murakkab.
SHuning uchun, ikkita machta bilan qurilmani montaj qilish ko‘p
qulayliklarga ega. Ayrim hollarda juft qilib to‘rta machtadan ham foydalanadi.
Balandligi past poydevorlarga qurilmalarni o‘rnatish oson. Bunda, tayanch
qismini sirpantirish yoki tayanch qismi sharnir atrofida aylantirib ko‘tarish
mumkin.
Tayanch qismini er bo‘ylab sirpantirib qurilmani ko‘tarishda machtalar
poydevorning ikki tomoniga o‘rnatiladi (21
a-rasm).
21-rasm. Kolonnali qurilmani ko‘tarish usullari.
a - tayanch sirpantirib;
b - tayanch oldidagi sharnir atrofida aylantirib.
Ko‘tarilgan qurilma traktor yordamida poydevorga iloji boricha yaqin tortib
kelinadi. SHunda, qurilma o‘qi ikkita machta orasidagi tekislikka perpendikulyar
bo‘lishiga erilishadi. Qurilmaning tepa qismi ko‘tarilganda,
uning tayanch qismi
sirpanib poydevorga yaqinlashadi. Tayanch qismi harakatini rostlash uchun
qurilmaning pastki qismi troslar yordamida straxovka
qilinadi. Qurilma o‘qi
vertikal holatga yaqinlashganda, uning tayanch qismi erdan ko‘tariladi. So‘ng, uni
poydevor ustiga ko‘tariladi va asta-sekin boltlarga o‘tkaziladi.
Poydevor boltlari
tortilishidan avval qurilma holati tekshiriladi.
Sirpantirib ko‘tarish jarayoni machtalarni ikki tomonga qiya holatida ham
borishi mumkin. Bunday hollarda chayqaluvchi machtalar yordamida ko‘tarish
deb aytish lozim. Qiya machtalar tayanchi poydevor o‘qi bo‘yicha emas, balki
qurilma ilinish joyi va o‘qi orasiga o‘rnatiladi. Qurilmani ko‘tarishdan
avval
machtalar ko‘tarilayotgan yuk tomonga og‘diriladi. Yuk erdan ozgina
ko‘tarilganda keyin poydevor tomonga, ya’ni
qurilmaning loyiha holatiga
og‘diriladi. Yuk ko‘tarish moslamalariga tushayotgan kuchlarni grafik-analitik
usulda aniqlanadi. Ma’lumki, yuk ko‘tarish jarayonida ushbu kuchlarni keng
ko‘llamda o‘zgarishini
inobatga olsak, hisob bo‘layotgan kuchlanishlar bir qator
holatlar uchun hisoblanadi.
Kuchlanishlar hisoblab topilgandan so‘ng, texnik xujjatlardagi ruxsat etilgan
kuchlanishlar bilan taqqoslanadi. Undan keyin, ko‘tarish
va tushirish jarayonida
hosil bo‘layotgan maksimal kuchlanishlar uchun har bir elementning
mustahkamlik hisobi o‘tkaziladi.
Silindrik vertikal qurilma va baland metall konstruksiyalarni montaj qilishda
tayanch qismi sharnir atrofida qurilmani burib ko‘tarish usuli keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda (21
b-rasm).
Yig‘ilgan qurilma tayanch qismi bilan poydevorga olib kelinadi va sharnir
orqali mahkamlanadi. Kran va kalta machtalar
yordamida qurilmaning tepa
qismining o‘qi va ufq orasidagi burchak 40-50
o
bo‘lmagunga qadar ko‘tariladi.
Polispast uzunligi qisqartirilib, sharnir atrofida keyingi burilish amalga oshiriladi.
Ko‘tarilayotgan qurilma va metall konstruksiyaga o‘qi bo‘ylab siquvchi
kuchlanish ta’sir etadi. SHuning uchun, ko‘tarishdan avval qurilmani bo‘ylama
egilish va siqilishga, maksimal kuchlanishga mustahkamlik hisobi o‘tkaziladi.
Qurilmani ko‘tarish va poydevorga o‘tkazish
jarayonining nihoyasida
vertikal holatdagi kolonna yoki uskuna katta inersiya kuchlari ta’sirida ag‘darilib
ketishi mumkin. Ushbu hodisa oldini olish maqsadida qurilmaning tepa qismiga
tortib turuvchi tros bog‘lanadi va uning yordamida qurilma poydevorga asta-sekin
o‘tkaziladi .
Baland poydevorlarga qurilma va uskunalar faqat «sirpantirish» usulida
o‘rnatiladi. Bu
usulning murakkabligi shundaki, yuk erdan ko‘tarilgandan keyin
poydevorga tegib ketishi man etiladi. Agarda, machtalar qo‘zg‘almas bo‘lsa, yukni
past qismidan tortib turish yo‘li bilan poydevorga tegib ketmasligi ta’minlanadi
(22
a-rasm).