|
7-bob: iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantirish
|
bet | 1/8 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 55,76 Kb. | | #259156 |
Bog'liq IQT.SIYOSAT 7-MAVZU — копия (7)
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari . 7.2. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari . 7.3.Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari
Tayanch iboralar: raqobat, monopoliya, oligopoliya, tabiiy monopoliya, legal monopoliya, trest, sindikat, konsern
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari .
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo‘llaniladi. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy xodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub‗ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi .
Raqobat – bozor sub‗ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi .
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tartibga solish vazifasi;
Resurslarni joylashtirish vazifasi;
Innovatsion vazifa;
Moslashtirish vazifasi;
Taqsimlash vazifasi;
Nazorat qilish vazifasi .
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‗ektlardan iborat bo‘ladi:
Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida;
Iste‗molchi va xaridorlar o‘rtasidа .
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‗mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‗sir o‘tkazishdan iborat. Talab ko‘p bo‘lsa, taklif ko‘payadi va narxga ham bog‘liq bo‘ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi .
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi .
Raqobatning innovatsion vazifasi– fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‗ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi .
Raqobatning taqsimlash vazifasi– ishlab chiqarilgan ne‗matlar yalpi hajmi
(YaIM)ning iste‗molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‗sir o‘tkazadi .
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‗zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.Raqobatning to‘rtta shakli mavjud:
Erkin raqobat;
Monopolistik raqobat;
Monopoliya;
Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‗molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlari mavjuddir:
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
monopolistik birlashmalar o‘rtasidagi raqobat.O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga bo‘linadi:
Tarmoq ichidagi raqobat
Tarmoqlararo raqobat .
|
| |