Changda ijrochilik uslublari




Download 59,2 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2024
Hajmi59,2 Kb.
#141990
  1   2   3   4
Bog'liq
Chang sozi haqida ma’lumot.


Mavzu: Chang sozi haqida ma’lumot.
Reja:
2.Changda ijrochilik uslublari
2. Chang cholg’u asbobida ijrochilik texnologiyasi.
3. Chang cholg’usida ijrochilik texnologiyasi
4. Xulosa
5 . Foydalanilgan adabiyotlar

CHANGDA IJROCHILIK USLUBLARI
Chang ijrochiligining rivojlanishi, takomillashtirilishi unda badiiy asarni ijro etish texnikasini egallash darajasi - o‘qituvchilar tomonidan o’quvchilarning
nazariy bilimlarini, mahoratlarini oshirishnigina emas, balki ijrochilik uslubiy
muammolarga ham katta e’tibor berishni talab etadi. Asosiy masala changda
ijrochilik san’ati uslublarini asta-sekin va mustahkam egallashga qaratiladi. Chang
ko‘pgina boshqa xalq cholg‘ulari singari profissional cholg‘uga aylandi, yangi
ijrochilik uslublari uning ifodalilik imkoniyatlarini ancha boyitdi, ijrochilik
mahoratini oshirdi, repertuarini kengaytirdi.
Changda yaxshi tovush chiqishi - cholg‘uning sifatiga bog‘liqdir, shuningdek, uni sozlashda cholg‘u simlarining bir xilligiga va quloqlarining tengligiga e’tiborni qaratish lozim. Changda yaxshi musiqa ijro etishning muhim shartlaridan yana biri, bu cholg‘u oldida o‘tirish holatidir. Changning balandligi o‘tirgan ijrochining qo‘l tirsagidan oshmasligi kerak. Stulning balandligi va chang bilan oradagi masofa ijrochining bo‘yi va qo‘llari uzunligiga mos bo‘lishi kerak.
Zamonaviy changlar hozirda yaxshi o‘rnatilgan so‘ndiruvchilar, qobiq ichidagi pedal mexanizmi va oldingi oyoq pastki qismiga o‘rnatilgan bosqichdan tuzilgan. Pedaldan foydalanish texnikasi tovush chiqarishni yaxshilash, tozalash,
kuyni yaxshiroq ijro etish, arpedjio va ikkitalik notalarni ijro etish imkoniyatini
beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tovush jarangining tembri, cho‘plarning torlarga urilgan zarblariga bog‘liq. To‘liq va quyuq tovush chiqarish uchun cho‘plar bilan xarraklar ustiga o‘rnatilgan chang simlari orasidagi masofa kamida
3-4 sm tepalikdan urilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Urma zarb uslubi changda tovush chiqarishning asosiy ijrochilik uslubidir.Cho‘plar bilan torlarga urilganda chuqur, to‘la tovush chiqishi kerak.
Zarb qanchalik erkin bo‘lsa, torning jarangi shunchalik yorqin bo‘ladi.
Torlarni o‘ng yoki chap qo‘l bilan chertish quyidagicha belgilanadi:48
tushunchalarni o‘rgatishga erishadi. So‘z yordamida o‘qituvchi badiiy asarning
mazmunini, musiqiy ijrochilik san’atining qonuniyatlarini, ijrochilik apparatining
qo‘yilishini, texnik ijro uslublarini, o’quvchining kamchiliklarini ochib berishi
mumkin. So‘z yordamida katta yutuqlarga erishish mumkin, albatta, uni bilib,
me’yorida ishlatilsa, lekin shu bilan birga, bu tushuntirishlar yordamchi
xarrakterga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ijrochining emotsionalligiga ham e’tibor berish kerak. Ta’lim
jarayonida faqat texnik vositalarga emas, balki emotsional kayfiyatga ham e’tibor
berilsa, katta yutuqlarga erishish mumkin. Chunki o‘qituvchi o‘z sinfida hosil
qilgan emotsional muhit yordamida o’quvchini qiziqtirishi, o‘z kasbini sevishga
o‘rgatishi mumkin. O‘qituvchi bor kuchini sinfda ijodiy muhitni hosil qilishga
harakat qilishi kerak. Asarni o‘zlashtirishning boshlang‘ich davridayoq jo‘rnavoz
bilan ishlashi tizimli davom etishi kerak, chunki buning natijasida o’quvchi
musiqiy ansambl qonuniyatlarini o‘rganadi.
Katta ixlos, zavq beruvchi kuch - bu konsert sahnasidir. O’quvchilar
faqatgina akademik konsertlarda emas, balki har xil turdagi konsertlar, tanlovlarda
ishtirok etishlari lozim. O‘z kasbiga qiziqish, muhabbat uyg‘otish uchun o‘qituvchi
mashhur musiqachilar, ularning san’ati va hayoti haqida gapirib berishi lozim.
Yakka darslar bilan bir qatorda, sinfiy darslar ham alohida ahamiyatga egadir.
Bunday vaziyatda o’quvchi sinfdoshlarining ijrosini tinglashi, o‘qituvchi
maslahatlarini eslab qolishi, birgalikda ijro etilayotgan asar ustida ishlashi,
fikrlashi, mulohaza yuritishi mumkin.
Darslarning har doim muntazam uslubiy ko’rsatmalar orqali olib borilishi,
cholg’u asbobida ijro texnologiyasini shakllanishini ta’minlaydi. Bu haqda keyingi
paragrafda so’z yuritiladi.

Download 59,2 Kb.
  1   2   3   4




Download 59,2 Kb.