|
44-amaliy mashg’ulot: Massiv tushunchasi. Bir o‘lchamli massivlar
|
bet | 1/2 | Sana | 25.12.2023 | Hajmi | 20,33 Kb. | | #128103 |
Bog'liq A-iy 44m
44-amaliy mashg’ulot: Massiv tushunchasi. Bir o‘lchamli massivlar.
Reja:
1. Bir o‘lchovli massivlar;
2. Bir o‘lchovli massivlarga oid dasturlar;
3. Massiv elementlari ustida aniqlangan amallar;
3. Ikki o‘lchovli massivlar;
4. Ikki o‘lchovli massivlarga oid dasturlar;
5. Random funksiyasi?
Tayanch so‘zlar: massiv, bir o‘lchovli massiv, ikki o‘lchovli massiv,
random, numpy.
Python dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o‘zgaruvchi
yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanish bo‘yicha bir nechta turlarni
qarab o‘tdik. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymatlarni ro‘yxat, kortej,
to‘plam va satr turlar bilan amalga oshirish mumkin.Python dasturlash
tilida bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish
uchun massiv degan turdan ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni
boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir.
Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada
egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni
nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini,
egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Massivlar hotirada ketma-ket
joylashgan, ma’lumotlar guruhidir. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish
uchun massiv nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi.
Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi
tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi,
uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Bu
qonuniyat ro‘yxatlar uchun ham o‘rinli bo‘ladi.
Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida
mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish
mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir
nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir
turga mansub va tartiblangan bo‘ladi.
Massivlar holatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi.
- Bir o‘lchovli massivlar;
- Ikki o‘lchovli massivlar;
Bir o‘lchovli massivlar ma’lumotlarni bir satrli ko‘rinishda saqlansa,
ikki o‘lchovli massivlar esa ma’lumotlarni satrlar satri ko‘rinishida
saqlaydi.
Python dasturlash tilida massivlarni qayta ishlash uchun numpy
kutubxonasini faollashtirish kerak. Python 3.7 versiyasining IDLE rejimi
tarkibida numpy kutubxonasi mavjud emas. Python dasturlash tili tarkibiga numpy kutubxonasini yuklashning bir nechta turlari mavjud, shulardan
bittasi Anoconda dasturini kompyuterga o‘rnatib bu dasturni
Spyder(python 3.7) tizimini yuklash kerak. Spyder(python 3.7) tizimi
tarkibida python dasturlash tilining barcha kutubxonalar mavjud. Dastur
tuzishdan oldin albatta numpy numpy kutubxonasini faollashtirish kerak.
Bir o‘lchovli massivlar
Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli
elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Massivning
ixtiyoriy elementiga murojat qilish uchun uning indeks nomeri bo‘yicha
murojat qilinadi. Bir o‘lchovli massivlarni python dasturlash tilida
faollashtirish mumkin. Bir o‘lchovli massivlarni boshlang‘ich qiymatlari
bergan holda python dasturlash tilida quyidagicha faollashtiriladi.
= array([x1, x2, . . . ])
Massivni python dasturlash tilida faollashtirish uchun, elementlar
soni yoki massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlari berilishi shart
emas.
Python dasturlash tilida bir o‘lchovli massivni faollashtirish
quyidagicha amalga oshiriladi.
from numpy import*
a=array([1,2,8])
print(type(a))
Natija
|
Massivni umumiy ko‘rinishida birinchi massiv o‘zgaruvchisi va
massiv elementlari yoziladi. Massiv elementlari, ixtiyoriy turdagi sondan
iborat bo‘lishi mumkin. Lekin massiv elementlari tarkibida bitta haqiqiy
son bo‘lsa boshqa elementlari ham haqiqiy deb qaraladi.
Massiv elementlari soni biror bir ifoda yoki yagona o‘zgaruvchi
bo‘lishi mumkin, bitta o‘zgaruvchi orqali massivning umumiy indekslar ifodalash mumkin. Massiv elementlarini ustida amallar bajarishni quyidagi
masala orqali qaraymiz. Massiv elementlarini tartib nomeri doimo 0 dan
boshlanadi.
Misol: 10 ta elementdan tashkil topgan massiv elementlarining juft
elementlarini ikkiga toq elementlarini to‘rtga ko‘paytirib ekranga
chiqaring.
from numpy import*
a=array([1,2,3,4,5,6,7,8,9,10])
for i in range(10):
if a[i]%2==0:
a[i]=2*a[i]
else:
a[i]=4*a[i]
print(a)
|
|
| |