Tema-20. Mashina va qurilma ko‘tarish moslamalari va ularning
konstruksiyalari
20.1 Montaj machtalarini o‘rnatish
20.2. Uskunani o‘rnatish usulini tanlash
20.3 Qurilmalarni machtalar yordamida ko‘tarish
Montaj machtalarini o‘rnatish. Montaj machtalarining og‘irligi va
balandligi katta bo‘lgani uchun ishchi holatga moslamalarini o‘rnatish, ko‘tarish va
mahkamlash murakkabdir. Odatda, machtalar vertikal yoki ma’lum qiyalikda
o‘rnatiladi. Vertikal holatda o‘rnatish zarur bo‘lganda, yuk ko‘tarish
tomoniga
qarama-qarshi tomonga 2-3
o
burchakda qiya qilib o‘rnatiladi. SHunda, machta aniq
vertikal holatni egallaydi.
Machta balandligi va og‘irligi, uning montaj maydonchasida joylashishi va
ko‘taruvchi moslamalar mavjudligiga qarab ko‘tarish va har bir machtani ishchi
holatga o‘rnatish usuli tanlanadi.
Kranlar yordamida ko‘tarish eng sodda va oddiy usul bo‘lib, troslar machta
og‘irlik markazidan ozgina yuqoriroq nuqtasiga mahkamlanadi. SHunda, ko‘tarish
paytida machtaning asosi pastda bo‘lishi ta’minlanadi.
Machta asosi troslar yordamida surilib ketishi mumkun bo‘lgan
tomonning
qarama-qarshisiga o‘rnatilgan langarga mahkamlanadi.
Machta tayanch qismining sirpanish usulida machtani ko‘tarish qiyin va
murrakab. Dastlab engil va yordamchi kalta machta o‘rnatiladi va u og‘irlik
markazidan ozgina yuqoriroq nuqtasidan asosiy machtani ko‘taradi. Bunda, machta
asosi o‘rnatish
joyigacha erda sudraladi; so‘ng machta asosi tros yordamida
ehtiyotlik uchun bog‘lanadi va vant bilan vertikal holatga keltiriladi. Jarayonning
murakkabligi
shundaki, bitta yoki bir nechta machtani montaj va demontaj qilish
kerakligidadir.
SHunga qaramasdan, ko‘pincha ushbu usul eng optimal usuldir.
SHarnir atrofida aylantirib machtalarni montaj qilish usuli keng qo‘llaniladi (20
a-
rasm). Ishchi machta gorizontal holatda joylashtiriladi. SHunda tayanch qismi
o‘rnatish joyida bo‘lishi maqsadga muvofiq.