Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti




Download 228,5 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2024
Hajmi228,5 Kb.
#135615
  1   2
Bog'liq
11.10.2023

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 07-guruh talabasi Ro`ziyev Jamshidbekning Ijtimoiy psixologiya fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi

Mavzu: Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi


Reja:
  • Shaxsni o’rganishning Ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi
  • Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari

  • 3. Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi
    4. Shaxs va guruh muammosi

Shaxsni o’rganishning Ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi.
Muloqot jarayoni ham, guruhiy jarayonlarning ham egasi-sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o’rgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuktai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yesh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo’limlarida ham o’rganiladi.
Har bir bo’lim yoki tarmoq uni o`z mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yeritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblansa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yendoshishning o’ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning okibati sifatida qaraladi. Ya’ni Ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi.
Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bo`lishi Ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog’liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy Yo’l-yuriklar muammosi bilan bog’liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yendoshish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitda o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs sotsializatsiyasi to’g’risida gap ketarkan uning fanda ko’pincha "Shaxs taraqqiyoti" yoki "Tarbiyasi" tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo`lib, aytib utilgan tushunchalardan fark qiladi. Sotsializatsiya - bu individning ijtimoiy muxitga qo’shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o’ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borish jarayonidir.
Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o`z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon bo`ladi.
Shuning uchun ham bola tug`ilib, ijtimoiy muxitga qo’shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo`lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonni kuzatish mumkin (masalan, chaqaloklardagi bevosita emotsional muloqotda extiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o`z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) Faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo`lib bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko’nikmalarining, bilimlarning borligini talab etadiki, ularni koniktirish Yo’lidagi aktivligi unda o’ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) Muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yesh davrdagi va usmirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o’rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) O`z-o’zini anglash sohasi, ya’ni "MEN" obrazining yil sayin o’zgarib borishi jarayoni bo`lib, avval o’zini boshqalardan farqliligini, o’zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, sungra o`z-o’zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlandiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs sotsializatsiyasi, yo’qorida ta’kidlab o`tganimizdek, bola tug`ilishi bilan boshlansa-da, sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda uqish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqiu muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayorgarlik borasida muhim bosqichga o`tiladi.
Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog’liq bo`lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo`lib, aniq hayot Yo’lini tanlagan, turmush kurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo`ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir. Nixoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi davr bo`lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so`ng qarilik gashtini so’rayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko’ra shaxs strukturasida ham xususiy o’zgarishlar ro’y beradi.
Sotsializatsiya jarayoni ro’y beradigan sharoitlar muassasalar xususida gapiriladigan bo’lsa, turli davrlarda oila bolalar muassalari, maktab, boshqa o`quv dargoxlari, mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorida bevosita jarayon bo`ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning motividir. Lekin bu motivlar anglanishi yoki shaxs tomonidan angl anmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar anglangan yoki onglanmagan bo`lishi mumkin. Ular haqida "Umumiy psixologiya" kursida ham har taraflama keng so`z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq-atvorinig motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalar o’rganadi.
Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi

Psixologlarning fikricha (G. Asmolov, P. SHixerev, V. A. YAdov, P. NadiraShvilli va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo`lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o`zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo`ladi. Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ruebga chiqarish sharoitida faolllik ko`rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik sifatlarda ko`ramiz. Ya`ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o`zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo`ladigan hamda muloqotda ko`rinadigan sifatlar guruhida bo`linadi. Masalan, tashki muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya`ni o`ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo`lgan ijtimoiy ta`sirlardan ximoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba`zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya)deb nomlasalar, boshqalari "ijtimoiy ta`sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik".

Download 228,5 Kb.
  1   2




Download 228,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Download 228,5 Kb.