23-rasm. Montaj teshiklari orqali uskunalarni montaj qilish.
1-bino karkasi; 2-qavatlararo to‘siq; 3-ko‘tarilayotgan ob’ekt; 4-tortuvchi
polispast; 5-lebedka; 6-saqlovchi tros; 7-ishchi holatga o‘rnatilgan qurilma;
8-traversa; 9-ko‘taruvchi polispast; 10-montaj teshigi.
Montaj qilinayotgan qurilma montaj teshigiga olib kelinadi, so‘ng kran yoki
machta bilan ko‘tariladi. Undan keyin, lebedkalar yordamida zarur joyga tortiladi.
Ayrim hollarda tal yordamida ham ko‘tarish mumkin.
Birinchi navbatda montaj
teshigidan eng uzoqda joylashgan qurilmalar montaj qilinsa, demontaj jarayonida
esa, ushbu teshikka eng yaqinidan boshlanadi.
24- rasmda gorizontal qurilmani ikkinchi yarusga ko‘tarish tasvirlangan.
24-rasm. Ikkinchi yarusga qurilmani montaj qilish.
1-qurilma; 2-ko‘tarish machtasi; 3-orqa polispast; 4-old polispast;
5-tortuvchi polispast; 6-etajerka.
Qurilmani ko‘tarish uchun ikkita polispastli chayqaluvchi machta
qo‘llaniladi. Dastavval polispastlar yordamida yarus sathigacha ko‘tariladi. So‘ng,
machta qiyalatib qurilma maydonchaga kiritiladi va
oldingi tros va polispast
echiladi. Orqa polispast o‘rab tortiladi va qurilma ichkariga tortib olinadi.
Maydoncha bo‘ylab qurilmani biror joyiga surish lebedka, domkrat,
tal va
polispastlar ishlatiladi. Silindrik qurilmalarni poydevorlarga qiya tekisliklarda
sirpantirib, ham ko‘tarish mumkin. Ushbu usul ancha murakkab.
Yuqorida qayd
etilgan usullardan tashqari, qurilmalarni portal,
derrik-kran,
minorali kranlar va boshqalarda ko‘tarish mumkin.
Qurilmalarni poydevorga mahkamlash. Poydevorga chiqarilgan qurilmaning
fazodagi holati loyihadagiga mosligi tekishiriladi. CHunonchi,
vertikal va
gorizontalligi, hamda o‘qlararo masofalarning chetlashishi ruxsat etilgan
chegaradan oshmasli aniqlanadi. Montaj aniqligiga dopusklar
qurilma pasporti va
montaj yo‘riqnomalarining talablari asosida o‘rnatiladi.
Qurilmaning vertikalligi uning ikki qirrasi bo‘yicha ikkita o‘zaro kesishgan
perpendikulyar tekisliklarda tekshiriladi. Juda baland qurilmalarning vertikalligi
yuqori aniqlik talablari qo‘yilganda, o‘lchash ishlari kunning salqin vaqtida amalga
oshiriladi. Bu vaqtda, quyosh nuri ostida qurilma qobig‘ining notekis deformatsiya
ta’siri bartaraf qilinadi. Baland bo‘lmagan qurilmalarning o‘rnatish
aniqligi sath
o‘lchagich (vaterpas) yoki ipga osilgan konus shaklidagi yuklar yordamida
ta’minlanadi. Qurilma o‘qi holatini o‘zgartirish uchun domkratlar qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda tayanch ostiga ponalar qoqib kirgiziladi. So‘ng, ko‘tarilgan tayanch
ostiga kerakli miqdorda po‘lat plastinalar qo‘yiladi
va poydervorga qurilma
ostigacha bo‘lgan oraliqqa beton quyiladi. Poydevor boltlari beton quyguncha yoki
undan keyin ham tortilishi mumkin. Gorizontal qurilma o‘qining holati sath
o‘lchagichni uning tepa yuzasining bir nechta joyida qo‘yib aniqlanadi. Juda uzun
qurilmalar uchun gidravlik sath o‘lchagich yoki nivelirlardan foydalanish qulay.