• CHANGDA TOVUSHLARNING JOYLASHUVI
  • Changda ijrochilik uslublari




    Download 59,2 Kb.
    bet3/4
    Sana20.01.2024
    Hajmi59,2 Kb.
    #141990
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Chang sozi haqida ma’lumot.

    CHANGNING TUZILISHI Chang cholg‘u asbobi quti, torlar, quloqchalar va
    tepki mexanizmi (tovush-sundirgich)dan iborat. Ustki qopqoqning ichki tomoniga
    ikkita yog‘och taxtacha o’rnatilgan bo’lib, ular prujina vazifasini bajaradi va
    qopqoqni mustahkam ushlab turadi.52
    CHANGDA TOVUSHLARNING JOYLASHUVI
    Torlarni tarang qilib tortish uchun chorcho’pning ung tomoniga metall
    quloqchalar, chap tomoniga esa torlarning ikkinchi uchini ilib qo’yish uchun
    ilmoqchalar (shtift) o’rnatilgan.
    Changning torlari xarraklar yordami bilan uch guruhga bo’lingan.
    Birinchi guruh un ikkita uch qatorlik tordan iborat bo’lib, o’ng harrak va chap
    pog‘ona orqali o’tadi. Bu torlar xromatik tovushqatorning 12 tovushini (kichik
    oktavadagi SOLDan birinchi oktavadagi «FA diyez» gacha) beradi.
    Ikkinchi guruh yettita uch qavatli tordan iborat bo’lib, chap xarrak va chap
    pog‘ona orqali o’tadi. Chap xarrak ikki pog‘ona orasidagi torni ikki qismiga (3 : 2
    hisobida) bo’lib turadi. Ulardan biri ung pog‘onadan xarrakkacha, ikkinchisi esa —
    xarrakdan chap pog‘onagacha hisoblanadi. Chap qismdagi torlar ung qismdagi
    torlarga qaraganda sof kvinta baland tovush beradi. Torlarning ikkinchi guruhsi
    xromatik tovushqatorning un turt tovushini (birinchi oktavadagi SOLDan ikkinchi
    oktavadagi SOL diyez gacha) o’z ichiga oladi.60
    Jaranglab turgan tor (ayniqsa changning pastki registridagi tor) birdaniga
    barmoq bilan so’ndirilganda o’ziga xos bug‘iq stakkato tovushi hosil bo’lib, u
    quyidagicha belgilanadi:
    Tez-tez ijro etiladigan tovushlar o’ng qo’ldagi cho’p bilan chalinadi. Jaranglab
    turgan torning tovushi chap qo’lning barmoqlari bilan tez to’xtatilishi lozim.
    Tremolo usuli, ya’ni cho’plar bilan torni tez-tez almashib urish — chang
    chalishdagi eng murakkab usul hisoblanib, bunda uzluksiz tovush hosil
    bulayotgandek tuyuladi. Ana shunday tez chalinadigan paytlarda qo’l panjalari
    nihoyatda yengil harakat qilishi kerak. Tremolo quyidagicha belgilanadi:
    Tremolo usulida bir tovush chalinganda, shu usulda ikki tovush
    chalingandagiga qaraganda kuchliroq va cho’ziqroq tovush chiqadi.
    Chang chalishning bunday asosiy usulidan tashqari (cho’p bilan torga urib
    chalishdan tashqari) boshqa usullar ham borki, ular changning ta’sirchanlik kuchini yanada orttiradi. Chunonchi:
    1. Pizzicato col legno (pizz. col legno) — pitssikato kol lenyo — cho’pning
    orqa yassi qismi bilan torlarni tirnab (chertib) chalish
    2. Pizzicato (pizz.) — pitssikato—(barmoq chertmak) ko’l barmoqlari bilan
    torlarni mayin chertish.
    3. Col legno (col leg) — kol lenyo (cho’p tarak) — cho’pning orqa yassi
    qismida torlarni taqillatib urib chalish.61
    A. Staccato con sordini (Stac. con sord.) — stakkato s surdinoy — (surdinali
    bug‘iq stakkato) — jaranglab turgan chang torlarni ikkinchi bo’sh qo’l barmoqlari
    bilan tez-tez sundirish.
    5. Vibrato (vib). — vibratsiya (tebratma) — jaranglab turgan torlarni yon
    qatorga tutashgan qismini bo’sh qo’l barmog‘i bilan asta bosib tebratish.
    6. Glissando col legno (gliss. s. I.) — glissando kol lenyo — (cho’p
    sirg‘antirish) — cho’pning orqa yalang qismi bilan bir tordan ikkinchi torga
    pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga sirg‘antirib chizma chertish.
    Pitssikato usuli bilan uch, turt (ba’zan undan ham ortiq) tovushlik akkordlarni
    chalish mumkin. Pizzicato col legno usuli bilan esa faqatgiia ikki tovush chalish
    mumkin.
    Chalishning asosiy hamda tremolo usullari rr dan to // gacha, shuningdek,
    $rva tf gacha bo’lgan barcha dinamik va texnik imkoniyatlardan to’la
    foydalanishga imkon beradi.
    Pitssikato usulida chalinganda tovush dinamikasi rr bilan r — dan tashqariga
    chiqmaydi
    Pitssikato usuli cho’p bilan ijro etilganda (pizz col legno) utkir, jarangdor va
    anik tovush hosil bo’ladi.
    Tremolo, col legno; pizz. col legno va pizzicato usullari chang chalishda
    ta’sirchanlik va texnik imkoniyatlarini ancha boyitadi. Ilgarilari bu usullar xalq
    ijrochiligida qo’llanilmas edi.
    Bu usullardan bir vaqtning uzida baravariga foydalanish ham mumkin

