|
Mavzu: Matlabda algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish. Tenglamalar sistemasi va tenglamalarni yechish. Matrisalar ustida amallar. Matlabda matematik analiz masalalarini yechish. Funksiya grafigini chizish
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 378,9 Kb. | | #243155 |
Bog'liq Mavzu 6 Mavzu: Matlabda algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish. Tenglamalar sistemasi va tenglamalarni yechish. Matrisalar ustida amallar. Matlabda matematik analiz masalalarini yechish. Funksiya grafigini chizish. Funksiya grafigi parametrlarini sozlash Matlab amaliy dasturida oddiy funksiyalarni e’lon qilish - MATLABda funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya-o‘zining argumentlari ustida ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan natijalarni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan amaldir. Ko‘p o’zgaruvchili funksiyalar bir nechta argumentlarga ega bo‘lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan bo‘lsa quyidagicha yoziladi:
- [y1,y2, …] = func (x1, x2, …) x1, x2, …, y1,y2, … - mos ravishda kirish va chiqish parametrlari deyiladi. Matlabdagi elementar funksiyalar ro‘yxati bilan help elfun buyrug’i bilan, maxsus funksiyalar ro‘yxati bilan esa help spasefun buyrug’i orqali tanishish mumkin. Bu funksiyalar matlabdagi sozlangan ichki funksiyalarga kiradi, ya’ni ularga argumentlari bilan murojaat qilib, qiymatlarini olishimiz mumkin (raam).
- >> cos (pi/5);
- >> sin (0.9);
- >> exp (3.3).
Trigonometrik funksiyalarga faqat radian argument qo‘yilishi mumkin. Matlab amaliy dasturida tashqi funksiyalar deb m-fayllarga aytiladi. Bunday funksiyalarni berish uchun maxsus m-fayllarni taxlil qiluvchi redaktordan foydalaniladi. MATLAB tizimida juda ko‘p sozlangan va kengaytma paketlarda aniqlangan funksiyalar bo‘lsada, foydalanuvchi uchun yana qandaydir funksiyalar kerak bo‘lib qolishi mumkin. MATLAB amaliy dasturida ana shunday yangi funksiyalarni yaratishning bir nechta imkoniyatlari bor. Shulardan bir inline funksiyasidan foydalanishdir. Bunda foydalanuvchi o‘zi uchun zarur ifodani inline funksiya argumentiga apostrof ichiga yozishi kerak bo‘ladi. Masalan, sin2x+ cos2y ifodani qiymatlarini xisoblash kerak bo‘lsin. MATLABda quyidagicha amalga oshiriladi: >> sincos=inline('sin (x).^2+cos(y).^2')
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Matlabda algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish. Tenglamalar sistemasi va tenglamalarni yechish. Matrisalar ustida amallar. Matlabda matematik analiz masalalarini yechish. Funksiya grafigini chizish
|