www.pedagoglar.uz
41-son 1–to’plam fevral 2023
Sahifa: 42
PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY-TADQIQOT METODLARI
Qo'shshayeva Aziza Xalilovna
Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani 92-umumiy o'rta ta'lim maktabi
amaliyotchi psixologi.
Annotatsiya; Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish,
uni jahon andazalari
darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish
muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya
berish, ularda
fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish
davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Kalit so’zlar;
Psixologogik vaziyat , aqliy rivojlanish , ruxuyat,
tashkiliy
,imperik.
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetning
mohiyatini yoritish va ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan
foydalanadi. Ular fanning metodlari deb ataladi. Fanning obro‘si
ham birinchi
navbatda shu metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligiga
bog‘liqdir. Psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z
vazifalarini yechish,
ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni sinovdan o‘tkazib, eng
ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratadi:
1) tashkiliy metod;
2) empirik (amaliy);
3)
natijalarni qayta ishlash;
4) genetik va donalash metodlari.
Birinchi tashkiliy guruh o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks
(ko‘p qirrali) deb atalgan turlarini oladi. Qiyoslash turi umumiy
psixologiyada,
sotsial psixologiyada, tibbiyot, sport, yuridik psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Longityud metodi bir holatni uzoq vaqt kuzatish, birdaniga bir necha sinaluvchini