    Xulosa
    Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p
    asrlar mobaynida yaratilgan ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash,
    yoshlar orasida targ‘ibot qilish, ular ongiga singdirish davlat siyosati darajasiga
    ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa deb hisoblanadi. O‘zbekiston xalqi avloddanavlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga
    muvaffaq bo‘lgan. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar
    mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib
    kelgan.
    Malakaviy ishning birinchi bobida o’zbek xalq cholg’u asboblarining tarixi
    borasidagi ma’lumotlarni bilish ijrochilik mahoratini, ijrochilikning ana’naviy
    uslublarini kelajak avlodga o’rgatish, o‘z taqdirini chinakam egasi, o‘z tarixining
    ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining jonkuyar davomchisi etib
    tarbiyalashimizda muhim omillardan biridir.
    Chang milliy cholg’u asbobining yildan-yilga, asrlar osha rivojlanib
    takomillashib zamon talabi darajasiga javob bera olishi ijrochilik maxoratini
    o’stirish, milliy musiqa merosimizni keng xalq ommasiga targ’ib qilish, shu
    jumladan, dunyo musiqa madaniyatiga doir bilimga ega bo’lish, milliy cholg’u
    asboblarimiz orqali milliy va zamonaviy musiqa merosimizni butun jahonga
    tanitish imkonini bermoqda.
    Malakaviy ishning ikkinchi bobida chang cholg’u chang ijrochiligining
    rivojlanishi, takomillashtirilishi unda badiiy asarni ijro etish texnikasini egallash
    darajasi - o‘qituvchilar tomonidan o’quvchilarning nazariy bilimlarini,
    mahoratlarini oshirishnigina emas, balki ijrochilik uslubiy muammolarga ham katta
    e’tibor berilgan.
    Changda ijrochilik san’ati uslublarini asta-sekin va mustahkam egallashga
    changda yaxshi tovush chiqishi - cholg‘uning sifatiga bog‘liqdir, shuningdek, uni
    sozlashda cholg‘u simlarining bir xilligiga va quloqlarining tengligiga e’tiborni
    qaratish uchun texnologiyasi va uslublarini bilish talab etiladi.
    Va nihoyat changda yaxshi musiqa ijro etishning muhim shartlaridan yana
    biri, bu cholg‘uchining cholg’u asbobi oldida qulay o‘tirish holatidir. Demak,
    xulosa qilib aytish kerakki, o’zbek xalq cholg’u asboblaridan biri bo’lgan chang
    cholg’u asbobida mukammal ijro uslublarini egallash va yaxshi ijrochi sozanda
    bo’lish – bu o‘zbek milliy san'atiga bo‘lgan hurmat va ehtiromdir. Bunda
    ustozlarning qilgan mehnatlari tahsinga loyiq. Biz yoshlarning bunday madaniy
    merosni avaylab, to‘g‘ri ijro usul va texnologiyalarni puxta o’zlashtirishimiz,
    kelgusi avlodga yetkazib berish burchimiz va vazifamiz deb bilaman.


    Download 59,2 Kb.
    1   2   3   4




    Download 59,2 Kb.