|
Reja Kirish Zamonaviy kompyuter tarmoqlar
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #123392 |
Bog'liq Маъруза 6 КТ фани 2020
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Kompyuter tarmoqlari
30-ma’ruza
Замонавий компютер тармоқлари. IoT, булутли технология, туманли технология.
Reja Kirish 1. Zamonaviy kompyuter tarmoqlar 3. Bulutli texnologiya 4. Tumanli texnologiya Kirish Kompyuterlar dastlab bitta amalni bajarish uchun ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik takomillashtirib ulardan bir nechta amallarni bajarish uchun foydalanildi. XXI asrga kelib kompyuterlar bir vaqtning o’zida bir nech milliart amalni parellel bajara olish imkonitiga ega bo’ldi. Hozirda zamonaviy kompyuterlar bajara oladigan imkoniyatlaridan kelib chiqib bir nechta turga bo’linadi: Superkompyuterlar, meinfreym kompyuterlar, server kompyuterlar, ishchi kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, mikrokontrollerga asoslangan va smartfon kompyuterlar. Zamonaviy kompyuterlar - Superkompyuterlar
- Meinfreym kompyuterlar
- Server kompyuterlar
- Ishchi kompyuterlar
- Shaxsiy kompyuterlar
- Mikrokontrollerga asoslangan kompyuterlar
- Smartfonlar
Zamonaviy kompyuterlar: Superkompyuterlar Superkompyuter – har qanday juda kuchli kompyuterlar sinfiga ta’luqli bo’lib, bu atama odatda har qanday vaqtda mavjud bo'lgan eng tezkor yuqori samarali tizimlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday kompyuterlar asosan juda yuqori tezlikda hisoblashni talab qiladigan ilmiy va muhandislik ishlarida ishlatilib kelinmoqda. 2012 yilda Milliy Yadro Xavfsizligi Ma’muriyati va Purdue Universiteti yadro qurolining imkoniyatlarini tadqiq qilish uchun superkompyuterlar tarmog’idan foydalanishni boshladi. Sinov uchun taxminan 100 mingta hisoblash mashinasi ishlatiladi. 2020 yil iyun holatiga ko’ra, dunyodagi eng kuchli 500 ta superkompyuterning 226 tasi Xitoyda, bu eng yaqin raqobatchisi bo’lgan va 113 ta superkompyuteriga ega Qo’shma Shtatlardan ikki baravar ko’proq superkompyuterni tashkil etadi. Zamonaviy kompyuterlar: Superkompyuterlar
Zamonaviy kompyuterlar: Meinfreym kompyuterlar “Katta apparat” ham deb nomlanuvchi meynfremlar –muhim bo’lgan dasturlar uchun asosan yirik tashkilotlar tomonidan ishlatiladigan kompyuterlar; aholini ro'yxatga olish, sanoat va iste'molchilar statistikasi va korxonalar resurslarini rejalashtirish kabi ommaviy ma'lumotlarni qayta ishlash va tranzaktsiyalarga ishlov berish. 1952 yildan boshlab IBM tomonidan meynfreymlar ishlab chiqarilib kelinmoqda. 1960-1970 yillarda IBM katta kompyuter o’zining ustunligini ko’rsatdi. Deyarli har bir kishi hozirgi kunda kundalik faoliyatida meynfreym kompyuterlar foydalanadi, masalan, bankomatlar bilan ishlaganda aksariyat yirik korporatsiyalarning asosiy tarmoqlari kundalik faoliyatida asosiy meynfreymlar rol o'ynaydi. Zamonaviy kompyuterlar: Meinfreym kompyuterlar Zamonaviy kompyuterlar: Server kompyuterlar Serverlar – “mijozlar” deb nomlanuvchi boshqa dasturlar yoki qurilmalarning ishlashini ta’minlaydigan kompyuter uskunasi yoki dasturiy ta'minotining bir qismi (kompyuter dasturi). Ushbu arxitektura mijoz-server modeli deb nomlanadi. Server turli ko’rinishli resurslar yoki xizmatlarga ega bo’lganligi uchun bittadan ko’p bo’lgan kompyuterlar o’rtasida ma'lumotlarni almashish yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi kompyuter. U ma'lumotlarni mahalliy tarmoq (LAN) yoki global tarmoq (WAN) texnologiyalaridan foydalanib ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Hozirda serverlarning ko’plab turlari mavjud: veb-serverlar, email serverlar, fayl serverlari va boshqalari. Har bir turda serverda maqsadiga mos dasturiy ta’minot ishlatiladi. Zamonaviy kompyuterlar: Server kompyuterlar Zamonaviy kompyuterlar: Ishchi kompyuterlar Ish kompyuterlar – kundalik ishxona faoliyatimizda texnik ishlar yoki ilmiy dasturlardan foydalanish uchun mo'ljallangan maxsus kompyuter. Asosan bir kishilik foydalanish uchun mo'ljallangan bo’lib, ular odatda mahalliy tarmoqqa ulanadi va ko'p foydalanuvchiga tegishli operatsion tizimlarni boshqaradi. Zamonaviy kompyuterlar: Shaxsiy kompyuterlar Shaxsiy kompyuter (ShK) – ko'p maqsadli kompyuterlar bo'lib, bu faqat shaxs tomonidan foydalanishga mo'ljallangan kichik protsessorli kompyuterlardir. Ular oxirgi foydalanuvchiga foydalanish uchun mo'ljallangan, arzon narxlardagi umumiy maqsadli kompyuter hisoblanadi yoki ular kompyuter mutaxassisi yoki texnik tomonidan emas, balki bevosita foydalanuvchi tomonidan boshqarilarida. Shaxsiy kompyuterlarning namunasi uylarda, maktablarda va kichik korxonalarda ishlatiladigan ish stoli kompyuterlaridir. Bugungi kunda shaxsiy kompyuter, ish stoli kompyuter, noutbuk va "kompyuter" atamalari shaxsiy kompyuterlarning sinonimlari sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda kompaniyalar buxgalteriya hisobi, nashr etish va so'zlarni qayta ishlash kabi vazifalar uchun, shuningdek ma'lumotlar bazalari va jadvallar bilan ishlash uchun shaxsiy kompyuterlardan keng foydalaniladi. Zamonaviy kompyuterlar: Shaxsiy kompyuterlar Zamonaviy kompyuterlar: Mikrokontrollerga asoslangan kompyuterlar Mikrokontrollerlar bitta plataga jo’tlashtirilgan kompyuterlar sifatida ma’lum bo’lib, o'rnatilgan integral mikrosxemalarga ega, shuning uchun ular ko'plab turli xil jarayonlarni o'zlari bajarishlari mumkin. Shuningdek, mikrokontroller - bu ish mashinalari, robotlar, maishiy texnika, avtomobillar va boshqa qator jihozlarga o'rnatilgan tizimlarning funktsiyalarini boshqarish uchun mo'ljallangan siqilgan mikrokompyuter. Mikrokontroller xotira, tashqi qurilmalar va eng muhimi protsessor kabi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi.
|
| |