• Toshkent viloyati Chirchiq shahri Chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurti Umumtexnika fanlar kafedrasi o’qituvchisi
  • Metrologiya va avtomatlashtirishning hamjihatlikdagi rivojlanishi




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.09.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #271985
      1   2
    Bog'liq
    ilm-fan 2304



    ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/si 
    14 
    METROLOGIYA VA AVTOMATLASHTIRISHNING HAMJIHATLIKDAGI 
    RIVOJLANISHI 
    Sharipov G’iyosjon Nuriddin o’g’li 
    Toshkent viloyati Chirchiq shahri 
    Chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurti 
    Umumtexnika fanlar kafedrasi o’qituvchisi 
    sgiyosjon169@gmail.com  
    +998942161514 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.8388508 
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada metrologiya va avtomatlashtirishning hamjihatlikdagi 
    rivojlanishi haqida yoritib o’tilgan.
     
    Kalit so’zlar: 
    tarix, Misr, Nil,
     
    avtomatlashtirish, energetika, metallurgiya, kimyo, 
    mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, metrologiya, texnologiya, quvvat, radio.
     
    “Vatanparvarlik tarbiyasi” O‘zbekistonning qudratiga, farovon kelajagiga bo‘lgan ishonch va 
    sadoqat ruhida, shu yo‘lda qilinayotgan ishga o‘z hissasini qo‘shish, undagi sodir bo‘layotgan 
    voqealarga daxldorligi, uning tarixiy, milliy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini bilish, davlat 
    ahamiyatiga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni chuqur o‘rganish va e’zozlash, uning yaxlitligini va 
    mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurollangan himoyachi sifatida shaxsiy javobgarligi, kerak 
    bo‘lsa Vatan manfaati yo‘lida o‘z jonini ham ayamaslik ruhida tarbiyalash tushuniladi. 
    Vatanparvarlik yuksak e’tiqod, vatan va millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burchni anglashdir. 
    Ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan “Vatanni sevmoq iymondandir”, - degan hadis 
    zamirida ham huddi shunday mazmun mujassam. Agar uzoq tariximizga nazar tashlaydigan 
    bo'lsak, vatanga e’tiqod tuyg'usi xalqimiz tomonidan qadimdan e’zozlanib kelinganining 
    guvohi bo'lamiz. Ajdodlarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur insonlarning xatti-
    harakatlari, vatan ravnaqi yo'lida chekkan zahmatlarini, bizgacha yetib kelgan asarlari hamda 
    xalq og'zaki ijodi orqali bilib olishimiz mumkin. 
    Texnika tarixida birinchi avtomatik qurilma Misr xalifaligiga mansub bo'lgan Nil daryosidagi 
    suv sathini o'lchaydigan inshootni ishlab chiqqan Ahmad-al-Farg‘oniy tomonidan (847-861 
    yy) yaratilgan haqidagi ma’lumotlar saqlanib kelgan. Avtomatikaning fan sifatida 
    rivojlanishiga 1763-65 (XVIII asming ikkinchi yarmi) yillarda rus mexanigi I.I.Polzunov 
    dunyoda birinchi bo'lib bug' qozonida suv sathini rostlashning berk avtomatik tizimini 
    (avtoregulyatomi) yaratish bilan asos solgan va sanoatda (dvigatellarda, bug' turbinalarida va 
    b.) avtomatlar qo'llanilishi boshlangan. 1784-yilda Djeyms Uatt tomonidan markazdan 
    ko'chma rostlagich, XIX asming 2 - yarmida rus olimi L.I.Konstantinov tomonidan 
    elektromagnit rostlagich yaratilgan. Rostlagichlaming ishlashi manfiy teskari aloqa prinsipiga 
    asoslangan. 1868-yildan boshlab, avtomatik rostlash boshqarish nazariyasiga Maksvell, 
    Vishnegradskiy, I.A Lyapunov, A.M.Jukovskiy, N.E.Chebishevlar (1876), 1932-yildan Naykvist, 
    Besekerskiy, Mixaylov, Solodovnikov, Voznesenskiy, Sipkin, Neymark, Popov va boshqa 
    olimlar hissa qo'shdilar. O'zbekistonda avtomatika va kibemetika fanining rivojlanishiga 
    V.Qobulov, 
    T.Bekmuratov, 
    M.Komilov, 
    F.Abugaliev, 
    M.Ziyaxujaev, 
    N.Yusufbekov, 
    B.Muxamedov, Sh.Gulomov, A.Ortiqov, T.Zokirov, I.Yunusov, P.R.Ismatullaev va boshqalar 
    katta hissa qo'shdilar. Avtomatlashtirilgan texnologik majmua — o'z ichiga texnologik 
    boshqarish obyekti, avtomatlashtirishning lokal tizimi, TJABT va ICHABTni oladi. Bunday 
    tizimlarga Sho'rtangaz kimyo majmuini misol keltirish mumkin. 


    ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/si 
    15 
    Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -metrologiya 
    bo‘yicha qonunlaming va me’yoriy hujjatlar talablarining bajarilayotganligini tekshirish; -
    metrologik me’yorlar va qoidalaming buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zarur bo‘lganda esa, oldini 
    olish; metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi: -o‘lchov birliklari; -
    o‘lchash va smash vositalari, shu jumladan, etalonlar, modda va materiallar tarkibi va 
    xossalarining standart namunalari, axboroto‘lchash tizimlari; -o‘lchash va sinashlami bajarish 
    uslublari; -o‘lchash va sinashlarning natijalari; l l -o'lchash vositalarmi yaratuvchi, ishlab 
    chiqaruvchi, foydalanuvchi, qiyoslovchi va ijaraga beruvchi, o‘lchashlarni bajarish uslublarini 
    yaratish, attestatsiyalashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari; -o‘lchashlarni amalga 
    oshiruvchi shaxslar; -metrologik talablar qo‘yiladigan boshqa obyektlar. Metrologik tekshiruv 
    va nazorat quyidagilarga bo‘linadi: -davlat metrologik tekshiruvi va nazorati; -yuridik shaxslar 
    tomonidan bajariladigan metrologik tekshiruv va nazorat. Xorijda ishlab chiqarilgan, import 
    bo‘yicha keltiriladigan standart namunalar qo‘llanilishiga belgilangan tartibda mxsat etiladi. 
    Xalqaro va hududiy tashkilotlarda yaratilgan standart namunalar, agar bu ishda 0 ‘zbekiston 
    Davlati qatnashgan va standart namunalarni tan olishga qo‘shilgan bo‘lsa, bunday standart 
    namunalar uni tan olishda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.

    Download 0,7 Mb.
      1   2




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya va avtomatlashtirishning hamjihatlikdagi rivojlanishi

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish