• Tarmoq ichidagi raqobat
  • Tarmoqlararo raqobat
  • Raqobat kurashining ikki usuli
  • Narxsiz raqobat
  • 7-bob: iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantirish




    Download 55,76 Kb.
    bet2/8
    Sana02.06.2024
    Hajmi55,76 Kb.
    #259156
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    IQT.SIYOSAT 7-MAVZU — копия (7)

    Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo‘layroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan ta‗minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lganligi sababli, shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil bo‘lmaydi.Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi .
    Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar .
    Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko‘p bo‘lsa, kapital shu tarmoqda ko‘chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq mahsulotlariga talab ko‘payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga intilishini ta‗minlaydi.
    Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga ―baravarlashtiradi‖. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositadagi raqobat va narxsiz raqobat.
    Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi .
    Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping – narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‗tibori hisoblanadi.Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat .

    Download 55,76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 55,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-bob: iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantirish

    Download 55,76 Kb.