|
3-mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati. (4 soat) Reja
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 28,99 Kb. | | #117185 |
Bog'liq 3-amaliy
3-mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati. (4 soat)
Reja
Tarbiya jarayonining mohiyati.
Tarbiya jarayoniga Sharq mutafakkirlarining qarashlari
Maqsadi: Tarbiya jarayonining mohiyati mavzusi yuzasidan egallangan nazariy ma`lumotlarni tahlil qilish orqali talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, mavzu rejalarini tizimli bayon qilish va ularning amaliy ahamiyatini yoritib berish orqali talabalar kasbiy bilimlarini kengaytirish.
1-topshiriq. Klaster texnikasi asosida o'quvchilar bilmini baholash metodlari
Klaster texnikasining qoidasi:
“Klaster” uslubi. – Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq o`zviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashqil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
2-topshiriq. Sinkveyn sxemasi:
1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.
3-topshiriq. Insert usuli
Samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib o‘rganishga yordam beradi. Bunda ma’ro`za mavzulari kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib «V; +; -; ?» belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
(V)- Men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)- YAngi ma’lumot
(-)-Men bilgan narsaga zid.
(?)-Meni o‘ylantirdi.Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
3-ilova
Izoh: 3-ilovada mavzuni o’zlashtirib olganizdan so’ng, mavzuga oid tushunchalarni kiritasiz va ularni shartli belgilar yordamida izohlaysiz.
|
| |