• Kalit so‘zlari
  • 2. Tashqi va ichki interfeys. Inkapsulyatsiya • Ichki interfeys
  • 3. Konstruktor va destruktor • Konstruktor
  • 1. Parametrsiz konstruktor.
  • 3. Nusxalash konstruktori.
  • 3-ma’ruza: klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Shablonlarning standart kutubxonasi ((stl). Stl -komponentalari




    Download 16.48 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi16.48 Kb.
    #171558
    Bog'liq
    handbook, 1-20 TMJ Abduvaliyev F, BEGZOD MO\'MINOV, Begzod, 1-топширик сиртки, MHFYJqwwHciXABWEiGqMaZ5c49ZNVM39XDHRkUxU, Adabiyot,.,.,., 1681709314, 1-qism lotin , Elektr sxemalarni kompyuterli modellash ma\'ruza matni(SIRTQI), Xalqaro marketingda sotuvni ragʼbatlantirish usullari, 3- Лаборатория, ТИПЫ ВОЗДУШНЫХ, 2.Tabiiy fanlar pdf, rN5Zq88gyQdNoc7KpjrqybGGWnrXbs9K

    3-MA’RUZA: KLASS VA FUNKSIYALAR SHABLONLARI. KLASS VA FUNKSIYALAR SHABLONLARINI DASTURLASH. SHABLONLARNING STANDART KUTUBXONASI ((STL). STL -KOMPONENTALARI.
    Reja:
    1. Sinf va ob’ekt tushunchalari.
    2. Tashqi va ichki interfeys. Inkapsulyatsiya
    3. Konstruktor va destruktor
    4. Adabiyotlar ro‘yxati.
    Kalit so‘zlari: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash, sinf, funksiya, shablon, tashqi va ichki interfeys, inkapsulyatsiya, konstruktor, destruktor
    1. Sinf va ob’ekt tushunchalari.
    • Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) – dasturning har biri ma'lum bir sinfning namunasi bo'lgan avtonom harakat qiluvchi ob'ektlar to'plami sifatida namoyish etishga asoslangan dasturiy ta’minot yaratish texnologiyasi.
    • Sinf – yaratilmagan ob’ektning shabloni. Sinfning barcha ma’lumotlari uning maydonlarida saqlanadi. Sinf maydoni – sinf yaratilayotgan vaqtida dasturchi tomonidan tavsiflanadigan o‘zgaruvchi. Sinfda tatbiq etiladigan funksiya uning metodi deb ataladi.
    2. Tashqi va ichki interfeys. Inkapsulyatsiya
    Ichki interfeys – bu faqat ushbu ob'ektning boshqa usullaridan foydalanish mumkin bo'lgan xossalar va usullari, ular "xususiy" deb ham nomlanadi.
    • Tashqi interfeys – bu ob'ekt tashqarisidan kirish mumkin bo'lgan xossalar va usullar, ular "ommaviy" deb nomlanadi.
    • Inkapsulyatsiya – bu sinfda ishlatiladigan ma'lumotlar maydonlari va usullarini birlashtirishga va foydalanuvchidan ichiki interfeys detallarini yashirishga imkon beruvchi dasturlash mexanizmi.
    • Inkapsulyatsiya jarayonini amalga oshirish uchun quyidagicha kirish xususiyatlari mavjud:
    public – sinfning ochiq (oshkor) bo‘limi. Bu bo‘limdagi maydonlar va metodlarga sinfning ichki va bir vaqtning o‘zida tashqi maydon va metod sifatida murojaat qilish mumkin. Ushbu bo'lim "tashqi interfeys" ni tashkil qiladi;
    private – sinfning yopiq bo‘limi. Bu bo‘limdagi metod va maydonlarga faqat sinf ichida murojaat qilish mumkin. Bu bo‘lim “ichki interfeys”ni tashkil qiladi. Jimlik holatida sinfning barcha maydonlari – private;
    protected – sinfning maxsus o‘lchami. Bunda maydon va metodlarga sinf ichida murojaat qilish mumkin, shuningdek, merosxo‘r sifatida “qism” sinfda murojaat o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
    • sinf yaratish va uning maydonlariga murojaat qilishga doir misol:
    1-dastur matni
    #include 
    using namespace std;
    class Point // class kalit so‘zi yordamida sinfni yaratish
    {
    private: //kirish xususiyati
    int x; //sinf maydoni
    int y; // sinf maydoni
    public: // kirish xususiyati
    void Set_Point(int x1, int y1) //nuqta koordinatasi sinfining metodi
    {
    x = x1;
    y = y1;
    }
    void Show_Point() //ekranga nuqta koordinatasini chiqarish metodi
    {
    cout << x << ' ' << y;
    }
    };
    int main()
    {
    Point Example; // Point sinfining ob’ektini yaratish
    Example.Set_Point(10,12); // Example ob’ekti uchun Set_Point metodini qo‘llash
    Example.Show_Point(); // Example ob’ekti uchun Show_Point metodini qo‘llash
    }
    3. Konstruktor va destruktor
    • Konstruktor – yangi ob’ektlar yaratish uchun xizmat qiluvchi maxsus metod. Konstruktor ham xuddi sinfga o‘xshash o‘z nomiga ega. Agar dasturda birorta ham xususiy konstruktor e’lon qilinmagan bo‘lsa, kompilyator jimlik holatida hech qanday vazia bajarmaydigan konstruktor yaratadi. Konstruktorlarning 3 ta turi mavjud:
    1. Parametrsiz konstruktor. Parametrsiz konstruktorning tatbiq qilinishi:
    Point() //parametrsiz konstruktor
    {
    x = 0;
    y = 0;
    };
    2. Parametrli konstruktor. Parametrli konstruktorning tatbiq qilinishiga misol
    Point(int x1, int y1) //parametrli konstruktor
    {
    x = x1;
    y = y1;
    };
    3. Nusxalash konstruktori. Nusxalash konstruktorining tatbiq qilinishi
    Point(const Point& b) // nusxalash konstruktori
    {
    x = b.x;
    y = b.y;
    };
    • Destruktor – blokdan chiqqanda ob'ektni yo'q qiladigan maxsus usul. C ++ algoritmik tilida destruktorni amalga oshirish
    ~Point()
    {
    }
    • Destruktor avtomatik chaqiriladi. Agar destruktor dasturchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, kopmilyator ob’ekt egallab turgan xotirani oddiygina tozalaydi, lekin blokdan chiqishda yana nimanidir o‘chirish zarur bo‘lsa, u holda destruktorni mustaqil tavsiflash kerak bo‘ladi.
    Nazorat uchun savollar:

    1. Obyekt, hodisa va xususiyat nima?

    2. Klass a’zolarining ko‘rinish doiralari va ularning vazifasi?

    3. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalari.

    4. Sinflar yaratish. Konstruktor va destruktor

    5. Sinf elementlariga murojaat turlari

    6. Sinf va ob’ekt tushunchalari

    7.  Public va private qismlar xaqida ma’lumot


    Adabiyotlar ro‘yxati.
    1.А.М. Ноткин. Объектно-ориентированное программирование: ООП на языке С++, 2013. – 5 с.
    2.О.А.Полякова, О.Л.Викентьева. Технологии разработки объектно-ориентированных программ на языке С++, 2019. – 27 с.

    Download 16.48 Kb.




    Download 16.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza: klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Shablonlarning standart kutubxonasi ((stl). Stl -komponentalari

    Download 16.48 Kb.