bo’lsa, bu soliqni to’lovchisi bo’lib hisoblanishi mumkin bo’ladi. Amaliyotda ayrim holatlarda ko’chmas Mulki bor mulkdorlarning joylashgan yerini aniqlashning imkoni bo’lmaydi.
Bundan vaziyatda mazkur mol-mulk qaysi shaxs egaligida yoki foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs bu soliqning to’lovchisi hisoblanadi. Mol-mulk egasi kim bo’lishidan qatiy nazar O’zbekiston Respublikasi fuqorosimi, boshqa davlat fuqorosimi yoki fuqoroligi bo’lmagan shaxsmi, O’zbekiston rezidentimi yoxud norezidentimi, mol-mulkning egasi sifatida mazkur soliqning to’lovchisi hisoblanadi.
Soliq obyekti
Inshootlar
Boshqa imoratlar
Joylar
Dala, hovli va imoratlar
Kvartiralar
Uy- joylar
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
http://fayllar.org
|
| |