• IV.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
  • 2.1. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari.
  • I. Kirish. II. Asosiy qism




    Download 35.51 Kb.
    bet1/5
    Sana17.04.2023
    Hajmi35.51 Kb.
    #52135
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    operatsion menejment referat.
    ijro ishini yurutish referat, Jasmina Daniya davlati haqida

    I.Kirish.
    II.Asosiy qism.
    2.1.  Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari.
    2.2. Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlari.
    2.3. Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari.
    2.4. Avtomatlashtirsh sistemalarining texnik – iqtisodiy samaradorligi.
    III.Xulosa.
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish.
    Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoitida (18-asrgacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) ishlab chiqarish hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan ishlab chiqarishda foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tushunchasi shu davrda paydo boʻldi. Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va ishlab chiqarish jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30-yillarda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi takomillashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, institutlarida avtomatika labaratoriyalari tashkil etildi. 50-yillarga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va boshqa sohalar avtomatlashtirildi.

    2.1.  Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari.
    Sanoatning kimyo ozik-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bog’liq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko’zda tutadi. Avtomatlashtirish sistemalarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish-ko’p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj-sozlash ishlari, Shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish sistemalarining ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi.Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik sistemalarning turli ko’rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo’lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemaning avtomatlashtirish sistemalarining montaj qilish sozlash va ishlatish masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo’ladigan tilda ifodalash kerak. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va komanda liniyalarini va manba liniyalarini o’tkazish sohasida tushuncha yagona bo’lishi kerak.Bu bir so’zdan tushunishga, masalan, montaj ishlarida ishlovchilar sistemasini ishlab chiqish yoki ishlatish jarayonida montajchilarning bevosita ishtirokisiz qay tarzda erishish mumkin? Bunday bir-birini tushunish maxsus ishlab chiqiladigan texnik xujjat vositasida ta’minlanadi, bu xujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi.


    Download 35.51 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 35.51 Kb.