|
Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga EGA bo'lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. Din o'z mohiyatiga ko'ra poklik, mehr-oqibat kabi ezgu tuyg'ularni insonlar qalbi va ongiga singdiradi
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 19,49 Kb. | | #120132 |
Bog'liq dinshunoslik 2-mustaqil referat nozimboyeva
Kirish
Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo'lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. Din o'z mohiyatiga ko'ra poklik, mehr-oqibat kabi ezgu tuyg'ularni insonlar qalbi va ongiga singdiradi. Din kishilarni hamisha yaxshilikka va ezgu ishlarga chorlagan, yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Aynan din tufayli xalqlarning ming yillar mobaynida boy ma'naviyati va merosi, o'zligi omon saqlanib kelindi.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umuman olganda din – ishonmoqlik tuygʻusidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
.
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din jamiyat hayotida muhim o'ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o'zini ruxan va jismonan poklash, atrofidagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy hislatlarni shakllantiradi.
Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. dunyo haritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e'tiqod qiladi, uning o'z urf odat va an'analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o'rganishda ularning diniy qaralashlari, e'tiqodlari va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik, ruhiy-ma'naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.
1. Xristianlik dinining vujudga kelishi
Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi. Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar.
Isoni 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i -«Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniyya deb ham atalgan
Xristianlikdagi oqimlar.
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga EGA bo'lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. Din o'z mohiyatiga ko'ra poklik, mehr-oqibat kabi ezgu tuyg'ularni insonlar qalbi va ongiga singdiradi
|