Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
— mashinalashtirilgan i.ch. ni nazorat qilish va
boshqarish
ishlarini
avtomatik
qurilmalar
zimmasiga
yuklash;
i.ch.
ni
mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy
yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar
i.ch. koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. I.ch.a. ning qisman (lokal),
yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish
bosqichida i.ch. ning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, temperatura, bosim va b.) ni
rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qismanʼ
av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan
boʻladi,
yagona
avtomatik majmua sifatida muayyan
dastur
boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish
ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa i.ch.
jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini
taʼminlaydi. Odam uchun xavfli i.ch. sharoitlarida toʻla avtomatlashtirishdan foydalanish ay-
niqsa oʻrinli boʻladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda
hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan.
Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning
yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni
mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall
va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan
key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va
avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va
mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va
oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport
avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal
xoʻjalik, ilmiy tadqiqot institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq
xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar
avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan,
boshqarish obyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini
oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar,
konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining
samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid
qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va
boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini
uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a.
ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va
ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash
klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi.
Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish
qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi
kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari —
signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni
berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari)
va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash
mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi,
mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma
mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim
parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar
axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya,
rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi.
Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini
boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni
avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat
va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim.
Masalan, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan
uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab
chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi.
Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda
ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan
foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli
hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.
Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon —
turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati
800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi
parametrlar bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obyekt va parametrlarni bitta
muhandis-operator boshkaradi.
Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati,
suv taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog jinslarini
qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM
(elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.
Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib
boriladi. Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va
rostlanadi. Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten
pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi.
Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi
mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida ma-
teriallarni chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon
mashinasozligida I.ch.a, texnika taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp
operatsiyali agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi
va takomillashtirilmoqda. Dasturli boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla
avtomatlashtirilganda ham stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini
avtomatlashtirish mashinasozlikning murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta
iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik
ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida
shpindellar avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta terish mashinalari avtomat konveyerlarda
yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDEU avto" korxonasida barcha ishlar avtomatlashtirilgan.
Radiodetallar, elektron lam-palar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj
simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni i.ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil
sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari
joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab
chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish
korxonalarida ham I.ch.a. ning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash,
maydalash va b.) avtomat qurilmalari masalliklarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla
saqlaydi, iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi.
Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan
tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni
avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining
oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish
bilan bogʻliq. Temir yoʻl transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning
qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi.
Poyezdlar "avtomashinist" yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar
avtomatlashtirilgan. Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati
turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan
murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi,
temperaturasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat.
Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer
sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chikarishning turli tarmoqlarini
boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini
qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning
munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
18
I.ch. a. da EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar, kompyuterlar
ishlatiladi. I.ch.a. axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod
qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan
band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.
References
:
1.
https://uz.wikipedia.org
2.
http://lib.jizpi.uz/pluginfile.php
3.
http://ilmiy.bmti.uz
4.
Tursunov Abdumo'min Erdiqulovich. (2022). UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASLARIDA
HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. EURASIAN JOURNAL
OF
SOCIAL
SCIENCES,
PHILOSOPHY
AND
CULTURE,
2(12),
109–112.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7329184
|